YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining xabariga ko‘ra, UNESCO tomonidan xotin-qizlar ta’limi sohasidagi ilg‘or loyihalarni taqdirlash maqsadida xalqaro tanlov e’lon qilindi.

Tanlov yo‘nalishlari:

• Gender tenglikni ta’minlash;

• Inklyuziv ta’lim;

• Sifatli ta’limni rivojlantirish.

Asosiy talablar:

Taqdim etilayotgan loyihalar yuqoridagi yo‘nalishlarda kamida 2 yil davomida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan va sezilarli natijalarga erishgan bo‘lishi lozim.

Taqdim etish muddati:

Munosib nomzodlar haqidagi ma’lumotlar joriy yilning 20-apreliga qadar universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga taqdim etilishi zarur. Saralab olingan nomzodlar UNESCO National Commission orqali UNESCO online platformasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.