Samarqand davlat universiteti sotsiologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
sotsiologiya kafedrasi mudiri
TAGIYEVA GULSUM GAFUROVNA
Sotsiologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. Tagiyeva Gulsum Gafurovna — sotsiologiya va ijtimoiy ish sohalarida faol ilmiy izlanishlar olib borayotgan olima. U 2019-yilda “Xalq bilan muloqotda ijtimoiy hamjihatlik tamoyillarini takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD), 2025-yilda esa “O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot tizimini rivojlantirish: sotsiologik tahlil” mavzusida sotsiologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalarini qo‘lga kiritgan.
Ilmiy faoliyati davomida ijtimoiy hamjihatlik, ijtimoiy ta’minot tizimi, yoshlar, oila va gender sotsiologiyasi hamda iqtisodiy sotsiologiya yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borgan. Uning muallifligida 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 10 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan. Shuningdek, 100 dan ortiq ilmiy maqolalari, jumladan, Scopus va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ishlari mavjud.
Hozirgi kunda Sotsiologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
Sotsiologiya kafedrasi a’zolari
|
Xujanov Zafar Bektimirovich Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi assistenti (PhD). Samarqand davlat universiteti sotsiologiya kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini kambag‘allikdan chiqarish omillari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. |
|
|
Navruzov Oybek Egamqulovich Sotsiologiya kafedrasi o'qituvchisi. Samarqand davlat universiteti sotsiologiya kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “O'zbekiston yoshlarida ta'lim qadriyatlarini shakllanitishning ijtimoiy omillari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. |
|
|
Eshmurodov Nabillo Ibodullo o`g`li
|
|
|
Gavhar Barakayeva Lukmonovna Samarqand davlat universiteti, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti, sotsiologiya kafedrasi assistenti . Ayni vaqtda "O‘zbek milliy an’analarida sog‘lomlashtirish jarayoni va uning shaxs estetik ongi shakllanishiga ta’siri” ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. |
|
|
Xaydarova Xilola 2025-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Sotsiologiya kafedrasi assistenti. Hozirgi vaqtda "Shahar ekotizimini boshqarishning sotsial omillari (Samarqand shahri misolida)" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Xilola Xislatovna 4 ta uslubiy koʻrsatmalarning muallifi. Bugunga qadar 9 ta respublika 3 ta xalqaro ilmiy maqolalari ilmiy nashrlarda va 50 ga yaqin tezislari konferensiya toʻplamlarida eʼlon qilingan. |
|
![]() |
Sotsiologiya kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti Sotsiologiya kafedrasi 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab “Sotsiologiya kafedrasi” nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017–2020-yillarda “Ijtimoiy fanlar kafedrasi”, 2020–2025-yillarda “Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi” nomi ostida faoliyat olib borgan. 2025-yil 10-noyabrdan boshlab esa yana “Sotsiologiya kafedrasi” nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda. Kafedra a’zolari Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston va AQShning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda kafedrada Qozog‘iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Milliy universiteti professori Gulmira Serikovna Abdiraiymova, AQShning Yuta shtat universiteti Sotsiologiya, antropologiya va jinoiy adliya kafedrasi professori Erin Trouth Hofmann hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professori, sotsiologiya fanlari doktori B. Karimov faoliyat yuritmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 10 ga yaqin darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. Shuningdek, 5 dan ortiq monografiya, 10 dan ziyod ilmiy to‘plam, 200 ga yaqin ilmiy maqola hamda 100 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan. |
![]() |
Hozirgi kunda kafedrada “Yangi O‘zbekistonda sotsial tadqiqotlarni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar (bakalavriat)
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar



