Yaponiya hukumati hamda xalqaro hamkor tashkilotlar, jumladan UNESCO va Birlashgan Millatlar Universiteti (Tokio) hamkorligida 2026-yil uchun “Barqaror rivojlanish ta’limi uchun Okayama mukofoti” xalqaro tanloviga arizalar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz.

    Mazkur nufuzli mukofot barqaror rivojlanish uchun ta’lim (BRT) yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ilg‘or va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan. Tanlov doirasida quyidagi yo‘nalishlardagi tashabbuslar e’tirof etiladi:

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • madaniy merosni asrash;
  • jamiyatni rivojlantirish;
  • inklyuzivlik va teng imkoniyatlarni ta’minlash.

    Tanlov shartlari:

  • Ishtirokchilar faqat tashkilotlar bo‘lishi mumkin (jismoniy shaxslar emas);
  • Taqdim etilayotgan loyiha kamida 3 yildan buyon amalga oshirilayotgan bo‘lishi lozim (2026-yil aprel holatiga ko‘ra).

    Mukofotlar:

  • 1–2 ta loyiha g‘olib deb topiladi;
  • Har bir g‘olibga 3 000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi.

    Ariza topshirish muddati: 29-aprel 2026-yil.

    Batafsil ma’lumot va ariza topshirish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

    https://www.city.okayama.jp/kurashi/0000070653.html

Ilova1

Ilova2