Joriy yilning aprel oyining ohirida Yaponiyaning Nagoya Universiteti professor o’qituvchilari Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan maqsad universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdir. Bir qator sohalarda universitetlar o’rtasida kadrlarning tajriba almashinuvini yo’lga qo’yish, pedagogika va psixologiya yo’nalishi bo’yicha qo’shdiplomli (double degree) kadrlarni tayyorlash masalasi ham qo’rib chiqildi. Bundan tashqari, Nagoya universitetida Samarqand davlat universiteti o’qituvchilarining qisqa muddatli malaka oshirib tajriba almashinuvini yo’lga qo’yish va o’z navbatida Nagoya universitetining tajribali o’qituvchilarini universitetga dars berish maqsadida taklif qilish haqida fikr almashinildi. Universitetda tashkil etilayotgan “Xalqaro ta’lim markazi” bilan ham mehmonlar tanishtirildi. Mehmonlar u yerda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan yapon tili til markazi va Yaponiyadan kelib dars beradigan mutaxassislar uchun qilinayotgan shart-sharoitlarlar bilan yaqindan tanishishdi.