Samarqand davlat universiteti Agrobitexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti 

Agroekotizimlarni boshqarish kafedrasi mudiri

Hazratqulov Shohnazar Abdusamatovich

+998990922679 shohnazar.hazratqulov@gmail.com

Shohnazar Abdusamatovich Hazratqulov 2024-yildan buyon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti Agroekotizimlarni boshqarish kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2009-yilda "Kompostlarning karbonatli tuproqlar agrokimyoviy xossalari va makkajo‘xori hosildorligiga ta’siri" mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Germaniyaning dunyoning TOP-100 oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan Berlin Humboldt universiteti doktoranturasida tahsil olgan. Hozirda "Treatment of Biowaste and Green Waste for Use as Soil Conditioner and Fertilizer in Agriculture" mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Bugungi kunga qadar Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida indekslanuvchi Q1 toifasidagi nufuzli jurnallarda 3 ta ilmiy maqola hamda 1 ta darslik muallifi hisoblanadi.

https://doi.org/10.3390/agronomy15102296

https://doi.org/10.3390/soilsystems9040117

https://doi.org/10.3390/soilsystems8040109

 

Agroekotizimlarni boshqarish kafedrasi a’zolari

 

Xolikulov Shodi Turduqulovich

+998902717792  kholikulov48@mail.ru.

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 1977-yilda “Mulchalashning tuproq xossalari va go’za hosildorligiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1996-yilda "Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi sug‘oriladigan tuproqlarning xossa va rejimlarini mulchalash va kompost qo‘llash orqali maqbullashtirishning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Olim tuproqshunoslik, agrokimyo, ekologiya va atrof-muhit yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga rahbarlik qiladi.

Professor Shodi Xoliqulov Butunjahon tuproqshunoslar jamiyatning X va XX xalqaro kongresslarida ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. AQSH dagi Xalqaro Kimyogarlar assosiatsiyasi, Ogayo shtati universiteti “Qishloq xo‘jaligining global isishga ta’sirini o‘rganish” xalqaro jamiyatining a’zosi hisoblanadi.

Olim “O‘zbekiston zamini”,  “O‘zbekiston geogarafiya jamiyati axborotnomasi”, “SamDU Axborotnomasi” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Shodi Xoliqulov 10 darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 7 monografiya, 30 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va 320 dan ortiq maqolalar muallifi.

Olimning Scopus va Web of Science bazasida 10 ga yaqin maqolalar  chop etilgan.

https://doi.org/10.12911/22998993/141365;

https://elibrary.ru/item.asp?id=43283537:

htps://doi.org/10.12912/27197050/175137

https://doi.org/10.1051/bioconf/202414901059

Ortiqov To‘lqin Qo‘chqorovich

ortikovt@mail.ru.

 

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.  1991- yilda "Nitrifikasiya ingibitorlari qo‘llanilganda bo‘z tuproqlar mikrobiologik faolligi va Vertisillium dahliae Kleb fitopatogen zamburug‘ining axloqi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Zarafshon vodiysi tuproqlari gumus va mikrobiologik holatini tabiiy va antropogen omillarga bog‘liqligi” mavzusida doktorlik ishini olib bormoqda.

2 monografiya, 7 darslik, 15 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, 370 ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 6 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalalar e’lon qilgan. 

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458704001

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458704015

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458704010

https://doi.org/10.1007/978-3-031-70673-8_31

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346202017

 

Toshkenboyev Otabek Negmatovich

beka_maft@mail.ru

 

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2003-yilda “Zarafshon vohasining tuproqlarining agrokimyoviy ko‘rsatgichlariga antropogen omillarning ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya  qilgan.

1 ta darslik, 2 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 4 maqolasi e’lon qilingan.

https://scholarzest.com/index.php/ejare/article/view/2299

https://web.archive.org/web/20221006053445id_

http://www.eurasian-scientific-editions.org/food_forum_0.pdf#page=33

https://cyberleninka.ru/article/n/zarafshon-vodiysi-tuproqlari-gumus-sifat-tarkibiga-turli-omillarning-ta-siri

Pardayev Sindor Berdiyorovich

pardaev78@mail.ru

 

Kafedra assistenti. Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Shahar qattiq maishiy chiqindilardan tayyorlangan kompostlarning tuproq xossalari va hosildorligiga ta’siri” mavzusida tadqiqot olib boradi. Mahalliy va xorijiy jurnal va ilmiy to‘plamlarda 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop qilgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. 

link

G’oziyev Toshniyoz Chuliboyevich

gozievt@gmail.com

 

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsenti. Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2006-yilda “Zarafshon vohasi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari xossalari va tamaki hosildorligiga poliyetilen plyonka bilan mulchalashning ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma, 4 dan ziyod uslubiy qo‘llanmalar va 60 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.

(Reviewers https: //www. hrpub. org/journals/jour_reviewers.php?id=04)

 

Bobobekov Isomiddin Nuriddinovich

isomiddin1977@mail.ru.

 

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat univeriteti tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2006-yilda “Texnogen ifloslangan tipik bo‘z tuproqlar tarkibidagi og‘ir metallar miqdorini kamaytirishga organik va mineral o‘g‘itlarning ta’siri (Samarqand kimyo kombinati atrofi tuproqlari misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1 daslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar hamda 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalalar e’lon qilgan. 

https://doi.org/10.12911/22998993/141365;

link

https://doi.org/10.1051/bioconf/202414901059

Yoqubov Shahboz Mirzoqulovich

Shahbozyoqub@gmail.com

+998999692593

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2023-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Bioko‘mirning o‘tloqi bo‘z tuproqlar unumdorligining o‘zgarishi hamda makkajo‘xori hosildorligiga ta’siri” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.  3 uslubiy qo’llanmamuallifi. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

Xolmatova Dilfuza Tahirovna

dilfuza_x@mail.ru.

 

Kafedra assistenti. Samarqand davlat universiteti tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida 4 ilmiy maqola va 5 tezis chop qilgan.

 

Radjabova Shaxlo Aliyevna

Shaxlorajabova8@gmail.com

+998932965566

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2022-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

Mo‘minov Faxriddin Qahramonovich

Faxriddinmomin5@gmail.com   

+998901934351

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2022-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

 

 

Miyzamov Dostonbek Jo‘rabek o‘g‘li

Dostonbekmiyzamov@gmail.com

+998885222550

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2023-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Kuzgi bug‘doyi turli o‘suv fazalarida oziqa moddalari nisbati va o‘g‘itlash mavzusi”da tadqiqot olib borilmoqda. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

 

Baxriddinov Ozod Ulug‘bek o’gli

Ozodbaxriddinov@gmail.com

+998936112260

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2024-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

Sunnat Javliyev

Sunnat@gmail.com  

+998995900448

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2024-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

 

 

Axmedov Mexroj Saydolimovich

Mexrojaxmedov3@gmail.com  

+998500727689

Samarqand davlat universiteti agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida 2022-yildan buyon o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xalqaro va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 

Agroekotizimlarni boshqarish kafedrasi  haqida

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Samarqand davlat universiteti tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti tashkil etildi. Shu bilan birga institut tarkibida “Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish” kafedrasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va u 2026-yil iyun oyiga qadar ushbu nom bilan faoliyat yuritdi.

2026-yil iyun oyidan boshlab “Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish” hamda “Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar” kafedralari negizida “Agroekotizimlarni boshqarish” kafedrasi tashkil etildi.

Bugungi kunda kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda:
60810700 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
60811000 – O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
70810702 – Agrokimyo magistratura mutaxassisligi;
70811001 – O‘simliklar himoyasi (usullar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi.
Hozirgi kunda “Agroekotizimlarni boshqarish” kafedrasida asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning tarkibida 3 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsent hamda 7 nafar assistent mavjud. Shuningdek, kafedrada o‘rindoshlik asosida yana 12 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim va ilmiy faoliyatni amalga oshirmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, o‘simliklarni himoya qilish, ekologik barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida faol ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar.