Ochiq dars
2026-yil 20-oktyabr kuni Samarqand davlat universitetining ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti Yarmatova Dilbar Sa’dinovnaning geografiya va ekologiya fakulteti 3-bosqich 317-guruh talabalariga “Atrof-muhit muhofazasi va yashil rivojlanish” fanidan “Qattiq chiqindilar turlari, manbalariva boshqaruvi” mavzusida namunaviy ochiq darsi bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruza darsi geografiya va ekologiya fakulteti 12-xonada, soat 09:00 da o‘tkaziladi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

