Samarqand davlat universiteti

jinoyat huquqiy fanlar  kafedrasi mudiri

Qurbonov Davlat Ravshanovich

+998915560707 davlatkurbonov75@bk.ru

    Davlat Qurbonov yuridik fanlari doktori. 1997-yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi.  2008-yilda “Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sharoitida jinoiy javobgarlikni qo‘llash muammolari” mavzusida  nomzodlik, 2021-yilda “Shaxsning ozodligiga qarshi qilmishlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Faoliyati davomida “Jinoyat huquqi”, "Jinoyat protsessual huquqi", "Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar", "Jinoyat protsessida dalillar nazariyasi muammolari", "Ijro ishini yuritish", "Yuridik xizmat", "Inson huquqlari"  fanlaridan ma’ruza matnlarini tuzgan. Bugungi kungacha 51 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari nashr etilgan. 2 tasi o‘quv, 1 uslubiy qo‘llanma muallifi. 18 maqolasi OAK ro‘yxatidagi jurnallarda, 6 maqolasi xalqaro jurnallarda, 15 maqolasi respublika jurnallarida nashr qilingan.

 

Jinoyat huquqiy fanlar  kafedrasi a’zolari

 

Muqumova Muslima Ziyodullayevna  

mmuqumova @.list.ru

Muslima Muqumova yuridik fanlari nomzodi, professor.  2005-yilda “Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashning xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2008-yili 12.00.08 – «Jinoyat huquqi va kriminologiya; jinoyat-ijroiya huquqi» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan.

Faoliyati davomida 120 dan ortiq  ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi. 5 ta monografiya, 1 risola, 2 o‘quv qo‘llanma va 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugungi qadar 2 Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda ham  ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993

Esanov Azamat Esirgapovich

 

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Esanov Azamat Samarqand davlat universitetida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

U 2025-yilda 12.00.08 – Jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar) ixtisosliklari bo‘yicha “Alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish jinoyatlari uchun javobgarlik” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Esanov Azamat 25 dan ortiq ilmiy maqola muallifi bo‘lib, uning 4 dan ortiq ilmiy maqolalari Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy bazalarga kiruvchi jurnallarda chop etilgan.

Qilichev Nosirbek Jasur o‘g‘li 


Jinoyat  huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Qilichev Nosirbek 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Nurmuhammedov Ulug'bek Abdurahmanovich

 

Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti maxsus huquqiy fanlar kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.  Faoliyati davomida 1 maqola muallifi.

Umarov Djamshid


Jinoyat  huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

 

                                                 Qo’zibayeva Zahro Azamat qizi

Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Samarqand davlat universitetida 2026-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Zahro Qo’zibayeva ilmiy faoliyati davomida 10 ga yaqin maqola, tezislar va huquqiy loyiha muallifi.

Jinoyat  huquqiy fanlar kafedrasi

Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi 2024-yil 4-sentabrda tashkil etilgan. Kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan, 8 nafar professor, 2 nafar dotsent, 2 nafar PhD va 6 nafar assistent ish olib bormoqda.

Bakalavriat ta’limida o‘qitiladigan fanlar:

  • Jinoyat huquqi
  • Ijro ishini yuritish
  • Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
  • Jinoyat-protsessual huquqi
  • Iqtisodiy protsessual huquq
  • Kriminalistika
  • Jinoyat-ijroiya huquqi
  • Notariat
  • Prokuror nazorati
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati
  • Advokatura

 

 

Kafedrada magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 2 ta yo‘nalish mavjud:

Mutaxassislik: 70420101 — Advokatlik faoliyati

  • Advokatura va advokatlik faoliyati
  • Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish
  • Jinoyat protsessida advokat ishtiroki
  • Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki
  • Huquqiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar
  • Ilmiy-huquqiy tadqiqot metodologiyasi va Legal Tech
  • Yuristlar uchun strategik qarorlar qabul qilish

Mutaxassislik: 70420113 — Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti

  • Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari
  • Jinoiy jazo va uni tayinlash
  • Dalillar nazariyasi
  • Jinoyatlarni tergov qilish metodologiyasi
  • Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish
  • Jinoyat huquqi umumiy qism qoidalarini qo‘llash muammolari
  • Jinoyat protsessida advokat ishtiroki
  • Xalqaro jinoyat huquqi va XXRda jinoyat qonunchiligini qo‘llash amaliyoti

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar