Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM/T.09.03 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 2-noyabr kuni 09:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1 Toshmuqumov Behzod Jumanazar o‘g‘lining 05.09.02 – Geotexnika (Asoslar, poydevor va yer osti inshootlari. Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Statik va dinamik kuchlar taʼsirida qiyaliklar yaqinidagi zamin gruntlarining mustahkamligi va turgʻunligini tajribalar yoʻli bilan aniqlash” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Mexanika laboratoriyasi binosi, 103-xona.