Samarqand davlat universitetiga Oltoy davlat universiteti professorlari Ponkina Yelena va Vera Juravlevalar tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida ilmiy va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir.
Shuningdek, SamDU professor-o’qituvchi va talabalariga “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va iqlim o‘zgarishiga moslashish omillarini o‘rganish uslublari va modellari” mavzusida seminar o’tdi.
Delegatsiya a’zolari ikkala universitet o’rtasida professor-o’qituvchi, talaba va tadqiqotchilar almashinuvi bo’yicha muzokaralar olib bordi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.