Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi
Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi mudiri
Ulug‘bek Uktamovich To‘xtayev
ulugbekuktamovich89@gmail.com
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2013-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.
2024-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01 raqamli Ilmiy kengashda 01.04.01 – “Eksperimental fizikaning asboblari va usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Samarqand va Navoiy viloyatlarining bir qator hududlaridagi suv havzalarining radiatsion monitoringi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
2021–2025-o‘quv yillari davomida jami 50 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etilgan bo‘lib, shulardan 10 ga yaqini Scopus bazasida indekslanuvchi jurnallarda nashr etilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 10 dan ortiq o‘quv adabiyotlari nashr qilingan.
Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi a’zolari
|
Guljahon Axmedova Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor. 2016-yildan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1981-yilda «Исследование радиоактивности объектов окружающей среды методом полупроводникового гамма спектрометрии» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Guljahon Axmedova muallifligida hozirgi kunga qadar jami 170 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 15 o‘quv adabiyotlar, 2 monografiya, 1 darslik, 7 o‘quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma va 3 ma’ruzalar matni chop etilgan. 30 dan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilingan. |
|
![]() |
Eshbo‘riyev Rashid Majidovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1985-1988-yillarda T.Shevchenko nomidagi Kiyev davlat universitetida aspiranturani o‘tagan. 1989-yilda O‘zFA Issiqliklar fizikasi institutida “Колебательная спектроскопия молекул-зондов в водномицеллярных и инертных растворителях” mavzusida fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan. Rashid Eshbo‘riyev hozirgi kunga qadar 120 ga yaqin ilmiy va uslubiy maqolalar muallifidir. Jumladan, 21 ilmiy maqolalar, 40 ilmiy konferensiya (18 xalqaro konferensiya) materiallari e’lon qilingan. Uning muallifligida fanlarga va laboratoriyalarga tegishli 30 dan ortiq uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar (6 o‘quv qo‘llanma) chop etilgan. 2017-2022-yillar mobaynida yadro fizikasi, yadro texnologiyalari va yadro energetikasi, amaliy yadro fizikasi kabi 25 fanda o‘quv-uslubiy majmualar hamda 30 ga yaqin fanlardan o‘quv va ishchi-o‘quv dasturlari yaratgan. Keyingi 3 yil ichida fizika yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun Respublikada birinchi marta “Fizikaviy ekologiya asoslari” fanidan dars mashg’ulotlarini o‘tkazmoqda va bu fandan 2022-yilda 2 qismli o‘quv-uslubiy va o‘quv qo‘llanma chop etgan. https://assets.uzsci.uz/edition/file/5def3869b986a.pdf#page=75 https://www.samdu.uz/public/images/ilmiyjurnal/MVBvHl4z4F_ilmiy_jurnal.pdf#page=81 https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:aca&volume=11&issue=2&article=147 http://new.samdu.uz/images/ilmiyjurnal/MI3jFOGgQW_ilmiy_jurnal.pdf file:///C:/Users/Lenovo/Downloads/Telegram%20Desktop/5-son%20aniq-2021.pdf |
![]() |
Mumin Kodirovich Qodirov Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori. 2024-yildan boshlab mazkur kafedrada faoliyat yuritib kelmoqda. Mumin Qodirov 1990-yilda nomzodlik dissertatsiyasini (Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk shahridagi L.V. Kirenskiy nomidagi Fizika instituti huzuridagi Ilmiy kengashda), 2009-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi instituti va Samarqand davlat universiteti huzuridagi birlashgan Ilmiy kengashda) muvaffaqiyatli himoya qilgan. Bugungi kunga qadar Mumin Qodirovning yakka mualliflikda va hammualliflikda 200 ga yaqin ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlari chop etilgan. Shulardan 30 dan ortig‘i xalqaro nufuzli jurnallarda nashr qilingan. Mazkur ishlarga 590 ga yaqin iqtiboslar berilgan bo‘lib, olimning Xirsh indeksi 11 ga teng. Uning muallifligida 1 ta mualliflik guvohnomasi olingan, 3 ta monografiya va 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan. |
![]() |
Hakimov Dilshod Abduxolimovich Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), assistent. 2018-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020–2023-yillarda Belarus Milliy fanlar akademiyasining “Birlashtirilgan energetika va yadroviy tadqiqotlar instituti – Sosni” davlat ilmiy muassasasida (Gosudarstvennoye nauchnoye uchrejdeniye “Obyedinennyy institut energetiki i yadernykh issledovaniy — Sosny” Natsionalnoy akademii nauk Belarusi) aspiranturada tahsil olgan. 2023-yilda mazkur institutda “Belarus AES ta’sir zonasi va O‘zbekiston hududidagi uran chiqindi omborlari joylashgan tumanlarda atrof-muhit obyektlarida radon miqdorini o‘rganish hamda suv obyektlarida 222-Rn ni ekspress aniqlash metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Hozirgi kunga qadar Hakimov Dilshod Abduxolimovich tomonidan 40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Jumladan, 25 ta ilmiy maqola hamda 15 ta ilmiy konferensiya materiallari, shundan 10 tasi xalqaro konferensiyalar materiallari hisoblanadi.
|
|
Hasanov Xolmurod Hasanovich Texnika fanlari doktori, professor. 2017-yildan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2017-yilga qadar Moskva davlat universitetida faoliyat yuritgan. 1991-yilda “Использование энергии сверхзвукого потока для обработки биополемиров” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Xolmurod Hasanov 15 dan ortiq xorijiy jurnallardagi maqolalar muallifidir. |
|
|
Himmatov Islombek Fazliddin o‘g‘li Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti. 2026-yildan boshlab mazkur kafedrada faoliyat yuritib kelmoqda. Moskva milliy yadro tadqiqotlar universitetida “Gamma-spektrometrik kompleks yordamida issiqlik neytronlari bilan nurlantirilganda bor saqlovchi nishonlarda yutilgan dozani aniqlash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borgan. Himmatov Islombek muallifligida jami 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 8 ta ilmiy maqolasi OAK ro‘yxatidagi, shuningdek Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan. https://doi.org/10.3103/S1068335625602511 |
|
|
Jo‘rayev Bolqinjon Shuxratovich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti. 2026-yildan boshlab mazkur kafedrada faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida “Delta Scuti yulduzlarini kuzatish va tahlil qilish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borgan. Jo‘rayev Bolqinjon muallifligida jami 10 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 6 ta ilmiy maqolasi OAK ro‘yxatidagi, shuningdek Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan. https://doi.org/10.17184/eac.9789 |
|
|
Mamatqulov Orifjon Bahromovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2018-yildan yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mamatqulov Orifjon 2002-yilda “Гамма-спектрометрическое исследование запасов и миграции Cs-137 в почвах некоторых территорий Узбекистана” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Orifjon Mamatqulov faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va 100 dan ortiq ilmiy maqolalari mavjud. https://philarchive.org/archive/BAHROM-2 https://philarchive.org/rec/MAMVOR https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:44129251 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:41090833 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:40106937 |
|
![]() |
Chernyaev Aleksandr Petrovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Moskva davlat universiteti fizika fakulteti tezlatkichlar fizikasi va radiatsion tibbiyot kafedrasi mudiri. Bir vaqtning o‘zida Moskva davlat universiteti Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot instituti “Nurlanish texnologiyalari va tibbiot fizikasi” laboratoriyasi mudiri. Rossiya “Tibbiy fiziklar” jamiyati prezidenti. 2006-2016-yillarda Moskva davlat universiteti prorektori lavozimida ishlagan. “Vatan oldidagi xizmatlari uchun II-darajali ordeni (2005-y), III darajali Abxaziya “ Shon-sharaf” ordeni (2017-y),2018-yilda Potanin fondi g‘olibi, 2020-yilda “Pedagogik faoliyati uchun” I-darajali Lomonosov mukofoti laureati sohibi bo‘lgan. A.P. Chernyaev tezlatkichlar texnologiyasi, tibbiyot fizikasi va ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi hamda yadro tibbiyoti sohasida dunyoda yetakchi mutaxassislardan biri. Olim 60 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar muallifi. Nufuzli jurnallarda 300 dan ortiq maqolalari chop qilingan, hirsh-indexi 10. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=9233062300 https://scholar.google.com/scholar?start=20&q=Chernyaev,+A.P.&hl=ru&as_sdt=0,5 https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39194180/ https://link.springer.com/article/10.1134/S1063779623040081 http://link.springer.com/article/10.1134/s0021894418030161 https://link.springer.com/article/10.3103/S106287382004022X https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168583X20301828 https://aapm.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/acm2.14491 https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168583X20301828?via%3Dihub |
![]() |
Artikov Akram Muzaffarovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2010-yilda O‘zFA yadro fizikasi institutida fizika-matematika fanlari doktorligi dissertatsiyasini himoya qilgan.Hozirda Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining (Dubna, Moskva) yadro muammolari laboratoriyasi mudiri. Olim 2006-va 2020-yillarda “Разработка и создание сцинтилляционного детектора мюонов установки СДF-2 для опытов по физике тяжелых кварков на ТЭВатроне FNAL”mavzusida yaratgan ditektorlari uchun Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining ikki mukofotini qo‘lga kiritgan. 150 dan ortiq maqolalari chop etilgan, hirsh-index 79. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=35226939900 https://doi.org/10.1016/j.nima.2024.169436 https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168900224003620?via%3Dihub |
![]() |
Safarov Akmal Asqarovich Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2019-yildan kafedrada o‘z faoliyatini boshlagan. Akmal Safarov 2021-yilda “Исследование низких активностей объектов природной среды. Новый подход в гамма спектроскопии” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Akmal Safarov faoliyati davomida 33 ga yaqin ilmiy maqolalar va 32 ga yaqin xalqaro va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr ettirgan. Bundan tashqari u 1 uslubiy qo‘llanma muallifi va 4 xalqaro loyihalar rahbari. https://doi.org/10.1515/reveh-2022-0107 https://doi.org/10.1016/j.nimb.2022.06.002 https://doi.org/10.1016/j.radphyschem.2021.109651 https://doi.org/10.1016/j.nimb.2021.05.020 |
|
Mirtoshev Zavqiddin Davronovich z-mirtoshev@samdu.uz; zmirtoshev@gmail.com Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2011-2019 yillarda Astrofizika kafedrasida va 2019-yildan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Koronal massa tashlanmalari: ularning quyosh sikli davridagi variatsiyasi va kosmik ob-havoga ta’siri” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Zavqiddin Mirtoshev ilmiy va pedagogik faoliyati davomida jami 32 dan ziyod ilmiy maqolalar va tezislar chop qilgan. Shulardan 8 tasi xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida, qolganlari xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida chop qilingan. https://doi.org/10.1093/mnras/stz1001 https://doi.org/10.1017/S1743921318001588 https://doi.org/10.1017/S1743921317010857 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:44129101 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:50065821 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:44129102 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:45115305 https://academic.oup.com/mnras/article/486/4/4671/5476503 https://doi.org/10.1017/S1743921318003642 https://doi.org/10.1017/S1743921317010857 https://www.elibrary.ru/item.asp?id=26321160 |
|
![]() |
Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi Samarqand davlat universiteti (SamDU) bilan tengdosh, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki uning tashkil etilishi O‘zbekistonimizdagi fan va maorif darg‘alaridan biri — taniqli professor Muso Muminovich Muminovning ilmiy-pedagogik hamda tashkilotchilik faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Urush boshlanganligi tufayli hukumat qaroriga binoan 1941-yilning oxirlarida SamDU vaqtincha O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) bilan birlashtirildi. Sobiq Ittifoq Xalq Komissarlari Sovetining 1944-yil 5-fevraldagi qaroriga muvofiq universitet qayta tiklandi. Universitetga rektor etib mohir tashkilotchi Muso Muminov tayinlandi. M. M. Muminovning tashabbuskorligi va tashkilotchiligi tufayli universitetning moddiy-o‘quv bazasi qisqa muddatda tiklandi. 1944-yilning o‘zida universitetda 23 ta kafedra faoliyat boshladi. Ushbu kafedralardan biri fizika-matematika fakulteti tarkibidagi Umumiy fizika kafedrasi (hozirgi Yadro fizikasi kafedrasi) edi. Muso Muminov universitetga rektorlik qilish bilan bir vaqtda Umumiy fizika kafedrasi mudiri vazifasini ham bajargan.
|
![]() |
O‘quv jarayonining tashkil etilishi Kafedraning professor-o‘qituvchilari 1944–1969-yillarda universitetning fizika-matematika, kimyo, biologiya, geografiya va muhandis-texnika fakultetlari talabalariga umumiy fizikaning mexanika, molekulyar fizika va elektr bo‘limlaridan ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va laboratoriya darslarini o‘tardilar. Fizika bo‘limi talabalarining kurs va diplom ishlariga, shuningdek pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlariga rahbarlik qilinar edi. 1952-yilda Muso Muminov Umumiy fizika kafedrasida Samarqand Davlat Universitetida birinchi marta «Radioaktiv izotoplar fizikasi» bo‘yicha maxsus kurs tashkil etdi va o‘zi shu kurs bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi. Ushbu kurs doirasida zamonaviy yadroviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar tashkil etildi. 1956-yildan boshlab kafedra Radioaktiv izotoplar fizikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab bera boshladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fizika fani bo‘yicha o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlari tayyorlana boshlandi. 1951-yilda professor Muso Muminovning «Fizik tajribalar natijasidagi xatolar haqida» o‘quv qo‘llanmasi, A. Kochnev, X. Xaydarov va V. Muminovlar tomonidan «Molekulyar fizika» kursi bo‘yicha darslik, M. M. Muminov va X. X. Xaydarovlar tomonidan “Laboratoriya ishlari uchun o‘quv qo‘llanma” (1–2-qism), shuningdek M. M. Muminov, H. Haydarov va A. M. Yusupovlarning “Elektr kursi” darslik kitoblari chop etildi. |
![]() |
Toshkent Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent fizika-texnika ilmiy-tadqiqot instituti, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti (MGU), Dubna shahridagi (Rossiya) Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti (OIYAI) va boshqa bir qator ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlik aloqalari o‘rnatildi, shuningdek ilmiy shartnomalar tuzildi. Kafedra mudiri Muso Muminov kadrlar tayyorlash ishiga jiddiy e’tibor qaratdi. Yosh aspirant va stajyorlarni yirik ilmiy markazlarga yuborishni boshladi. Akademik T. M. Muminov, dotsent N. Badalov, professorlar O. Q. Quvondiqov, Sh. Xotamov, Maqsud Musayevich Muminov, S. Muxammedov va boshqa olimlar bu jarayonda faol qatnashdi. Ilmiy-tadqiqot ishlari 1961-yillardan boshlab yadro fizikasi sohasidagi ilmiy ishlar hajmi sezilarli darajada kengaydi. Kafedrada professor M. M. Muminov tomonidan “Atrof-muhit namunalarining radioaktivligini o‘rganish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu mavzuda boshlangan ilmiy ishlar 1970-yildan boshlab professor Maqsud Musayevich Muminov va Tolib Musayevich Muminovlar rahbarligida kafedraning ilmiy guruhi tomonidan Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti, Moskva shahridagi (BYATI Dubna sh.) Yadro muammolari laboratoriyasida zamonaviy yadroviy qurilmalarda davom ettirildi. |
![]() |
Shunday qilib, professor Muso Muminovich Muminov tomonidan Samarqandda Yadro fizikasi maktabi tashkil etildi. Bu maktabdan ko‘plab fan nomzodlari, fan doktorlari va yirik mutaxassislar yetishib chiqdi. Muso Muminov boshlab bergan atrof-muhit namunalarining radioekologik holatini o‘rganish mavzusidagi ilmiy ishlar yangicha mazmun kasb etib, Yadro fizikasi kafedrasi qoshidagi «Yadro fizikasi» ilmiy laboratoriyasida zamonaviy yadro qurilmalarida ustozning farzandlari hamda ko‘plab shogirdlari tomonidan muvaffaqiyat bilan davom ettirilmoqda. Samarqand Davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining Dubna shahridagi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti (BYATI) o‘rtasida tuzilgan ilmiy hamkorlik shartnomalariga asosan kafedraning aspirantlari va ilmiy tadqiqotchi-stajyorlaridan iborat ilmiy guruhi institutning Yadro muammolari laboratoriyasida (LYAP) kafedra professori (bugungi kunda O‘zR FA akademigi) T. M. Muminov rahbarligida «Qisqa yashovchi izotoplarning uyg‘ongan holatlarini gamma-gamma, vaqt va burchak korrelyatsiyalari usullarida tadqiq qilish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bora boshladi. Qisqa yashovchi izotoplar yadrolarining uyg‘ongan holatlarining yashash vaqtlarini o‘lchash uchun zamonaviy qurilmalar kompleksi yaratildi. Ushbu qurilmalar yuqori aniqlikdagi (pretsizion) o‘lchashlar o‘tkazish imkonini berdi. Yadro muammolari laboratoriyasidagi sinxrosiklotronda radioaktiv izotoplar olish va ularni laboratoriyada mavjud elektromagnit mass-separatorlarda ajratish noyob yer elementlarining neytron tanqis yadrolarida sodir bo‘ladigan o‘tishlar ehtimolini aniqlashga imkon berdi. Akademik T. M. Muminov va uning rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi 1973-yilda Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida (Dubna, OIYAI) chop etilgan “Radioaktiv izotoplarning gamma-nurlanishlari spektrlari atlasi” nomli kitobni tayyorlashda, pretsizion gamma-spektroskopiya bo‘yicha uslubiy tadqiqotlarda hamda eksperimental natijalarni EHMda qayta ishlash uchun dasturlar ishlab chiqishda faol ishtirok etdilar. |
|
Akademik T. M. Muminov 1973-yilda “Noyob yer elementlari sohasida neytron tanqis yadrolarning uyg‘ongan holatlarini tadqiq qilish” mavzusida bajarilgan ishlari uchun 1977-yilda SamDU Yadro fizikasi kafedrasi dotsenti A. B. Xoliqulov bilan birgalikda Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati bo‘ldilar. OIYAI Yadro muammolari laboratoriyasida bajarilgan ilmiy ishlar natijasida akademik T. M. Muminov rahbarligida 4 nafar tadqiqotchi — B. Alikov, U. Salixbayev, I. Xolboyev, T. Islomov doktorlik, 20 nafar tadqiqotchi — A. B. Xoliqulov, M. Malikov, F. Xamroyev, T. Xazratov, Q. Muminov, G. Axmedova, Sh. Omanov, A. Safarov, Sh. X. Xushmurodov, X. Badalov va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Birlashgan Yadro tadqiqotlari institutining Yuqori energiyalar fizikasi (LVE) laboratoriyasida professor Maqsud Musayevich Muminov rahbarligidagi kafedraning ilmiy tadqiqotchilari guruhi “Elementar zarralar xususiyatlarini, jumladan, ikkilamchi neytronlarning hosil bo‘lishini o‘rganish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Laboratoriyada yangi avlod tezlatgichlaridan hamda zarralarni qayd etishning yangi usullaridan foydalanish adronlarning shakllanish dinamikasi to‘g‘risida keng ko‘lamli eksperimental ma’lumotlar olish imkonini berdi. Deytronlarning uglerod yadrolari bilan o‘zaro ta’sirlashuvida π-mezonlar generatsiyasini o‘rganish jarayonida olingan ma’lumotlardan μ-kattalik yordamida sintez energiyasini hisoblashda foydalanish mumkin. Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasida (LVE) bajarilgan ilmiy ishlar natijalari asosida ikki nafar olim — Maqsud Musayevich Muminov va R. Bekmirzayev doktorlik, tadqiqotchilar — I. Suvanov, S. A. Sharipova, M. Sultanov, F. Ismatova, U. Sherkulov va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlar Toshkent fizika-texnika instituti olimlari bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda. |
|
|
1954–2014-yillarda Yadro fizikasi kafedrasida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” mutaxassisligi (01.04.16) bo‘yicha ko‘plab olimlar — akademiklar, professorlar, dotsentlar, taniqli pedagoglar va rahbar xodimlar tayyorlandi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari: Professorlar: Katta o‘qituvchilar: Dotsentlar: |
|
|
1944–2025-yillarda kafedraga rahbarlik qilgan mudirlar:
Kafedra bugungi kunda Hozirgi kunda kafedraga dotsent U.U. Tuxtayev rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada jami 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Professorlar: Dotsentlar: Assistentlar: Kafedrada 7 nafar muhandis-laborant xodim faoliyat olib boradi: |
|
|
Kafedra professor-o‘qituvchilari fizika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Kafedrada bakalavrlar o‘quv rejasiga muvofiq quyidagi fanlar o‘qitiladi:
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari Bugungi kunda Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasining bosh ilmiy mavzulari quyidagilardan iborat:
Kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy ishlarga faol jalb qilingan bo‘lib, tasdiqlangan ilmiy reja hamda grant loyihalari doirasida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Kafedrada davlat va xalqaro grantlar asosida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. 2025-yilda dotsent A. Safarov rahbarligida “MISTI: Big Data Mapping and Correlation of Environmental Containments as Monitored by Biological and Human Isotopic Uptake” nomli loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha Massachusets Texnologiya Instituti (AQSH) bilan hamkorlikda 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy moliyalashtirish hajmi 20 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida 2 nafar professor-o‘qituvchi, 1 nafar doktorant va 2 nafar iqtidorli talaba jalb etilgan. |
|
|
Kafedraning atom va yadro fizikasi o‘quv laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar va kompyuterlar bilan jihozlangan, yangi laboratoriya ishlari joriy etilgan, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek tilida 30 dan ortiq darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda majmualar nashr etilgan. Akademik T.M. Muminov hamda kafedra dotsentlari A.B. Xoliqulov, Sh.X. Xushmurodovlar tomonidan tayyorlangan “Atom yadrosi va zarralar fizikasi” o‘quv qo‘llanmasi 2009-yilda Vazirlik grifi bilan chop etilgan. Kafedra dotsentlari G. Axmedova, O. Mamatqulov va professor I. Xolboyevlar tomonidan tayyorlangan “Atom fizikasi” o‘quv qo‘llanmasi 2013-yilda Vazirlik grifi bilan nashr etilgan. Mazkur qo‘llanma 2014-yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida g‘olib deb topilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Iste’dod” jamg‘armasining III darajali diplomi bilan taqdirlangan. Kafedra mudiri dots. Sh.X. Xushmurodov 2015–2016-o‘quv yilida “Oliy ta’lim muassasalarining eng yaxshi pedagogi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan (2016-yil 5-oktyabrdagi 2-sonli majlis qarori asosida). 2014-yilda professor O. Pardayev, dots. Sh.X. Xushmurodov va assistent U.U. To‘xtayevlar tomonidan “Atom fizikasidan masalalar yechish”, “Atomdan yadrogacha”, “Kvant fizikasiga doir suhbatlar” nomli asarlar chop etilgan. Professor G. Axmedova va assistent U.U. To‘xtayevlar tomonidan “Yadro fizikasi va dozimetridan masalalar to‘plami”, “Dozimetriyaning zamonaviy muammolari va amaliy tatbiqi”, “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radiatsion xavfsizlik” nomli darslik va qo‘llanmalar nashr etilgan. 2018-yilda dots. R.M. Eshbo‘riyev tomonidan “Fizikaviy ekologiya” o‘quv qo‘llanmasi, assistent U.U. To‘xtayev bilan hammualliflikda “Atom fizikasidan laboratoriya ishlari” uslubiy qo‘llanmasi hamda yakkamualliflikda “Yadro texnologiyasi va yadro energetikasining fizikaviy asoslari”, “Yadro reaksiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan. 2025-yilda dots. U.U. To‘xtayev, PhD, assistent D.A. Hakimov va dots. Sh.X. Xasanovlar tomonidan “Atom va yadro fizikasidan masalalar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasi, shuningdek dots. U.U. To‘xtayev tomonidan yakkamualliflikda “Monitoring radioaktivnosti pit’evix vod v zonax povyshennogo riska Respubliki Uzbekistan” nomli monografiya nashr etilgan. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar











