Samarqand davlat universiteti
odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi mudiri
Kuziyev Mirzohid Sadulloyevich

+99894 287-43-26 mkuziev.4326@gmail.com

 

    Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2015-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2018-yildan Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi mudiri. 2018-yilda “Ratsionida ammoniylashgan ozuqalardan foydalanilgan echkilarning ovqat hazmi jarayonlari va mahsuldorligi” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 uslubiy qo‘llanma, 3 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy texnik bazaga kiruvchi jurnallarda 60 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=qncotjEAAAAJ&hl=ru
DOI:  10.5958/2320-3188.2022.00011.0   

Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi a’zolari

 

 

Rajabov Asatillo Irgashevich

asatillo.5242@gmail.com

 

Biologiya fanlari nomzodi, professor. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 1974-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2000-yilda “Агроэкологическое аспекты и эффективность применения микроэлементов в табакаводстве Ургутского района” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Asatillo Rajabov faoliyati davomida 2 monografiya,   10 darslik, 6 uslubiy qo‘llanma, 21 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 50 va boshqa jurnallarda 125 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.627

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.626

 

 

Bazarov Baxritdin Maxammadiyevich

baxritdin.7505@gmail.com

 

Biologiya fanlari nomzodi, dosent SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2002-yilda "Yozgi va qishki uyquga ketuvchi ayrim umurtqalilar vakillarida oliy nerv faoliyati, uyqu jarayonlari va ularning boshqariluvida bombezin neyropeptidining roli" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Baxritdin Bazarov faoliyati davomida 2 darslik, 1 monografiya, 6 uslubiy qo‘llanma, 3 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 45 va boshqa turdagi jurnallarda 110 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

DOI:10.5958/2320-3188.2022.00010.9;

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.748

Allanazarova Natalya Aleuatdinovna

allan_20@mail.ru

 

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2023-yildan odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi dotsenti. 170 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. 1995-yilda “Qushlarning ovqat hazm qilish naychasining oldingi qismini ekologiyasiga qarab innervatsiya qilish xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Hayvonlar va odam anatomiyasi, morfologiyasi, gistologiyasi, embriologiyasi, patologiyasi, onkologiyasi hamda pedagogika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

7 patent, 1 darslik, 8 oʻquv qoʻllanma, 6 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. Xalqaro va respublika jurnallarida 50 dan ortiq maqolasi chop etilgan.

DOI: 10.7176/JSTR/6-08-03

DOI: 10.5958/2320-3188.2021.00023.1

DOI: 10.13057/biodiv/d250414

 Ismayilova Marhamat Abdirashidovna

marxamat.3032@gmail.com

 

Biologiya fanlari nomzodi, dosent. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 1996-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Marhamat Ismayilova 2012-yilda "Indusirlangan kanserogenez sharoitida gipo- va giperterioz  holatini modellashtirishda timus involyutsiyasini o‘rganish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Marhamat Ismayilova faoliyati davomida 1 monografiya, 4 uslubiy qo‘llanma, 1 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 30 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.748

Tojikulova Oysora Jurakulovna

tojikulovaoysara@gmail.com

 

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2019-yilda "Og‘ir metallar ta’sirida indusirlangan mitoxodriya disfunksiyasi mexanizmlari va ularni o‘simlik birikmalari bilan korreksiyalash" mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Oysora Tojiqulova faoliyati davomida 1 monografiya, xorijiy ilmiy nashrlarda 10 va respublika jurnallarida 34 maqola e’lon qilgan.

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.124

Haydarov Dilovar Yaqubovich

haydarovdilovarr@gmail.com

 

Kafedra assistenti. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi

Dilovar Haydarov “Syellyulozalitik faollikka ega probiotikli ozuqaviy qo‘shimchalarning tovuqlar hazm jarayonlari va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri” mavzusi doirasida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Faoliyati davomida 1 uslubiy qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 3, respublika nashrlarida 20 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.626

Raxmatova Nigora Botirovna

nigorarahmatova120@gmail.com

Kafedra o'qituvchisi. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2013-yildan faoliyat yuritib keladi. "Probiotikli ratsionlarning quyonlar qonini morfo-biokimyoviy ko'rsatgichlariga va ularning mahsuldorligiga ta'siri" yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Raxmatova Nigora faoliyati davomida  1 uslubiy qo‘llanma, 2 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

https://smujo.id/biodiv/article/view/17485

https://doi.org/10.47278/journal.ijvs/2025.017

Baxrillayeva Munisa Amirxanovna 

baxrillayevamunisa@gmail.com

Kafedra assistenti. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib keladi
Baxrillayeva Munisa “Оg‘ir metallar tuzlarini quyonlar ovqat hazmi traktining morfo-funksional xususiyatlariga, tabiiy chidamliligiga ta‘siri” mavzusidagi” mavzusi doirasida tadqiqot ishlarini olib borgan.  Faoliyati davomida, xorijiy ilmiy nashrlarda 4, respublika nashrlarida 13 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

https://doi.org/10.4236/ojas.2022.124048
DOI: 10.5958/2320-3188.2022.00029.8

Abdisalomova Munisa Abdimurod qizi
abdisalomovamunisa@gmail.com

Kafedra assistenti Samduda 2025-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda 20ga yaqin maqolalari xorijiy va mahalloiy jurnallarda e'lon qilingan
Odilova Zaynab Arzikulovna
zaynabodilova663@gmail.com
Odam va Hayvonlar fiziologiyasi kafedrasida 2026-yildan buyon o'qituvchi.20ga yaqin maqolalari mahalliy va xorijiy jurnallarda e'lon qilingan
 

Akzamov Valeriy Baxriddinovich

akzamovvaleriy@gmail.co

 

Pedagogika fanlari nomzodi. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yilda “Bлияние различаных концентрации NaCl на пищеварительного и транспортнего конвейера желудочного кишечного тракта у крыс” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Valeriy Akzamov o‘z faoliyati davomida AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 4 maqola chop ettirgan.

Turamqulov Shokir Normomo‘minovich

turamqulovshokir@gmail.com

2024-yildan buyon Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma hamda 70 dan ortiq maqolalar muallifi.

Ergashev Dilshod Umrzoq o'g'li
d4090393@gmail.com
Odam va Hayvonlar fiziologiyasi biokimyo kafedrasida 2026-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 15ta maqolalari xorijiy va mahalliy jurnalllarda e'lon qilingan 4ta scopus q2 jurnalida nashr etilgan 

Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi haqida

 Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi 1934-yilda tashkil etilgan. Kafedra tashkil qilingan paytda kafedra mudiri lavozimida V. Popov ishlagan.

1944-yilda mazkur kafedra bilan biokimyo kafedrasi qo‘shilib odam hamda hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi deb nomlangan va kafedrani prof. P.Faktorovich boshqargan.

1970-yilgacha kafedrani professor Bahrom Yusupovich Hamraqulov boshqargan. Bu davrda kafedrada «Oziqlanish fiziologiyasi», «Elektrofiziologiya», «Gematologiya» hamda «Mikroyelementlar biokimyosi» bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, ushbu ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha kafedrada Chianurov, Mamayeva, Ataullaxanov, Abdullayeva, Qodirova, Isaqov, Baqoyev, A.Sh. Tog‘aynazarov, M.Safin kabi taniqli professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarini olib borgan.

1970-1972-yillarda kafedrani universitetning rektori lavozimida ishlagan, taniqli akademik Yo.X. To‘raqulov boshqargan.

1972-1993-yillarda kafedra mudiri lavozimida prof. M.Rish davom ettirgan va «O‘zbekistonning biokimyoviy mintaqalarida chorvachilikni rivojlantirishda mikroyelementlardan foydalanish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib, «Mikroelementlar biokimyosi» muammoviy laboratoriyasini tashkillashtirgan. Taniqli olimning rahbarligida 6 nafar fan doktori va 60 nafarga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.

1993-1998-yillarda kafedrani professor Y.Nuritdinov boshqargan. Bu davrda «Oliy nerv faoliyatining neyropeptidli boshqaruvi mexanizmi» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.

1998-yilda kafedraga sobiq Samarqand davlat pedagogika instituti «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kafedrasining qo‘shilishi munosabati bilan kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yanada oshgan.

1999-2005-yillarda kafedrani professor M.O‘ralov boshqaragan. Bu davrda kafedrada «Hayvonlar biologiyasining evolyutsion, eko-fiziologik va biokimyoviy asoslari» mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilib, kafedra a’zolaridan A.Rajabov (ilmiy rahbari prof. M.A. Rish), B.Bozorov (ilmiy rahbari prof. Y. Nuritdinov), G.Dushanova (ilmiy rahbari prof. N.Xayitova)lar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2005-yilda kafedraga genetika va biotexnologiya kafedrasi birlashtirildi va uning nomi fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi bilan ataldi.

2005-2011-yillarda kafedraga dotsent M.G. Safin mudirlik qilgan. U kishi kafedrani boshqargan paytda professor M.Urolov bilan birgalikda №31.04 xalqaro grant loyihasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Shuningdek, shu davrda ya’ni 2009-yilda kafedra aspiranti M. Ioselevich  nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu yillar davomida kafedrada 3 ta mutaxassislik (5A420105-Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 5A420109-Biokimyo, 5A420110-Biotexnologiya) bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lgan. 

 

Ushbu kafedrada bugungi kunda 1 nafar fan doktori,  professor, 2 nafar fan nomzodi, professor, 3 nafar fan nomzodi dotsent, 4 nafar PhD va 3 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra  a’zolari SamDTU, SamVMBI, O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax pedagogika universitetlari kabilar hamda Fanlar akademiyasiga huzuridagi Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo ilmiy tekshirish instituti, Isayev nomidagi Parazitologiya ITI, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti va Veterinariya ilmiy tekshirish institutlarining tegishli laboratoriyalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan va tuzilgan shartnomalar doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari kabi tadqiqotchilari o‘zlarining tadqiqot ishlarini olib bormoqda, shu bilan birgalikda AQSHning “VetVittles”  kompaniyasi, Akademik L. Ernst nomidagi Chorvachilik federal ilmiy tadqiqot markazi filiali Butunrossiya Hayvonlarning fiziologiyasi, biokimyosi va oziqlanishi ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Fanlar Akademiyasining Butunrossiya parrandachilik ilmiy-tadqiqot va texnologik instituti, Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi tegishli kafedralari va ilmiy laboratoriyalari bilan ham xamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Hozirda kafedrada “VetVittles”  kompaniyasi boshlig‘i, biologiya fanlari doktori, professor E. Gurman faoliyat yuritmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq darslik,  o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar  yaratilgan. Shuningdek, 20 ga yaqin monografiya, 900 ga yaqin ilmiy maqola va 150 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar.

Kafedrada bugungi kunda “Zarafshon vohasida (o‘rta oqimi) qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirishning morfo-biokimyoviy va fiziologik jihatlari” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Kelajakda kafedrada iqtidorli bakalavrlarni, magistrantlarni tanlab olib, tegishli ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura, doktoranturani (DSc) davom ettirish orqali kafedraning ilmiy salohiyatini oshirib borish, respublika va xorijiy yetakchi OTMlar, ITIlari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali kafedrada bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining salmog‘ini oshirib borish orqali xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy loyihalar hamda innovatsion loyihalari bajarilishida ishtirok etish, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilgan.

 

   

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • Odam va hayvonlar fiziologiyasi
  • Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
  • Biokimyo
  • Molekulyar biologiya
  • Biofizika
  • Ionlantiruvchi nurlar biologiyasi
  • Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
  • Biometriya
  • Enzimologiya
  • Gematologiya
  • Biokimyoviy va fiziologik tadqiqot usullari
  • Hayvonlarning fiziologik jarayonlari

 

Magistratura

  • Ovqatlanish va hazm fiziologiyasi
  • Neyrofiziologiya
  • Endokrinologiya
  • Ichki muhit fiziologiyasi
  • Biologik faol dorivor moddalar biotexnologiyasi
  • Qishloq xo‘jaligi hayvonlari fiziologiyasi

Kafedra hayotidan fotolavhalar