Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi

Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi mudiri
Urakov Djaxongir Rajabovich
Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi mudiri.Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2022-yildan maxsus-huquqiy fanlar, jinoyat-huquqiy fanlar kafedralarida assistent-o‘qituvchi, 2026-yildan fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib keladi.
2025-yilda 12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura ixtisosligi bo‘yicha “Prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatini tashkillashtirish masalalari’’ mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan
Urakov Djaxongir faoliyati davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi
Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi aʼzolari
![]() |
Gʻulomov Akmaljon Shukurillayevich Kafedra professori, yuridik fanlari nomzodi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2005-yilda “Qishloq xo‘jaligi korxonalariga moddiy texnika xizmati ko‘rsatish shartnomalarining turlari va mohiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2010-yilda “Fuqarolik huquqi, oila huquqi, tadbirkorlik huquqi, xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha dotsent, 2024-yilda professor ilmiy unvonida tasdiqlangan. Akmaljon Gʻulomov faoliyati davomida 1 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. |
![]() |
Arzibekova Xadicha Raxmonkulovna
Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2025-yilda O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasining "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan mukofatlangan.Xadicha Arzibekova 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
|
![]() |
Ibodullayev Jahongir Ibodullayev Jahongir — yuridik fanlari nomzodi, dotsent. 1990-yilda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining va xalq nazorati organlarining o‘zaro munosabatlari” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. 2007-yilda konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq va moliya huquqi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. U uzoq yillar davomida Samarqand davlat universitetida turli kafedralarda, jumladan, “Umumiy huquqshunoslik”, “Konstitutsiya va xalqaro huquq”, “Fuqarolik huquqi” yo‘nalishlarida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan hamda kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Jahongir Ibodullayev 2 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy hamda ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. Hozirgi kunda “Yuridik javobgarlik muammolari” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. |
![]() |
Kuvondikov Zokir Oblakulovich
Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasida 1998-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2009-yilda “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini fuqarolik huquqiy tartibga solish muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2017-yil «Fuqarolik huquqi, oila huquqi, tadbirkorlik huquqi, xalqaro xususiy huquq» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan. Kuvandikov Zokir Oblakulovich pedagogik va ilmiy faoliyati davomida 2 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 11 uslubiy qo‘llanma, 2 monografiya, 80ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. |
![]() |
Muhammadqulova Parizodabegim Mamatjonovna Muhammadqulova Parizodabegim Mamatjonovna — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. U 2023-yildan buyon universitetda ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. Parizodabegim Mamatjonovna 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. |
![]() |
Usmoqulova Maftuna Vali qizi Usmoqulova Maftuna Vali qizi — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. U 2025-yildan buyon universitetda ilmiy-pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Maftuna Usmoqulova 5 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. |
![]() |
Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 1 nafar PhD hamda 3 nafar assistent talabalarga sifatli ta’lim berish va ilmiy faoliyatni rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarni zamonaviy huquqiy bilimlar bilan qurollantirish, ularning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda amaliy seminar-treninglar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:
|








