O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand Davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi Samarqand viloyat Kengashi, universitet Xotin-qizlar qo’mitasi hamda Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan ushbu fakultet talaba-qizlari o’rtasida “Nafosatli qizlar-2019” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

  Bunda tarkibida 5-nafar qizdan iborat bo’lgan “O’zbegim qizlari”, “O’zbegim malaklari”, “Ziyokor”, “Orasta qizlar” nomli jamoalar 5 ta shart asosida bellashdilar.

  Ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra, 3-o’ringa “O’zbegim malaklari” jamoasi, 2-o’ringa “Orasta qizlar” jamoasi, 1-o’ringa “Ziyokor” jamoasi va eng oliy o’ringa “O’zbegim qizlari” jamoasi sazovor bo’lishdi.

  Ushbu jamoalar bugungi ko’rik-tanlovga tashrif buyurgan mexmonlarimiz Samarqand viloyat xokimi o’rinbosari, viloyat Hotin-qizlar qo’mitasi raisi Gavxar Alimova Zairovna hamda universitet tomonidan kitoblar jamlanmasi va diplom bilan taqdirlandilar.Ushbu tadbirda yaqindagina Prezidentimiz tomonlaridan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Samarqandlik Hilola Rasulova hamda Madina Qanoatova ishtirok etdilar.

  Shuningdek, ushbu fakultetda tahsil olayotgan eng faol, zukko, yigit-qizlarimiz O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand Davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.