SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INNOVATSIYA VA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3698-sonli qarori hamda 2019-yil 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiya yig’ilishi 3-sonli Bayonining 41-bandiga asosan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, innovatsiyalarni transfer qilish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab       chiqarishning       samarali hamkorligini tashkillashtirish, xorijiy universitetlarning ta’lim uslubiyoti va ilg’or pedagogik texnologiyalarni hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Samarqand davlat universitetida “Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi” markazi tashkil etildi.

    Markazning rasmiy nomi:  Samarqand davlat universiteti “Innovatsiya va texnologiyalar transferi” 

    Markazning rasmiy sayti: http://transfer.samdu.uz/

    Samarqand davlat universiteti “Innovatsiya va texnologiyalar transferi” markazining boshlig’i fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Fayziyev Bekzodjon Murtazayevich

+998 (97) 915-10-78, fayzievbm@samdu.uz

Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari

    Markazning asosiy maqsadi innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini tashkillashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.

    SamDU bazasida innovatsion va texnologik kichik korxonalar va kompaniyalar tashkil etish hamda grantlar asosida mablag’larni jalb qilish. Xorijiy universitetlarning ta’lim uslubiyotini va ilg’or texnologiyalarni respublika oliy ta’lim muassasalariga joriy qilish.

    Ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish strategiyasini ishlab chiqish, istiqbol texnologiyalarni baholash va marketing orqali intellektual mulkni boshqarish.

    Tayyor ishlanmalar va texnologiyalar bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

    Ishlab chiqarish korxonalari bilan grantlar va kontraktlarni jalb qilishga ko’maklashish, intellektual mulkni boshqarish borasida maslahatlar berish.

    Innovatsion faoliyatni rivojlantirish va texnologiyalarni transfer qilish bo’yicha tadqiqotlar olib borish.

    Texnologiyalarni tijoratlashtirish masalalari bo’yicha seminar va konferensiyalar tashkil qilish.

    Texnologiyalar transferi sohasini samarali faoliyati maqsadida qo’shimcha resurslarni jalb qilish.

    Yosh mutaxassislarni ilmiy-texnik sohalarga jalb qilish uchun sharoitlar yaratish.

    Texnologiyalarni transfer yetish sohasida, innovasion loyihalarni biznes rejalarni tayyorlash, ITI natijalarning huquqiy himoyasini ta’minlash, potensial investorlarni izlashda konsultativ xizmatlar ko’rsatish.

    Patent-lisenzion, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferi bo’yicha takliflar tayyorlash va kirish.

    Intellektual mulk obyektlardan foydalanish, ularni yaratish, himoya qilish bilan bog’liq masalalar to’g’risida hujjatlarni ishlab chiqish.

    Innovatsiya faoliyatini jadallashtirishga ko’maklashish, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy texnologiyalar transferini tashkil yetish.

    Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tez va samarali hal qilish uchun ilmiy xizmat ko’rsatishni tashkil yetish va innovatsion loyihalarini shakllantirishda ko’maklashish.

Markazning huquqlari va majburiyatlari

    Universitetni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash maqsadida davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, ishlab chiqarish korxonalaridan ma’lumotlar olish.

    Universitet rahbariyatiga intellektual mulk obyektlarini yaratish, himoya qilish va tijoratlashtirish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo’yicha takliflarni kiritish.

    O’zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlari talablarining yoki intellektual mulk sohasida kelishilgan majburiyatlarning buzilishi kuzatilganda, ularni bartaraf yetish uchun zarur bo’lgan choralarni ko’rish to’g’risida rahbariyatga ma’lumot berish.

    O’z kompetentlik doirasida va rahbariyatning topshirig’iga asosan SamDU nomidan tashqi tashkilotlar bilan ish olib borish.