Yaponiya Moliya Vazirligining Siyosiy tadqiqotlar instituti vakillari 2019-yil 19-fevral kuni Samarqand Davlat universitetiga tashrif buyurdi. 5 kishilik delegatsiya ko'plab xalqaro tashkilotlar tajribasiga ega bo'lgan xalqaro ekspertlardan tashkil topgan.
  Tashrif boshida mehmonlar SamDU rektori, prof. R.I.Xalmuradov va Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor M.G.Nasirov bilan uchrashishdilar. Uchrashuv chog'ida mehmonlar universitetimizning ta'lim-tarbiya ishlari bilan tanishdilar. Keyin mehmonlar O'zbekistonga tashrifining maqsadlari haqida so'zlab berishdi.
  Tashrifning ikkinchi qismi Universitetning Bosh ta'lim binosida davom etdib, prof. Kensaku Munena "Jahon iqtisodiyoti: O'zbekiston va Yaponiya" mavzusida tinglovchilarga ma’ruza o’qidi.
  Taqdimot yakunida ma'ruzachi tinglovchilarning qiziqarli savollariga javob berdi.

Xalqaro hamkorlik bo’limi