Samarqand davlat universiteti boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
Boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri
Nurmamatov Mexriddin Qahramonovich
+99893-999-51-49 mehriddinnur@gmail.com
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. 2022-yilda “Aholining mehnat bozorida bandligini modellashtirish asosida mehnat munosabatlarini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimi” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasida ishlab kelmoqda.
1 o’quv qo’llanma, 2 uslubiy qo’llanma, 4 mualliflik guvohnomalari, 50 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 7 maqolasi e’lon qilingan.
Mexriddin Qahramonovichning Scopus ва Web of Science bazalarida e’lon qilingan ilmiy maqolalari elektron manzillari:
https://ieeexplore.ieee.org/author/37089785594
https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58178752000
https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=xB6eZAsAAAAJ
https://www.webofscience.com/wos/author/record/HDN-4917-2022
DOI: 10.1109/ICAC3N56670.2022.10074149
Boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasi a’zolari
|
Lutfillayev Maxmud Xasanovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, pedagogika fanlari doktori. 1989-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalar markazining ustuvor yo’nalishlari dasturi asosida jami 8 loyihada ishtirok etmoqda. Maxmud Lutfillayev rahbarligida 60 ga yaqin multimediyali elektron darsliklar biologiya, fizika, informatika, ingliz tili fanlaridan va 40 dan ortiq virtual laboratoriyalar yaratilgan. Bundan tashqari olim tomonidan ishlab chiqilgan “Umurtqasizlar zoologiyasi” predmetidan kompyuter imitatsion modellari asosida 24 ta virtual laborotoriyalar yaratilgan va o’quv jarayonlarida foydalanilmoqda. Maxmud Lutfillayev Germaniyada chop etilgan 2 monografiya muallifi. Scopus ma’lumotlar bazasiga kiruvchi xorijiy nashrlarda 3 ta maqolasi chop etilgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi e’lon qilingan ilmiy maqolalar elektron manzillari: https://www.ijitee.org/portfolio-item/l31811081219/ |
|
![]() |
Tuxtamurodov Nozir Ulmas o’g’li
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2024 yilda “Singulyarlik sharoitlarida ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish algoritmlari” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 6 yildan ortiq Software Engineeringda tajribaga ega, hozirda EPAM xalqaro kompaniyasida Senoir Software Engineer sifatida va 2025 yildan boshlab Samarqand Davlat Universitetida “Boshqaruv nazariyasi va Axborot xavfsizligi” kafedrasida ishlab kelmoqda. 1. EdTechda 2 ta muvoffaqiyatli startup loyihalarni Tech Lead sifatida ishlab chiqqan(marsit.uz platformasi va atomika.uz platformasi) 2. FinTechda 1 ta xalqaro loyihada ish olib kelmoqda. 3. atomika.uz EdTech platformasi asoschilaridan biri. 4. marsit.uz ning CRM va LMS tizimlarini 0 dan ishlab chiqqan. Hozirda 3000 dan ortiq o’quvchilar o’qiydi. Nozir Tuxtamurodovning SCOPUS bazasida e’lon qilingan ilmiy ishlar ro’yxati: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57463572800 |
![]() |
Sardor Mamarasulov +99899-328-54-92 Sardor Mamarasulov – kompyuter fanlari va texnologiyalari bo‘yicha fan doktori (DSc). U 2025-yilda Xitoyning Sharqiy Xitoy Normal Universitetida (East China Normal University, Shanghai) “Sun’iy intellekt va multimodal ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 2014-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining “Dasturiy injiniring” yo‘nalishini bakalavr sifatida, 2018-yilda Pekin Texnologiya Institutini (Beijing Institute of Technology) magistr darajasida tamomlagan. Sardor Mamarasulov “Chinese Government Scholarship”, “Shanghai Government Scholarship” va “Stipendium Hungaricum” kabi nufuzli xalqaro grantlar g‘olibi hisoblanadi. Ilmiy faoliyati davomida u sun’iy intellekt, chuqur o‘rganish, deepfake aniqlash, audio-biometrik xavfsizlik hamda blokcheyn asosida axborot himoyasi yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borgan. Uning ilmiy ishlari xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan bo‘lib, hozirda 6 ta maqolasi SCI bazasida e’lon qilingan. Ilmiy maqolalari:
Ilmiy profillari: |
![]() |
Kiyamov Jasur Utkirovich +998933525140 Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. 2024-yilda “О проблемах оптимизации и безопасности для многоуровневой виртуальной сети” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022-yildan boshlab Sankt-Peterburg davlat universitetida,2025-yildan Samarqand davlat universiteti boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasida ishlab kelmoqda. 2 o’quv qo’llanma, 2 uslubiy qo’llanma, 2 mualliflik guvohnomalari. Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 20 maqolasi e’lon qilingan. Scopus ID: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57221666023 ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8623-1090 ResearcherID: https://www.webofscience.com/wos/author/record/GXF-0177-2022 |
|
Jabbarov Jamoliddin Sindorovich Jamoliddin Jabbarov texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 2014-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2023-yilda “Murakkab fraktal tuzilishli tibbiy tasvirlarni raqamli ishlash usullari yordamida geometrik modellashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida xorijiy ilmiy nashrlarda 18, boshqa ilmiy nashrlarda 60 ga yaqin maqolalar, 1 o‘quv va 3 uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
Shuningdek, olim bugunga qadar Scopus, Web of Science nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 5 dan ortiq va boshqa nashrlarda 70 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
Jamoliddin Jabbarovning Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda chop etilgan maqolalari:
|
|
|
Axatqulov Sohobiddin Abirqulovich Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 2015-yilda “On Conjugations of Circle Homeomorphisms with Break and Critical Points” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2017-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti kompyuter ilmlari va texnologiya fanlari kafedrasida ishlab kelmoqda. Sohobiddin Axatqulov ilmiy faoliyati davomida Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 18 ta maqola e’lon qilgan. Sohobiddin Axatqulovning Scopus ва Web of Science bazalarida e’lon qilingan ilmiy maqolalari elektron manzillari: https://doi.org/10.1063/1.4980971 http://dx.doi.org/10.1088/1361-6544/aa6d94 http://dx.doi.org/10.17576/jsm-2017-4608-21 https://doi.org/10.1063/1.4995825 http://doi.org/10.12732/ijpam.v112i3.3 http://doi.org/10.1215/20088752-2019-0014 |
|
|
Safarov Rustam Abdullayevich Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2025-yilda “Tasvir tarkibiy ortiqchaligi xossalari asosida mikroobyektlar identifikatsiyalanishini maqbullashtiruvchi usullar” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2015-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. 50 ga yaqin ilmiy ishlarning muallifi. 20 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. https://scholar.google.com/citations?user=4_j3BZ4AAAAJ&hl=ru https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57967217000 https://orcid.org/0000-0002-6092-2408 10.1109/RusAutoCon52004.2021.9537567 https://doi.org/10.1063/5.0118857 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/1791/1/012099/meta https://doi.org/10.1109/RusAutoCon49822.2020.9208164 https://doi.org/10.1063/5.0074019 https://doi.org/10.1109/ICISCT50599.2020.9351483 https://doi.org/10.1007/978-3-030-68004-6_22 https://doi.org/10.1109/AICT55583.2022.10013633 https://doi.org/10.1063/5.0124901 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/2373/7/072030/meta https://doi.org/10.1109/ICIEAM57311.2023.10139033 https://doi.org/10.1201/9781032684994 https://doi.org/10.1109/SmartIndustryCon57312.2023.10110801 https://doi.org/10.1007/978-3-031-36115-9_44 https://doi.org/10.1109/RusAutoCon58002.2023.10272756 https://doi.org/10.1063/5.0074018 |
|
![]() |
Sozzad Hossain https://www.professorsazzad.com +99890-446-99-77 Kompyuter fanlari va injiniringi bo’yicha falsafa doktori, professor. 2009-yilda AQSH ning Portland davlat universitetida “Kvant sxemalar uchun klassik va kvant qidirish algoritmlari va Kvant Orakullarini optimallashtirish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasida ishlab kelmoqda. Sozzad Hossain muallifligida 3 o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq maqola va tezislar chop qilingan. Sozzad Hossain rahbarligida 50 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlari, 1doktorlik dissertatsiyalariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan. 10 dan ortiq maqolasi Scopus bazalarida indekslangan jurnallarda e’lon qilingan. Sozzad Hossain ilmiy ishlarining elektron manzili: https://www.amazon.com/Fourth-Industrial-Revolution-Beyond-Proceedings/dp/9811980314 https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57221034456 |
![]() |
IZHAR UDDIN izharuddin1@jmi.ac.in; izharuddin.rm@gmail.com Professor Izhar Uddin kompyuter fanlari va injiniringi bo‘yicha falsafa doktori. 2009-yilda AQShning Portland davlat universitetida “Kvant sxemalar uchun klassik va kvant qidirish algoritmlari va Kvant Orakullarini optimallashtirish” mavzusida Kompyuter injiniringi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Izhar Uddin muallifligida 8 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola va tezislar chop qilingan. Izhar Uddin 20 dan ortiq bitiruv malakaviy ishi, 1 ta doktorlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan. Izhar Uddin ilmiy faoliyati davomida 10 ta Scopus bazalarida indekslangan maqola e’lon qilgan. Izhar Uddin ilmiy ishlarining elektron manzili: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=56149870100 https://link.springer.com/article/10.1007/s40314-024-02933-x https://scholar.google.com/citations?user=ImVs1PcAAAAJ&hl=ru&oi=sra |
|
Kurbanova Shaxnoza Mavlyanovna 2018-yildan Samarqand davlat universiteti kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasida assistent lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shaxnoza Kurbanova faoliyati davomida Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 2, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarida 8 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 10 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://bit.ly/46Fs4y3 |
|
|
Xafizova Shahnoza G’ulomovna 2023- yildan boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasida o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo’nalishida tadqiqot olib boradi. 10 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan. |
|
|
Tojiyev Ma’ruf Ruzikulovich Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2024-yilda “Videotasvirda maydonlar yaxlitligi buzilishi va yorug‘lik intensivligi o‘zgarishi asosida xavf-xatarlarni aniqlash” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. 40 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/citations?user=wVe8cgsAAAAJ&hl=ru https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57967217000 |
|
|
Sattorov Quvondiq Mavlonovich sattarovquvondiq@samdu.uz, quvondiqsattarov87@gmail.com 2022-yildan kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Quvondiq Sattorov ilmiy sohada bo’lakli uzluksiz differensial tenglamalar yechimlari va ta’limda axborot texnologiyalarini tadbiq etish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot olib boradi. Faoliyati davomida 2 xalqaro jurnallarda maqola va tezislar e’lon qilgan. |
|
|
|
Parmanov Bekruz Zokir o’g’li 2024-yildan Boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bekruz Parmanov ilmiy sohada “Tibbiyotda spektrofotometr ma’lumotlarini intellektual tahlil qilish uchun maxsus matematik model va algoritmlar ishlab chiqish” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Bekruz Parmanov faoliyati davomida 1-ta o’quv qo’llanma, 1-uslubiy qo’llanma 3-ta xorijiy va 1-ta respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=VYK6km0AAAAJ |
![]() |
Esanov Otabek Olimjon o‘g‘li 2025-yildan buyon Samarqand davlat universiteti boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Otabek Esanov ilmiy faoliyatini sun’iy intellekt yo‘nalishida olib bormoqda. U “Video ma’lumotlarni xulosalash algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Faoliyati davomida 20 dan ortiq respublika va xalqaro jurnallarda maqola va tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 7 ta EHM uchun dasturiy ta’minot guvohnomalarining muallifidir. 2024-yilda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. |
|
|
“Boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi” kafedrasi
“Kafedra” Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti tarkibida faoliyat yuritadi. Kafedra bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi asosiy fanlar va mavzularni o‘qitadi: Axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik asoslari, kriptografiya usullari, Mashinali ta’limda optimallashtirish metodlari, kompyuterni tashkil etish, o‘rnatilgan tizimlar, bulutli hisoblash, informatika o‘qitish metodikasi, dasturlash asoslari, tizimli tahlil va model qurish, o‘yinlar nazariyasi, kriptografiya usullari va boshqalar. Magistratura uchun ixtisoslashgan fanlar — Axborotlarni izlash va ajratib olish, Innovatsiya va loyihalarni boshqarish, Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish, Kompyuter kriminalistikasi, Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash, Kompyuter xavfsizligining nazariy asoslari, Kiberxavfsizlikda mashinali o’qitish usullari, Elektron tijorat xavfsizligi, Axborot xavfsizligining algoritmik va avtomat modellari, Kirishga ruxsatni nazorat qilishning biometrik texnologiyalari va h.k. |
![]() |
Ilmiy yo‘nalishlar va tadqiqotlar. Kafedra ilmiy faoliyatida quyidagi yo‘nalishlar ajralib turadi: Ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlov berish, murakkab fraktal tuzilmali tibbiy tasvirlarni raqamli ishlash usullari, ta’lim jarayonini boshqarish va o‘quv-metodik tizimlarni ishlab chiqish, mashinaviy o‘qitishda optimallashtirish muammolari, maxsus kriptografik usullar va algoritmlarni ishlab chiqish kabi sohalarda tadqiqotlar olib borilmoqda. |
|
|
Nashrlar, o‘quv-uslubiy ishlar va yutuqlar. Kafedra a’zolari tomonidan o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy materiallar va Scopus/Web of Science indeksidagi maqolalar nashr etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro konferensiyalar va ilmiy jurnallarda faol qatnashadi hamda talabalarga ilmiy ishlar bo‘yicha rahbarlik qiladilar. Nurmamatov M.Q. “Bandlik munosabatlarini modellashtirishning usul va algoritmlari”. Monografiya. 2025 yil. 100 b. |
![]() |
Amaliyot, hamkorlik va kasbiy istiqbol. Kafedra tayyorlagan mutaxassislar: axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik mutaxassisi, kriptografiya bo‘yicha mutaxassis, tizim tahlilchisi, dasturiy taminot injeneri, shuningdek ta’lim muassasalarida o‘qituvchi yoki ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Kafedra sanoat va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, talabalarni amaliyot joylari 1. Viloyat MMTBga qarashli umumtalim maktablari; 2. SamSOFTLINE; 3. Cyber AREA; 4. Samarkand Antep Gilam; bilan ta’minlangan. Dunyonong Top1000 oliy ta’lim muassasalari bilan faol ilmiy hamkorliklar yo’lga qo’yilgan. 1. Malayziyaning Terengganu 2.University Utara Malaysia 3.Jamia Millia Islamia hindiston. 2024-2025 o’quv yilida 32 ta video mashg‘ulotlar to’plami yaratildi va yotube tarmog’iga joylashtirildi. Informatikaning nazariy asoslari fani: https://www.youtube.com/watch?v=BKonxzeOlZI&list=PL9f4up6wUzlAocKdcoUe9zJWoK_u6S9QT&index=3 Hisob fanidan: https://www.youtube.com/watch?v=2PDlXIoAP1Y&list=PL9f4up6wUzlCn3AQnPm3kGH0AGrH_M_-c&index=2 Informatika va matematikani o’qitish metodikasi: https://www.youtube.com/watch?v=WmC4OfRdyp0&list=PL9f4up6wUzlDoahSmJg3NPD3BiNZHVrDC&index=1 |
Kafedra hayotidan fotolavhalar











