Samarqand davlat universitetida “Hindiston universitetlari haftaligi” tadbirlari doirasida “Hindiston va O‘zbekistonning tarixiy aloqalari (“Buyuk ipak yo’li” misolida)” mavzusidagi seminar o’tkazildi.

    Tadbirda Samarqand davlat universitetida faoliyat olib borayotgan hindistonlik professor-o’qituvchilar, Hindistonda malaka oshirib, stajirovkada bo’lgan olimlar taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Jumladan, ingliz tili kafedrasi mudiri, professor Ravinder Gargesh “O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi aloqalar” nomli ma’ruzasida, ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalarning o’rnatilishi, tarixiy ildizlari haqida ma’ruza qildi. Boburiylar sulolasining Hindiston tarixidagi o’rni va o’zbek tilining hind tiliga ta’siri, o’zbek tilidan hind tiliga o’zlashgan so’zlar haqida alohida to’xtaldi.  

    Shuningdek, SamDU dotsentlari Mavlon Boboxonov, Kamila Mahkamova  va Fazilat Sattorovalar Hindistonning EFLU nomi bilan tanilgan ingliz va chet tillari universitetida malaka oshirgan bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

    Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldishdi.  

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.