Avstriya Federal Ta'lim, fan va tadqiqotlar vazirligi 2027/28 o'quv yili uchun xalqaro stipendiya dasturlari e'lon qilinganini ma'lum qiladi.
Batafsil: www.grants.at

Tanlovda ishtirok etish uchun universitet bitiruvchilari va yosh tadqiqotchilar taklif etiladi.
Quyidagi dasturlar e'lon qilindi:
- Ernst Max nomidagi stipendiya (Ernst Mach Fellowship);
- Frans Verfel nomidagi stipendiya (Franz Werfel Fellowship);
- Rixard Plashka nomidagi stipendiya (Richard Plaschka Fellowship).

Bundan tashqari, www.euraxess.at portalida xalqaro tadqiqotchilar va olimlar ilmiy faoliyat uchun bo'sh ish o'rinlari hamda moliyalashtirish imkoniyatlari ma'lumotlar bazasi bilan tanishishi, shuningdek, Avstriyada yashash va ishlash sharoitlari haqida foydali ma'lumot olishi mumkin.

Manfaatdor shaxslarga ishtirok shartlari, nomzodlarga qo'yiladigan talablar va hujjat topshirish muddatlari bilan yuqorida ko'rsatilgan rasmiy resurslarda tanishib chiqish tavsiya etiladi.