Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi professori Yekaterina Fedosenko Rossiyada o’tkazilgan “Raqamli ta’lim muhitida ta’lim va murabbiylik” xalqaro konferensiyada “Maktab ta’limida raqamli texnologiyalar to‘g‘risida” ma’ruzasi bilan qatnashdi. Mazkur anjuman O’sh davlat universiteti, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Moskva psixoanaliz instituti va Moskva davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan.
    Konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami tayyorlanmoqda.