2026-yilning 27-oktabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining “Biotexnologiya va o‘simliklar genomikasi” kafedrasi PhD assistenti, Xalilova Sevara Abdumannobovnaning Biotexnologiya yo‘nalishi 301-guruh talabalariga “O‘simliklar to‘qima muhandisligi” fanidan “Eksplant tanlash, sterilizatsiya qilish, va in vitro kulturaga kiritish usullari” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tadi.

Dars Biokimyo instituti binosi GB-3 xonasida, soat 10:30 da o‘tkaziladi. Ochiq darsga barcha professor o‘qituvchilar va qiziquvchilarni taklif etamiz.