Samarqand davlat universiteti Tibbiy kimyo kafedrasi

Samarqand davlat universiteti
tibbiy-kimyo kafedrasi mudiri
Turg'unov Davron Elebekovich
+998 93 357 52 68
turgunov.davrik89@gmail.com
Davron Turg‘unov — kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). U 2014-yildan buyon Samarqand davlat universitetida pedagogik faoliyat olib kelmoqda. 2026-yildan Samarqand davlat universiteti Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2026-yilda “7-(Almashgan)-2,3-digidropirrolo[2,1-b]xinazolin-9(1H)-onlarning kimyoviy transformatsiyasi va biologik faolligi” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy tadqiqotlari azot saqlagan geterotsiklik birikmalarni sintez qilish va ularning biologik faolligini o‘rganish yo‘nalishlariga qaratilgan.
Davron Turg‘unov respublika ilmiy jurnallarida 30 ga yaqin ilmiy maqola chop qilgan hamda 4 ta o‘quv qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Shuningdek, uning Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 8 ta ilmiy maqolasi chop etilgan. 40 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan.
Davron Turg‘unovning Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari:
https://www.scopus.com/pages/publications/105048340135?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/105043458699?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/105040166702?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/105039339299?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/105010305988?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/105006706717?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/85190651191?origin=resultslist
https://www.scopus.com/pages/publications/85133008297?origin=resultslist
|
Bozorov Xurshed Abdullayevich Kimyo fanlari doktori, professor. 2011-yilda “5,6-Dialmashgan-2,3-polimetilen-3,4-digidrotiono[2,3-d]pirimidin-4-onlarning elektrofil almashinish va kondensatsiya reaksiyalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda “Biofaol purinlar va ularning analoglari” tadqiqotlarini oʻtkazish uchun Xitoy Fanlar akademiyasi prezidentining xalqaro grantiga ega boʻlgan. 2021-yil “Yangi annelirlangan pirimidinlar sintezi, modefikatsiyasi va biologik faolligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Azot, oltingugurt va kislorodli pirimidinlar, turli biofaol geterotsikllar hamda kichik tabiiy birikmalar dizayni va sintezi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Xurshed Bozorov ilmiy faoliyati davomida dunyoning nufuzli ilmiy nashrlarida maqolalar e’lon qilib kelmoqda. Jumladan, bugunga qadar Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 30 ga yaqin maqolasi e’lon qilingan. 10 xalqaro patentlar muallifi. Shuningdek, 15 mahalliy ilmiy jurnalllarda maqolalar e’lon qilgan. 70 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://urlis.net/wiyuowsz |
|
![]() |
Tadjiyev Fazliddin Sirojovich Fazliddin Tadjiyev — tibbiyot fanlari doktori, professor. U 1983 -2017 yillar Samarqand davlat tibbiyot institutida terapiya kafedrasi assistenti, kafedra professori va kafedra mudiri bo’lib ishlagan. 2026-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Tibbiy kimyo kafedrasida pedagogik faoliyat olib bormoqda. 1982-yilda Aspiranturani tugatib “Конъюгаты анаболических стероидов с белком: характеристики и иммуногтнные свойства” mavzusida tibbiyot fanlari nomzodi dissertatsiyasini Leningrad shahrida muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy tadqiqodi - 1980- yili Moskva Olimpiyadasida antidoping laboratoriyasiga ishlatilgan anabolik steroidlarni radioimmun metod bilan aniqlash. 1990-yilda doktoranturani tugatib “Стероидные гормоны и микроэлементы в лечении заболеваний органов (клинико-экспериментальная работа)” mavzusida tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasini Leningrad shahrining Butun Ittifoq pulmonologiya ITI muvaffaqiyatli himoya qilgan. Fazliddin Tadjiyev SSSR (Immunologiya, patologik phiziologiya, problemi tuberkulyoza) terapevtik arxiv va respublika ilmiy jurnallarida 150 dan ko’p ilmiy maqola chop qilgan hamda 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta kashfiyot va 11 rasionalizatorlik taklifi muallifi hisoblanadi. U ko’plab xalqaro, SSSR va respublika kongress va konferensiyalarga qatnashgan.
|
![]() |
Tuxtaev Mustafo Qurbonovich Mustafo Tuxtaev— tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. U 1982 -2013 yillar Samarqand davlat tibbiyot institutida ijtimoiy salomatlik va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish kafedrasi assistenti, aspiranti, doktoranti bo’lib ishlagan. 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetida pedagogik faoliyat olib bormoqda. 1995-yilda Aspiranturani tugatib “Медико-социальные аспекты и организация лечебно-профилактической помощи при язвенной болезни желудка и 12 перстной кишки” mavzusida tibbiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasini Toshkent shahrida muvaffaqiyatli himoya qilgan Mustafo Tuxtaev Respublika va mahalliy ilmiy jurnallarida 130 dan ko’p ilmiy maqola chop qilgan hamda, 2 monografiya, 4 o’quv qo’llanma 1 darslik muallifi hisoblanadi. U Scopus jurnallarida 2 maqola chop etgan. Mustafo Tuxtaevning Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari: https://www.scopus.com/pages/publications/85179873048?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/85108356061?origin=resultslist |
![]() |
Buronov Anvarjon Yusuf o‘g‘li Kimyo fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), assistent. 2026-yilda “Ko‘p halqali tiyeno[3,2-d]pirimidinlarning sintezi va biologik faolligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ko‘p halqali tiyeno[3,2-d]pirimidinlar, turli biofaol geterosiklik birikmalar hamda istiqbolli biologik faol kichik molekulalarning dizayni, sintezi va biologik faolligini o‘rganish yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.. Anvarjon Buronov ilmiy faoliyati davomida dunyoning nufuzli ilmiy nashrlarida maqolalar e’lon qilib kelmoqda. Jumladan, bugunga qadar Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 3 ta maqolasi e’lon qilingan. Shuningdek, 24 mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 20 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ilmiy bazasidagi profili: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59914656700 Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://www.scopus.com/pages/publications/105048340135?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105015802248?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105006706717?origin=resultslist |
|
Murtazayeva Zarifa Isakulovna Zarifa Murtazayeva— kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). U 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetida pedagogik faoliyat yuritib keladi. 2026-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2026-yilda “Dezoksivazitsinon va makinazolinlarning yangi geterotsiklik analoglari sintezi va biologik faolligi” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy tadqiqotlari azot saqlagan geterotsiklik birikmalarni sintez qilish va ularning biologik faolligini o‘rganish yo‘nalishlariga qaratilgan. Zarifa Murtazayeva xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 30 ga yaqin ilmiy maqola chop qilgan. Zarifa Murtazayevaning Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari:
https://www.scopus.com/pages/publications/105048340135?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105015802248?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105011669250?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105010305988?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105006706717?origin=resultslist |
|
|
G‘aybullayev Shuxrat Sharof o‘g‘li Shuxrat G‘aybullayev 2024-yildan buyon Samarqand davlat universitetida pedagogik faoliyat olib kelmoqda. 2026-yildan Samarqand davlat universiteti Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning ilmiy tadqiqotlari saraton, autoimmun va yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun istiqbolli biologik faol birikmalarni sintez qilish va ularning biologik faolligini o‘rganishga qaratilgan. Shuxrat G‘aybullayev respublika ilmiy jurnallarida 12 ta va xorijiy jurnallarda 3 ta ilmiy maqola hamda 30 ga yaqin tezislar chop qilgan. Shuningdek, uning Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda (Q1 kvartil) 4 ta ilmiy maqolasi chop etilgan. Shuxrat G‘aybullayevning Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari: https://www.scopus.com/pages/publications/105006706717?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105011669250?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105040166702?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105048340135?origin=resultslist |




