SamDUda ma’rifiy tadbir

Inson xotirasi muqaddas, qadri sarbalanddir. Samarqand Davlat universitetida Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirga urush qatnashchilari, ilm-fan fidoyilari, mehnat faxriylari, professor-olimlar taklif etildi.
Insoniyat tarixidagi eng dahshatli va qirg‘inbarot Ikkinchi Jahon urushida minglab samarqandliklar qatori Samarqand Davlat universitetining 500 dan ziyod o‘qituvchi xamda talabalari ham safarbar etilgandi. Ming afsuski, ularning ko‘pchiligiga janggohlardan omon qaytish nasib etmadi.
Tadbirda so‘z olgan Samarqand Davlat universiteti rektori Rustam Xalmuradov, universitet oqsoqollar Kengash raisi, professor Mavlon Jo‘raqulov va boshqalar yuqoridagi fikrlarni qayd etarkan, jamiyatimizda inson xotirasining ulug‘ligi, qadr – qimmatining o‘z o‘rniga qo‘yilayotganligi, urush qatnashchilari, front ortidagi halqimiz farzandlarining cheksiz va mashaqqatli mehnatlariga bugun ehtirom ko‘rsatilayotganligini alohida e’tirof etishdi.

SamDU matbuot xizmati

