Samarqand davlat universiteti

Ijtimoiy ish kafedrasi mudiri

Sherov Ma’ruf Boltayevich

marufsher80@ gmail.com 

    Ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti. U 2002-yildan buyon Samarqand davlat universitetining sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Faoliyati davomida respublika ilmiy jurnallarida 50 ga yaqin ilmiy maqolalari, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 30 dan ortiq maqola hamda tezislari chop etilgan. Shuningdek, u 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 4 ta elektron darslik muallifidir.

    Jumladan, mualliflar jamoasi bilan hamkorlikda 60920100 – Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Ijtimoiy ish etikasi” darsligi ushbu mutaxassislik bo‘yicha mamlakatimizda yaratilgan ilk darslik hisoblanadi.

    O‘tgan davr mobaynida dotsent M.B. Sherov rahbarligida tahsil olgan iqtidorli talabalar yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Xususan, uning ilmiy rahbarligida 4 nafar talaba universitetning Ibrohim Mo‘minov nomidagi hamda Botirxon Valixo‘jayev nomidagi stipendiyalari sohibiga aylangan, shuningdek, 2 nafar talaba Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan.

 

Ijtimoiy ish kafedrasi a’zolari

Negmatov Isoqjon

+99894 5353602  n-isoq@samdu.uz

Isoqjon Negmatov falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 1985-yilda “Taraqqiyotning tizimiyligi muammosi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Olimning “Iqtisodiy madaniyat va davr” monografiyasi, “Hayotim falsafasi” risolasi “Ijtimoiy ish etikasi” nomli darsligi va “Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan.

Olim o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyatida falsafa, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari, sotsiologiya va ijtimoiy ish sohasida olib borilayotgan ishlarning ilmiy- nazariy jihatlarini chuqur asoslashga bag‘ishlangan 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma,  1 monografiya, 5 risolalar muallifi. 200 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. 4 Scopus va 15  xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar nashr ettirgan.

https://journalppw.com/index.php/jpsp/article/view/7014
http://openaccessjournals.eu
http://zienjournals.com

Negmatova Dilovar Isoqjonovna


Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Negmatova Dilovar Isoqjonovna Samarqand davlat universitetining “Sotsiologiya va ijtimoiy ish” kafedrasi assistenti hisoblanadi.

U ilmiy faoliyati davomida “Yangi O‘zbekistonda mahallabay ishlash tizimining sotsiologik tahlili” mavzusida tadqiqotlar olib borgan. Mazkur yo‘nalishda xorijiy va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.

 Normamatova Maxsuda Nurmamatovna

нормаматовам@mail.ru 

Ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti. 2020-yilda "Virtualistikada postnoklassik epistemologiya g’oyalari" mavzusida falsafa doktori (PhD) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Maxsuda Normamatova  1 darslik, 2 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 2 o‘quv uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan.

3822-Article Text-7000-1-10-20200316. pdf

 Dilfuza Baxriyeva 

bakhrieva31_78@mail.ru 

         
Ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti. Samarqand davlat universiteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida 2005-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. "Гуманистическая сущност суфийских воззрений Абдурахмана Джами" mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Dilfuza Baxriyeva faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 50 tadan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan bo‘lib, ulardan 15 tasi xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan.

 

Mavjuda Tangirova 

tangirovamavjuda1976@gmail.com


Ijtimoiy ish kafedrasi o‘qituvchisi. Samarqand davlat universiteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida 2005-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Davlat va nodavlat tashkilotlarida ayollar faoliyatining sotsiologik ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Mavjuda Tangirovaning bugunga qadar  50 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va 10 dan ortiq xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan.

 

Toshpo’latov Dostonjon Nodir o’g’li
dostont1995@gmail.com 
+998995491760


Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi o’qituvchisi. 2023-yildan boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. “Yoshlarda addiktiv axloqni kamaytirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. 
1 o'quv qo'llanma muallifi, 30 ga yaqin xalqaro va respublika jurnallarida ilmiy maqolalari e’lon qilingan. 

Ijtimoiy ish kafedrasi tarixi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi Universitet kengashining 2025-yildagi 371-ij buyrug‘iga binoan “Sotsiologiya va ijtimoiy ish” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada 8 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi: ulardan 1 nafari professor, 4 nafari dotsent va 2 nafari assistent hisoblanadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tarkibida 1 nafar fan doktori hamda 1 nafar fan nomzodi (assistent) mavjud.

Ijtimoiy ish mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgani bois, 2005-yilda Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti qoshida ijtimoiy ish yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilina boshlandi. 2009-yilda ushbu yo‘nalishning ilk bitiruvchilari yetishib chiqdi.

Ma’lumki, mamlakatimiz ilmiy tizimida ijtimoiy ish nisbatan yosh fan hisoblanadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda ayrim qiyinchiliklar mavjud. Jumladan, ijtimoiy ish bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, ishchi dasturlar tuzish, ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid ilmiy maqolalar chop etish hamda talabalarni ushbu yo‘nalishdagi yangiliklardan xabardor qilish zarurati keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy universiteti professori M. Ganieva, dotsent N. Latipova, kafedra mudiri, dotsent I. Negmatov va dotsent M. B. Sherovlar hammualliflikda 2015-yilda “Ijtimoiy ish etikasi” darsligini yaratdilar. Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining “Yilning eng yaxshi darsligi” nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, dotsent M. B. Sherovning “Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” hamda “Ijtimoiy ishda xorij mamlakatlar tajribasi” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari ham nashr etildi.

2019-yil yanvar oyidan boshlab dotsent I. Negmatov kafedra mudiri etib tayinlandi. Uning rahbarligida kafedrada 2 ta (DSc) va 4 ta (PhD) dissertatsiya himoya qilindi, 10 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 8 ta monografiya hamda 100 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar nashr etildi.

Ijtimoiy ish kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilari — I. Negmatov, M. N. Normamatova, M. B. Sherov, D. X. Baxrieva, M. S. Abbasova, M. U. Tangirova va D. Toshpo‘latovlar rahbarligida iqtidorli talabalar bilan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedrada “Ijtimoiy soha ijodkorlari” ilmiy to‘garagi faoliyat yuritadi. To‘garakka kafedra dotsenti M. S. Abbasova rahbarlik qiladi. 18-mart — Butunjahon ijtimoiy ishchilar kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, g‘olib jamoa taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 11-martdagi 01/27/2145-sonli xatiga asosan, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari 2–3-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etdilar. Tadbir kafedra mudiri dotsent M. B. Sherov rahbarligida tashkil etildi.

Bundan tashqari, talabalar 10 dan ortiq respublika ilmiy jurnallari va konferensiyalarda ilmiy maqola hamda tezislar bilan faol ishtirok etib kelmoqda. 

Kafedra hayotidan fotolavhalar