Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik kafedrasi mudiri
Mullajonova Nigina Jamolovna

+99890 197-11-79    mullajonovanigina@samdu.uz


Dotsent, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik kafedrasi mudiri.
Mullajonova Nigina Jamolovna — san’atshunos, O‘zbekiston Ijodiy rassomlar uyushmasi Akademiyasi a’zosi hamda Rossiya Ijodiy rassomlar uyushmasi a’zosi. Uning ilmiy va ijodiy faoliyati tasviriy san’at, san’atshunoslik tadqiqotlari hamda san’at ta’limi yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Bugungi kunga qadar 500 dan ortiq san’at asarini yaratgan. Respublika va xalqaro jurnallarda 50 dan ziyod ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifi.

https://openconference.us/index.php/ysc/article/view/22

https://www.researchgate.net/publication/351131085_APPLIKACIA_-_SREDSTVO_RAZVITIA_TVORCESTVA_DETEJ_DOSKOLNOGO_VOZRASTA
https://www.grsu.by/glavnaya/intactivity/priglashennyj-professor.html
https://www.openconference.us/index.php/ysc/article/download/22/21
http://yidaiyilu.snnu.edu.cn/info/1015/1023.htm
https://znanio.ru/media/millatlararo-totuvlik-va-diniy-bagrikenglik-ozbek-xalqining-yuksak-qadriyatidir-2802038
http://istoki-ggu.ru/archive/101.pdf
https://www.neliti.com/id/publications/407425/the-development-of-children-of-preschool-age-in-the-visual-arts-with-the-applica
https://pps.kaznu.kz/ru/Main/FileShow2/186150/105/3/4644/2021//

 

San'atshunoslik kafedrasi a'zolari

 

 

Zoxidov Sobirdjon Xabibovich

zoxidovsobirdjon@samdu.uz

Sobirdjon Zoxidov san’atshunoslik kafedrasi professori. Respublika va xalqaro jurnallarda 40 dan ziyod maqolalari nashr etilgan. 7 o’quv qo’llanma va 2 darslik muallifi.

KALONOV NURITDIN JURAYEVICH


Professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti San’atshunoslik kafedrasi professori.
Kalonov Nuritdin Jurayevich — taniqli grafik rassom, tajribali pedagog va tasviriy san’at namoyandasi. U 1974-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. O‘zbek tasviriy san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, ijodiy faoliyati va madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun qator mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
2000-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2001-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining kumush medali, 2003-yilda oltin medali bilan mukofotlangan. 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni, 2025-yilda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Oltin medali” bilan taqdirlangan. 2026-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoniga sazovor bo‘lgan.

XAMRAKULOV RAVSHAN BAXRONOVICH


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti San’atshunoslik kafedrasi professori.
Xamrakulov Ravshan Baxronovich — musiqa ta’limi va san’at sohasida ko‘p yillik tajribaga ega pedagog.
Uning ilmiy-pedagogik faoliyati musiqa san’ati va san’at ta’limini rivojlantirishga qaratilgan. Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 60 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.
1989-yilda madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Ravshan Baxronovich Xamrakulovning ko‘p yillik pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari va san’at ta’limi rivojiga qo‘shgan hissasi yosh avlodning kasbiy bilim va mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Xoliqov Jaxongir To’ychiyevich

xoliqulovjaxongir@samdu.uz  

Jahongir Xoliqov  san’atshunoslik kafedrasi o’qituvchisi. Respublika va xalqaro jurnallarda 22 maqolasi nashr etilgan.

 

Xurramova Baxora Qodirovna

xurramovabaxora@samdu.uz  

Bahora Xurramova  san’atshunoslik kafedrasi dotsenti. Respublika va xalqaro jurnallarda 100 ga yaqin maqolasi nashr etilgan. Bir o’quv qo’llanma va 2 monografiya muallifi.

 

Xodjayev Jalolxon Aktamovich

Xodjayevjalolxon@samdu.uz

    Jalolxon Xodjayev san’atshunoslik kafedrasi dotsenti. Respublika va xalqaro jurnallarda 20  maqolasi nashr etilgan. 1 darslik va 1 o’quv qo’llanma muallifi.

SHODIYEVA OYGUL AHMADJONOVNA

shodiyevaoygul@sam.uz

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi.
Oygul Ahmadjonovna Shodiyeva Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarida musiqiy ritmik harakatlar komponentlarini pedagogik yondashuv asosida shakllantirish metodikasida faoliyat olib bormoqda. Respublika va xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan 1 ta guvohnomaga ega.

NARZIYEVA KUMUSH KAXRAMONOVNA


Samarqand davlat universiteti Sanatshunoslik kafedrasi assistenti. 40 ga yaqin resublika va xalqaro maqolalar muallifi. 3ta oquv qollanmasi nashr etilgan. 3ta uslubiy qollanma muallifi. Xozirda “Axborot ta’lim muhitida o’quvchilarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish texnologiyalari (tasviriy sa’nat fani misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqd

Sadikova Sitora-bonu Nematdjonovna

Arxitektura fanlari doktori (DSc), "San’atshunoslik" kafedrasi dotsenti. Bugungi kunda 90 dan ziyod ilmiy nashr asari, 2 dissertatsiya, 2 o’quv qo’llanma va 3 monografiya muallifidir.

 

 Seit-Enon Amide

seit-enonamide@ samdu.uz

Amide Seit-Enon san'atshunoslik kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. San’atshunoslik kafedrasi o’qituvchisi. 10 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 10 ga yaqin maqolasi chop etilgan. 

Istamov Zavqiddin Sadulloyevich

istamovzavqiddin@gmail.com


Dotsent, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi dotsenti.
Istamov Zavqiddin Sadulloyevich — san’atshunos, O‘zbekiston Ijodiy rassomlar uyushmasi Akademiyasi a’zosi. Uning ilmiy va ijodiy faoliyati tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik tadqiqotlari hamda san’at ta’limi yo‘nalishlarini qamrab oladi. Xalqaro tasviriy va amaliy san’at ko’rgazmalar ishtirokchisi. Bugungi kunga qadar 350 dan ortiq san’at asarlar muallifi. Respublika va xalqaro jurnallarda 50 dan ziyod ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi.

HAQQULOV SHERZOD MAHMADOLI O`G‘LI
haqqulovsherzod@sam.uz


Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik kafedrasi o’qituvchisi. Respublika va xalqaro jurnallarda 20 ta dan ortiq maqolasi nashr etilgan.

San’atshunoslik kafedrasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi 408-sonli “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori hamda universitet Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi  4-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida - “Sport faoliyati va san’at” fakulteti tashkil etilib, uning tarkibida, “Sport faoliyati”, “San’atshunoslik”, “Fakultetlararo jismoniy tarbiya” kafedralari tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi 4-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Muhandislik grafikasi”, “Tasviriy san’at” hamda “Musiqa ta’limi” kafedralari “San’atshunoslik” kafedrasi tarkibida shakllantirildi. San’atshunoslik kafedrasi universitet rektorining buyrug‘i bilan “Sport faoliyati va san’at” fakulteti tarkibida, 2021-yil 3-sentyabrdan faoliyat ko‘rsata boshladi. Ayni paytda  dotsent N.J.Mullajonova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. San’atshunoslik kafedrasida hozirgi kunda 33 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.  (Shundan 30 tasi asosiy shtatda, 3 tasi esa o‘rindoshlik asosida). Kafedrada talaba yoshlarga ta’lim tarbiya  berishda 1ta O‘zbekiston xalq artisti(professor), 2 ta professor,  7 ta dotsent, 1 ta (PhD) dotsent, 1 ta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 3 ta katta o‘qituvchi, 18 ta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Kafedraning bacha professor-o‘qituvchilari ilmiy izlanishda.

Kafedraning  bosh ilmiy tadqiqot mavzusi: «Innovatsion texnologiyalar asosida san’atshunoslik va muhandislik fanlarini sifat va samaradorligini oshirish muammolari» deb nomlangan. Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib bormoqdalar.

Kafedra qoshida  ilmiy va ijodiy to‘garaklar  faoliyat ko‘rsatmoqda. “Musavvir” to‘garagining rahbari katta o‘qituvchi J.Raxmatov, “Dizayn” to‘garagining rahbari J.Xoliqov, “Amaliy san’at” to‘garagining ilmiy rahbar Z.Istamov, “Vokalchilar” to‘garagining ilmiy rahbari katta o‘qituvchi M.Murodov, “Guldasta xor jamoasi” to‘garagining ilmiy rahbari O.Shodiyeva, “Doirachilar” to‘garagining ilmiy rahbari katta o‘qituvchi A.Odilov, “Dutorchilar” to‘garagining ilmiy rahbari D.Samatova va “Orkestr” to‘garagining ilmiy rahbari Sh.Xaqqulov.

          Kafedra tarkibiga quyidagi ta’lim yo‘nalishlari berkitilgan

  • 60210800-Amaliy san’at (turlari bo‘yicha);
  • 60210500 -Rangtasvir (turlar bo‘yicha);
  • 60211400 – Vokal ijrochiligi;
  • 60211500 – Cholg‘u ijrochiligi;
  • 5110800 – Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi;
  • 5111100 – Musiqa ta’limi;
  • 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish.

Hamkorlik ishlari:

           Kafedrada hozirgi kunda OTM hamkorlikda shartnomalar tuzilgan:

  • Gjel davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Moskva);
  • Rossiya davlat universitet turizm va servis (Moskva);
  • Nijnevatorsk davlat universiteti;
  • Termiz davlat universiteti Denov filiali;
  • Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus).

          Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari:

  • Nota tahriri va dasturlari bilan ishlash;
  • Musiqa nazariyasi (garmoniya, musiqiy asarlar tahlili);
  • Vokal asoslari;
  • Xor va xorshunoslik;
  • Musiqa tarixi;
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasi;
  • Maqom asoslari va an’anaviy xalq qushiqchiligi;
  • Dirijyorlik;
  • Musiqa o‘qitish metodikasi;
  • 10. Sol’fedjio;
  •  Ansambl sinfi;
  • Musiqa psixologiyasi asoslari;
  • Musiqa o‘qitish texnologiyasi va loyihalash;
  • Jahon musiqa madaniyati;
  • O‘zbek xalq musiqa ijodiyoti;
  • Sahna madaniyati;
  • Orkestrlashtirish;
  • MTMda ritmika;
  •  Maktab repartuari;
  • Musiqa to’garaklarini tashkil etish;
  •  Maqom asoslari va an’anaviy xalq qo‘shiqchiligi;
  •  Musiqiy dasturlar bilan ishlash va notalashtirish;
  •  Cholg‘ushunoslik maktab repertuaridan kuy va qo’shiqlar;
  •  Xor sinfi;
  •  Jamoa bo‘lib kuylash uslubiyati;
  •  Bolalar musiqa adabiyoti;
  • An’anaviy va xalq qo‘shiqchiligi;
  •  Maqom asoslari;
  •  Vokal va zamonaviy musiqa;
  • Maktabgacha ta’limda musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish;
  •  O‘zbek xalq og‘zaki ijodi;
  •  Sharq xalqlari musiqasi;
  •  Jahon musiqa madaniyati;
  •  Milliy estrada san’ati;
  •  Mustaqillikdan so‘ng musiqa madaniyati;
  • O‘zbek xalq cholg‘ularida badiylik bilan ijro etish;
  •  Chizma geometriya;
  •  Chizmachilik;
  • Muhandislik kompyuter grafikasi;
  •  Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitish metodikasi;
  •  Grafik tasvir asoslari;
  •  Amaliy perspektiva va soyalar nazariyasi;
  •  Arxitektura va qurilish chizmachiligi;
  •  Arxitektura qurilish elementlari;
  •  Chizma geometriya va muhandislik grafikasi;
  •   Loyihalash;
  • Amaliy san’at;
  •  Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi;
  • Qalamtasvir;
  • Rangshunoslik (rangtasvir);
  •  Rangtasvir;
  •  Tasviriy faoliyat (MTM);
  •  Tasviriy san’at tarixi;
  • Haykaltaroshlik;
  •  Plastik anotomiya;
  • Amal.san, badiy bezak;
  •  Akademik qalamtasvir;
  •  Kompozitsiya;
  •  Naqqoshlik;
  •  Grafika;
  •  Miniatyura;
  •  Ganchkorlik;
  •  Yog‘och o‘ymakorlik.

Kafedra hayotidan fotolavhalar