Samarqand davlat universitetining sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakultetiga Nobel mukofoti laureati, kvant fizikasi sohasining yetakchi olimlaridan biri Serj Aroshe tashrif buyurdi.

    Serj Aroshe fakultetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalar imkoniyatlari hamda yosh olimlar olib borayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmonga tadqiqotchilar amalga oshirayotgan loyihalarning amaliy ahamiyati va kelgusidagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Suhbat davomida sun’iy intellekt texnologiyalari va kvant fizikasining ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Shuningdek, Serge Haroche biokimyo institutining yangi binolari, ilmiy laboratoriyalari va tadqiqot markazlarini ko‘zdan kechirdi, zoologiya muzeyi va oranjereyada bo‘ldi.

    Nobel mukofoti laureati Serge Haroche mavjud ilmiy muhitni yuqori baholab, bunday tashriflar ilmiy aloqalarni mustahkamlash va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

    Tashrif yakunida istiqbolda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha samarali takliflar ilgari surildi.