O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025 yil 18 iyuldagi “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi F–43-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.  

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2025/2026 o‘quv yili uchun ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti hamda grant o‘rinlariga tanlov o‘tkazish bo‘yicha muvaqqat tartibda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2024-yil 16-avgustdagi 72-4-son bayoniga muvofiq o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun ajratilgan davlat granti (kunduzgi ta’lim shakli uchun) ga qabul e’lon qiladi.

    Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud buvisi:
Etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi.
Xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi.
30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi.
O‘zbek tilini yaxshi bilishi shart.
 Arizalar 2025-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi. 

    Samarqand davlat universiteti qabul komissiyasi.