Samarqand davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Dongguk universiteti rektori Young Woo Je boshchiligidagi delegatsiya tashif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Koreys xalq tabobati ta’lim yo‘nalishini ochish hamda malakali kadrlar tayyorlash, Buyuk Ipak yo‘li tarixi mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish xususida fikrlashildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Muloqotdan so'ng mehmonlar SamDU arxeologiya muzeyini ko'zdan kechirishdi.