Ta’lim kelajagi munozara qilindi

Rus tilshunosligi kafedrasi o`qituvchilari va 1-kurs magistrantlari fakultetning 1-3 kurs talabalari o‘rtasida “Ta’lim haqida tasavvur: taxmin va real voqelik” mavzusida qizg‘in munozara o‘tkazdi. Tadbir davomida taqdimot namoyish etildi, ko‘plab savollar ko‘tarildi, bu esa, o‘z navbatida, qizg‘in munozaralarga olib keldi. Munozara ishtirokchilari kelajak ta’limoti haqidagi o‘z fikrlari aks etgan klasterni to‘ldirdilar. Tadbir zamonaviy maktab muammolari haqidagi videolavha bilan yakunlandi.


