2026-yil 18-iyun kuni oliy ta’lim sohasida dunyoning eng nufuzli uch reyting agentliklaridan biri bo‘lgan QS xalqaro reyting agentligi QS World University Rankings 2027-natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti 2025-yilda bo‘lgani kabi 1001-1200 o‘rinlarda e’tirof etildi.

    Samarqand davlat universiteti bu yilgi reytingda bir nechta muhim indikatorlarda ijobiy natijalarni qayd etdi:

    Professor-o‘qituvchilar va talabalar soni nisbati (Faculty Student Ratio): universitet ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 484-o‘rinni qayd etdi. Ish beruvchilar orasidagi obro‘ (Employer reputation): bu yo‘nalishda universitet 590-o‘rinni egalladi. Akademik obro‘ (Academic reputation) ko‘rsatgichida 612-o‘rinni egalladi. Xalqaro professor-o‘qituvchilar soni (International faculty ratio) ko‘rsatgichida 646-o‘rin qo‘lga kiritildi.

    Ma’lumot uchun QS World University Rankings 2027-da ishtirok etish uchun dunyoning 106-mamlakatidan 8808-oliy ta’lim muassasalari ariza bergan bo‘lib, shundan, 1504 tasi reytingga kiritilgan. Shu jumladan, O‘zbekistondan 6 universitet mazkur reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Reytinglarni hisoblashda Scopus bazasida indekslangan 21 milliondan ortiq maqolalar va ularga berilgan 222 millionga yaqin iqtiboslar tahlil qilingan. Reyting agentligi o‘tkazgan so‘rovnomalarda 1.6 million akademik soha ekspertlari va 600 mingdan ortiq ish beruvchilar qatnashgan.

https://www.topuniversities.com/world-university-rankings?region=Asia&countries=uz