Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti 8 bakalavriat yo’nalishida mutaxassislarni tayyorlab, 2+2 ta’lim dasturi bo’yicha Rossiya, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

    Ushbu fakultetning maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi talabalar o’qishini Janubiy Koreyaning Soon Chun Hyang universitetida davom ettiradi.  

    - Ikki yil SamDU xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida tahsil oldim, - deydi talaba Rustam Lapasov. – Endilikda qolgan ikki yilini Koreyaning Soon Chun Hyang universitetida davom ettiramiz. Talabga binoan o’qishimizni davom ettirish uchun chet tili va koreys tilini bilish darajasi tekshirildi. Shuningdek, koreyalik mutaxassislar bilan suhbatlashib, imtihondan o’tishga to’g’ri keldi. Nasib qilsa, ikki yildan so’ng o’qishimni yakunlab, yetuk mutaxassis bo’lishimga ishonaman. Barchaga omad!

    - Bolaligimdan chet elda o’qish orzusi bor edi. Ushbu niyatim amalga oshish arafasida, - deydi talaba Marjona Eshboyeva. – Ikki yil davomida kores tilini mukammal o’rganib, xalqaro sertifikatga ega bo’ldim. Bu yerda olgan bilimlarimni Koreyada yanada chuqurroq o’rganib, o’z sohamning malakali mutaxassisi bo’lib yetishmoqchiman. Bizga barcha imkoniyatni yaratib bergani uchun Samarqand davlat universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.