Normurod Fayzullayev - Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor. 1998-yilda “Metanni geterogen-katalitik oksidlash va spirtlarni sianlash” mavzusida nomzodlik, 2016-yilda “Metandan olingan mahsulotlarning texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    10 darslik, 12 o‘quv qo‘llanma, 10 monografiya, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 2 patent muallifi.

    400 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, 70 maqolasi Scopus bazasidagi va 20 ga yaqin maqolasi Web of Science bazalariga kiruvchi jurnallarda nashr etilgan. Hirsh indeksi 17.  

    Bir amaliy davlat granti va 2 hamkorlik shartnomasi ilmiy rahbari.

    Professor Normurot Fayzullayev rahbarligida hozirga qadar 7 magistrlik va 11 ta texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.