SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti mutassadilari tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy ekspeditsiyaga Vengriyaning Botanika va ekologiya instituti professorlari Balazs Deak, Orsolya Deak-Valko, Andras Kelemen, Reka Kiss, Katalin Lukacs hamda Szeged universiteti olimlari Csaba Tolgyesi va Zoltan Batorlar taklif etildi. 

    Qizilqum yaylovlarida vengriyalik olimlar bilan o’tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur ilk ilmiy ekpeditsiyada xorijlik olimlardan tashqari universitet professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishi ko’zda tutilmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari SamDU va vengriyalik hamkor olimlar bilan birgalikda Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan grantlar tayyorlash va uni qo'lga kiritish rejalashtirilgan.  Shuningdek, olingan natijalar asosida SamDU talabalari uchun mahorat darslari tashkil etiladi.  

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.