- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bugungi kunda dunyoning 160 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda;

    - Ayni vaqtda universitet talabalariga 70 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar dars o‘tmoqda.

    Xususan, AQSH, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Isroil kabi davlatlarning yetakchi universitetlari bilan birgalikda bakalavriat talabalari uchun 8 yo‘nalishda, magistratura bosqichi talabalari uchun 10 yo‘nalishda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan bo‘lib, mazkur talabalar ikki universitet diplomlariga ega bo‘lishadi.