Xasanov Askar Zabiyevich

+998979273733 

askar_hasanov@mail.ru.


Texnika fanlari doktori, profesor Askar Xasanov O‘zbekiston Respublikasi Geotexnika jamiyati prezidenti. Madaniy meros ob’yektlarini saqlashning geotexnik muammolari bo‘yicha xalqaro texnik kengash a’zosi. 1996 yildan Nyu-York geologiya fanlari Akademiyasining a’zosi. 2012 yilda Geotexnika sohasidagi ilmiy - amaliy ishlari uchun N. M. Gersevanov nomidagi, Rossiya tuproq mexanikasi, Geotexnika va poydevor qurilishi jamiyati medaliga sazovor bo‘lgan.
2022 yilda Geotexnika sohasidagi ilmiy-amaliy ishlari uchun T. J. Junisov, Qozog‘iston Geotexnika jamiyati medaliga sazovor bo‘lgan.
2022 yilda Geotexnika sohasidagi ilmiy-amaliy ishlari uchun Rossiya, Sibir Geotexniklari shirkatining medali bilan taqdirlangan. 
Hozirgi vaqtda u SamDU "nazariy va amaliy mexanika" kafedrasi mudiri bo‘lib, ayni paytda "Geofundamentproyekt" MCHJ loyiha-qidiruv institutiga rahbarlik qiladi, u erda O‘zbekiston hududida sanoat va fuqarolik maqsadlari uchun murakkab, ba’zan noyob loyihalar amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining murakkab muhandislik - geologik sharoitlarida barpo etilgan 300 dan ortiq poydevor loyihalari va 10 dan ortiq patentlar  muallifi. Profesor Askar Xasanov raxbarligida O‘zbekiston geotexnika muammolariga bag‘ishlangan 3 dan ortiq respublika va 5 dan ortiq xalqaro konferensiyalar o‘tkazgan. Bir qator o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar muallifi. 

1)  https://www.issmge.org/publications/publication/foundations-on-artificial-bases-stabilized-by-vertical-armo-elements-vae-with-a-seismic-protective-damping-layer
2)  https://doi.org/10.1201/9780429351860
3)  https://yo-1.ct.ntust.edu.tw:8887/tgssp/file/16ARC/file /ATC7-010.pdf
4)  https://www.issmge.org/publications/publication/alternative-concepts-of-the-theory-of-strength-of-sand-soil

 

Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi a’zolari

 

Dusmatov Olimjon Musurmonovich

dusmatov62@bk.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1988-yildan buyon nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2000-yilda “Математическое моделирование выброзащитных систем методами графов связи и их исследование” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Olimjon Dusmatov faoliyati davomida 3 oʼquv qoʼllanma, 3 monografiya, 15 uslubiy qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 100 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan.

doi:10.1088/1757-899X/1030/1/012069

doi:10.1088/1742-6596/1921/1/012097

doi.org/10.1007/978-3-030-79983-0_20

Abdullaev Obid

abdullayev@inbox.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1977-yildan buyon nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 1994-yilda “Murakkab shakldagi chiziqli elastiklik nazariyasi masalalarini aralash chekli elementlar metodi yordamida yechish usuli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Obid Abdullaev 1 oʼquv qoʼllanma, 2 uslubiy qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan.

Buranov Xudoyar Mahmadiyarovich

xmburonov@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2000-yildan buyon nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2010-yilda “Gisterezis tipidagi elastikdempferlovchi xarakteristikali va suyuqlikli boʼgʼinlarga ega boʼlgan tebranishlardan himoyalanuvchi sistemalarning ustuvorligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Xudoyar Buranov faoliyati davomida 1 oʼquv qoʼllanma, 6 uslubiy qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan.

Nishonov Oʼtkir Аnjiboevich

utkirn1978@mail.ru

Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD). Nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2002-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda “Qobirgʼali plastinka va sferik qobiqlarning nochiziqli deformatsiyalanishi” mavzusida fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Oʼtkir Nishonov faoliyati davomida 1 oʼquv qoʼllanma, 3 uslubiy-koʼrsatma va 40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan.

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126402018

UDC 624.044 DOI: 10.34910/MCE.116.13

Xudayberdiev Zokir Bozorboevich

xudoyberdiyevz@mail.ru

Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), kafedra dotsenti. SamDU Muhandislik fizikasi instituti nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2012-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda "Uch qatlamli kompozit plastinkaning nostatsionar tebranishlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Zokir Xudayberdiev faoliyati davomida 3 oʼquv qoʼllanmalar, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 35 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan.

doi:10.1088/1755-1315/614/1/012061

https://doi.org/10.1063/5.0118588

Ismoilov Elbek Abdirashitovich

eismoilov.samsu@gmail.com

SamDU Muhandislik fizikasi instituti nazariy va injenerlik mexanikasi kafedrasida 2012-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2026-yilda “Transversal-izotrop silindrik qatlam va qobiqlarning qovushoq suyuqlik bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Elbek Ismoilov faoliyati davomida 3 oʼquv qoʼllanmalar, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 10 dan ortiq Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan.

www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57221223780

doi:10.1088/1755-1315/614/1/012071  

https://doi.org/10.1063/5.0242043

https://doi.org/10.1063/5.0118588

https://doi.org/10.1063/5.0294882

https://doi.org/10.1063/5.0295483

https://doi.org/10.1063/5.0295938

https://doi.org/10.1063/12.0043271

https://doi.org/10.1063/12.0043299

https://doi.org/10.1063/12.0043302

https://doi.org/10.1063/12.0043283

Ismoilov Xursandbek Farxodovich

kh.ismoilov89@gmail.com


Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD). SamDU Muhandislik fizikasi instituti nazariy va injenerlik mexanika kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2026-yilda "Doiraviy konussimon qobiqning deformatsiyalanuvchi muhit bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi" mavzusida nomzodlik (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ismoilov Xursandbek Farxodovich faoliyati davomida 2 ta uslubiy ko‘rsatma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 25 tadan ziyod ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar  Scopus, Web of Science va Google Scholar bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan.

www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59473011800

scholar.google.com/citations?user=o71rGM4AAAAJ&hl=en

Аbdurazzaqov Jamshid Norbutaevich

abdurazzoqovjamshid2688@gmail.com

Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranishlari” mavzusida fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.

Jamshid Аbdurazzaqov faoliyati davomida 1 darslik, 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar eʼlon qilgan.

Xaydarova Kamola Xakimovna

xaydarovakamolaxakimovna@gmail.com


Kafedra assistenti. SamDU Muhandislik fizikasi instituti nazariy va injenerlik mexanikasi kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “V.Z.Vlasovning variatsion prinsipi asosida elastik muhit qatlamida joylashgan to‘sinning kuchlar ta’sirida dinamikasining tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish jarayonida 

Kamola Xakimovna faoliyati davomida 1ta  oʼquv qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 35 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 8 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan.
https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=60581932100

https://scholar.google.com/citations?user=DrzJ_BAAAAAJ&hl=ru

Xudayberdieva Shohsanam Maxmudjon qizi

xudoyberdiyevash@gmail.com

Kafedra assistenti. 2018-yildan buyon SamDU nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “Doiraviy konussimon qobiqlar va sterjenlarning qovushoq siqiluvchan suyuqlik bilan oʼzaro nostattsionar taʼsirlashuvi” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi boʼyicha ilmiy izlanish olib bormoqda.

Shohsanam Xudayberdiyeva  faoliyati davomida 4 xorijiy va 9 respublika jurnallarida ilmiy maqola va tezislar eʼlon qilgan.

Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi tarixidan

Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Samarqand davlat universitetining tarixiy kafedralaridan biridir. 1946-yilda professor I.S.Kukles tashabbusi bilan nazariy mexanika kafedrasi, 1950-yilda mexanika bo’limi tashkil etilgan. Kafedrada faoliyat olib borgan I.S.Kukles, fizika-matematika fanlari doktori professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi FA akademigi (1960 y.) darajasiga ega bo’ladi.

Turli yillarda nazariy mexanika kafedrasida I.S.Kukles, X.R.Raximov, I.I.Shirov, N.A.Tubasov, M.B.Gukyamuxov, I.M.Dorfman, A.F.Jyutunji, B.U.Usmonov, L.M.Kucherenko, E.N.Rudenko, A.M.Matviyenko T.N.Nurov, J.Qayumov, O.M.Do’smatov, R.Sh.Indiaminov, A.Tilavov, F.A.Amirqulova, F.Sattorov, M.Raxmatovlar faoliyat ko’rsatishgan.

Mexanika bo’limidan akademik T.Sh.Shirinkulov, professorlar: F.B.Badalov, K.Sh.Bobomurodov, H.T.To’rayev, A.I.Latipov, J.Akilov, B.X.Xo’jayorov, X.X.Xudoynazarov, O.M.Do’smatov va bir qancha fan nomzodlari dotsentlar yetishib chiqdilar.

1977-1995-yillarda kafedrani dotsent T.N.Nurov, 1995-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor X.X.Xudoynazarov, 2013-2018 yillarda dotsent Sh.D.Berdiyevlar boshqarib kelishdi. 2018-yildan boshlab kafedraga professor X.X.Xudoynazarov kafedra mudiri etib tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada 10 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi.

Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy safarlarda bo‘lib kelmoqda. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda. Kafedra a’zolar O’zR FA, Moskva DU, Tomsk DU, Kaliforniya universiteti (AQSh), Okland universiteti (Yangi Zelandiya) olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedra a’zolari materiallarning aniqlashtirilgan fizik-mexanik xarakteristikalarini hisobga olishga asoslangan, konstruksiya va uning elementlarining, ayniqsa, modda strukturasining regulyarligi buzilgan lokal zonalarda, kuchlangan-deformatsiyalanganlik holati to’g’risida  aniq ma’lumot beruvchi eksperimental-nazariy, yangi, mukammallashtirilgan  metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, tekis va fazoviy sistemalarda  armaturalarni optimal joylashtirish va effektiv loyihalash metodlari, o’rab turuvchi deformatsiyalanuvchi muhit, ichki va tashqi ideal va qovushoq suyuqliklar bilan o’zaro ta’sirlashuvchi silindrik qatlam, qobiq va sterjenlarning o’qqa nisbatan simmetrik va simmetrikmas tebranishlari nazariyalarini yaratish bilan shug’ullanadilar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavr

  • Nazariy mexanika
  • Tutash muhit mexanikasi asoslari
  • Materiallar qarshiligi
  • Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi
  • Suyuqlik va gaz mexanikasi
  • Amaliy mexanika (Qurilish mexanikasi)
  • Hisoblash mexanikasi va kompyuter injiniringi
  • Analitik mexanika
  • Gidrodinamika
  • Plastiklik nazariyasi
  • Hisoblash mexanikasi
  • Amaliy mexanika
  • Plastinka va qobiqlar nazariyasi

Magistratura

  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Hisoblash mexanikasi
  • Konstruktiv elementlar tebranishlari (sterjenlar)
  • Konstruktiv mustahkamlik va uning fizik xususiyatlari
  • Plastinka va qobiqlar nazariyasi
  • Plastik nazariyasi masalalarini matematik modellari
  • Tutash muhitlarda to‘lqin tarqalishi
  • Analitik mexanikaning tanlangan boblari
  • Qatlamli strukturalar mexanikasi
  • Konstruktiv elementlar tebranishlari (plastinkalar, qobiqlar)
  • Suyuklik va gaz  mexanikasining tanlangan boblari (gidrodinamika masalalarini matematik  modellari)
  • Kompozitlar mexanikasi
  • Qovushoq-elastiklik va siljuvchanlik masalalarini matematik modellashtirish

Kafedra hayotidan fotolavhalar