Samarqand Davlat universitetida Navoiyshunos olima Suyuma G‘aniyeva xotirasiga bag‘ishlangan “Zaxmatkash olima siymosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
  Anjumanda filologiya fakulteti dekani, professor J.Eltazarov, taniqli professorlar - M.Muxiddinov, I.Mirzayev, D.Salohiy, J.Hamroyev, dekan muovini M.Bobotoyev va talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar olima Suyuma G‘aniyevaning ibratli hayoti, yoshlar ma’naviy tarbiyasiga qo‘shgan hissasi, Navoiyshunoslik borasidagi ilmiy-adabiy tadqiqotlari xususida to‘lqinlanib gapirshdi. Anjumanda so‘zga chiqqan yetuk navoiyshunos olim, professor M.Muxiddinov olima bilan bog‘liq xotiralari, insoniy fazilatlari, ibratli umr yo‘llari haqida to‘planganlarga gapirib berishdi.

SamDU axborot xizmati