Ilmiy seminar Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti olimlari hamkorligida tashkil etildi. Anjumanni SamDU Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori, dotsent Rohila Ruzmanova kirish so'z bilan ochdi.

Tadbirda Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti professorlari Bulent Bayram, dotsentlar Jemalettin Yavuz, Merve Yorulmaz Kahve, Og'uz Alparslan Chatal, Burak So’zer, Nasiba Junayevalar va SamDU olimlari PhD Emrah Yilmaz, katta ilmiy xodim Rahmatulloh Shokirovlar ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Seminar davomida turkiyalik mutaxassislar Scopus ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilish bo’yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.