Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri

Srajev Soliddin Ne’matovich

ssrajev@mail.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1999-yildan SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi.

1996-yilda “Kremniyda oltingugurt va I guruh (mis guruhchasi) elementlari o’rtasidagi kimyoviy bog’langan komplekslar va ularning termik nuqsonlar generatsiyasiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati davomida ilmiy jurnallarda jami 130 dan ziyod ilmiy maqolalar nashr qilgan. 3 o’quv qo’llanma muallifi. 3 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan.


Qattiq jismlar  fizikasi kafedrasi a’zolari

 

Arziqulov Eshquvat Ulashevich

 eshkuvvat@gmail.com

Fizika fanlari doktori, professor. SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1992-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Qattiq jismlar fizikasi, yarimo’tkazgichlar fizikasi, yo’nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 1992-yilda shu 01.04.10 – yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 DOI: 10.15407/mfint.44.08.1003 

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=Toshboev+T&btnG=

https://link.springer.com/article/10.3103/S1068375513040029

G’ulomali G’ulomov 
g.gulyamov@mail.uz 

 

Fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1992-yildan beri faoliyat yuritib keladi.
 1992-yilda “Kislorod–oktaedr tipidagi yoyiq faza o’tishli segnetoelektriklarning akustik xususiyatlarini o’rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
G’ulomali G’ulomov  faoliyati davomida 1 o’quv qo’llanma, 5 uslubiy qo’llanma, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar  e’lon qilgan.

link

Eshbekov A’zamkul Anorboyevich  

eshbekov@mail.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1992-yildan hozirgi vaqtgacha SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1995-yilda 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi ixtisosligi bo’yicha “Past temperaturalarda olingan shishalarda ion almashinuv jarayonlari va radiasion nuqsonlarni tekshirish” nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2024 yil 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi ixtisosligi bo’yicha “Shishalarda ion almashinish hodisalari” doktorlik (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

A’zamkul Eshbekov ilmiy faoliyati davomida 2 ta o’quv qo’llanma, 8 ta uslubiy-qo’llanma, 23 ta xorijiy va respublika  ilmiy jurnallarda maqolalar va boshqa turdagi  150 taga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan, 2 ta mualliflik guvohnomasiga ega. Shuningdek, olim bugunga qadar 8 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/scholar?

 

Fazlitdin Saloxitdinov 

salofazliddin0@gmail.com

 

 Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 2003-yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.  1989-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fazlitdin Saloxitdinov o’z faoliyati davomida 2 darslik, 4 o’quv qo’llanma va 64 ilmiy maqola chop ettirgan.

Axrorov Subxon Qurbonovich
 +99891 2978849
s-axrorov@samdu.uz

    Subxan Axrorov fizika-matematika fanlari nomzodi (PhD), dotsent. 1994-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2021-yildan beri Samarqand davlat universiteti  qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri. 1979-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining elektronika ilmiy-tadqiqot institutida “Исследование состояния и локализации примесных атомов в кристаллической решетке монокристаллов Mo,W и Si методами ионной и электронной оже-спектроскопии” mavzusida, 01.04.04 – elektronika fizikasi, shu jumladan kvant elektronikasi ixtisosligi bo’yicha  fizika-matematika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan. So‘nggi yillarda  hammualliflikda  40 dan ziyod ilmiy uslubiy maqolalar chop ettirgan, shulardan 6 tasi OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. 1 tasi uslubiy qo’llanma muallifi. 2 mualliflik guvohnomasi sohibi. 
DOI: 10.15407/mfint.44.08.1003  

 

Shermatov Baxran Nurmamatovich

b.shermatov.@mail.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Sharof Rashidov nomidagi SamDU qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1981-yildan buyon ishlaydi

1990-yilda “KTiOPO4  oilasiga mansub va  ba'zi bir titanatli kristallarni termooptik usulda o'rganish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Bahran Shermatov ilmiy faoliyati davomida 4 uslubiy – qo‘llanma, 14 xorijiy va respublika  ilmiy jurnallarda maqolalar va boshqa turdagi  90 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.  Shuningdek, olim bugunga qadar 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop etgan.

https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/00150198908216768 

Toshboyev Tuychiboy Ubayevich

t.toshboyev@gmail.com

 Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 1989-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1998-yilda “Kremniyda oltingugurt bilan nikel, kobalt, ruh kirishma elementlarining o’zaro ta’siri va ularning termik ishlov berish jarayonidagi o’rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan.

Tuychiboy Toshboyev faoliyati davomida 5 uslubiy qo’llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 11 va boshqa jurnallarda 17 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=t5maZykAAAAJ&hl=ru

https://scholar.google.com/citations?user=t5maZykAAAAJ&hl=ru

https://scholar.google.com/citations?user=t5maZykAAAAJ&hl=ru

Ro'zimurodov Jalol To'rabekovich

ruzimurodovjalol90@gmail.com

 

 Fizika – matematika fanlari falsafa doktori (phd), dotsent.

Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 2006-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “Marganes bilan implantatsiya qilingan kuchli kompensirlangan kremniyning magnit va transport hossalari ” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan.

Jalol Ro'zimurodov faoliyati davomida 5 uslubiy qo’llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 10 va boshqa jurnallarda 10 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

Raximov Odil

zafar_r80@mail.ru

 Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1985-yilda “Исследование скоплений компенсирующых центров в полупроводниках и их взамоденствия с точечными собственными дефектами” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan.

Odil Raximov oy Toshboyev faoliyati davomida 3 ta ilmiy monografiya, 5 ta uslubiy qo’llanma, 5 ta darslik, xorijiy ilmiy nashrlarda 23 va boshqa jurnallarda 80 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

Eshmamatov Sardor Quchqor o‘g‘li
 sardor.eshmamatov@mail.ru

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
U 2013-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

2024-yilda 01.04.07 – “Kondensirlangan holat fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Havo-metan aralashmasining tovushdan tez oqim alangasida sintez qilingan g‘ovak po‘latning elektrofizik, magnitotransport va galvanomagnit xossalarini tadqiq qilish” mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

2024-yilda Sardor Eshmamatov “O‘zbekiston–Xitoy” xalqaro qo‘shma tanlovining 87-turi doirasida e’lon qilingan qo‘shma loyiha tanlovida “Ipak yo‘li bo‘ylab iqlimga mos uglerodsiz binolarning asosiy texnologiyalari va qo‘llanilishi” mavzusidagi amaliy loyiha sohibi bo‘lgan.

Ilmiy faoliyati davomida xorijiy ilmiy nashrlarda 4 ta, boshqa ilmiy jurnallarda esa 10 dan ortiq maqolalari chop etilgan.

Google Scholar profili

Kurbanov Murod Maxsudovich
 murodkurbanov7979@gmail.com

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Axborot va kommunikatsiya muhandisligi fakulteti, Pukyong National University (Janubiy Koreya).

Murod Kurbanov 2015-yildan buyon RF va analog integral sxemalar dizayni sohasida ilmiy va amaliy faoliyat olib bormoqda.
2015–2021-yillarda Janubiy Koreyaning Pukyong National Universityda magistratura va doktorantura bosqichlarini tamomlab, “24 GHz RF CMOS Front-end Receiver for Radar Application” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

2024-yil sentyabrdan buyon Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.

2025-yilda uning muallifligida “An optimized LNA utilizing MGA for high performance 24 GHz radar applications” nomli maqola Analog Integrated Circuits and Signal Processing jurnalida chop etilgan.
Maqolaga havola

Kasbiy va ilmiy loyihalari

  • Airpoint Inc. (Janubiy Koreya, 2022 – hozirgacha)
  • BMIC (Battery Monitoring IC) arxitektura va sxemotexnika ishlari.
  • AB9100 chip uchun bandgap reference trimming, pad-ring ulanishlari, cell balancing FET dizayni.
  • WiPAM (Janubiy Koreya, 2021 – 2022)
  • 5G va 6G Wi-Fi uchun LNA va RF switch dizayni.
  • Envelope Tracking testlari, AMR Test va LitePoint Setup.
  • Sungjin IL Tech Co., Ltd (Janubiy Koreya, 2019 – 2020)
  • DC 28 GHz GaAs SPDT MMIC switch dizayni.
  • LDO, POR va BGR dizaynlari.

Hozirgi faoliyati (2025-yil)

  • AB9100 BMIC chip dizaynida arxitektura, pass-transistor hajmi va LDO bloklari ustida ishlamoqda.
  • GlobalFoundries BCD130nm texnologiyasida 100 mA gacha yuklama qo‘llab-quvvatlaydigan LDO loyihasi olib bormoqda.
  • O‘zbekiston bilan hamkorlikda zamonaviy SoC/IC dizayn laboratoriyalarini tashkil etish, yosh muhandislar uchun xalqaro darajadagi ta’lim va amaliyot imkoniyatlarini yaratish hamda kelgusida global bozorda raqobatlasha oladigan fabless kompaniya tuzish tashabbuslari ustida ishlamoqda.

Texnik malakalari

  • CMOS, GaAs/GaN IC dizayni va RF/millimetr-to‘lqinli tizimlar.
  • RF, analog va raqamli integratsiya: LNA, PA, LDO, ADC, VCO, BMS chiplar.
  • Cadence Virtuoso, ADS, SPICE, DRC/LVS va elektromagnit simulyatsiya.

Ilmiy ishlari

Google Scholar profili

Ne’matov Otabek Soliddin o‘g‘li
 nematovotabek@list.ru

2019-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi.
Hozirda “Ferromagnit kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy asosidagi magnit datchiklarni olish texnologiyasini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Otabek Ne’matov faoliyati davomida xorijiy ilmiy nashrlarda 4 ta, boshqa ilmiy jurnallarda esa 12 dan ortiq maqolalari chop etilgan.

Google Scholar profili

Usanov Rustam Muxidinovich
 usanov.rustam1989@gmail.com

Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi assistenti.
2016-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2021-yildan boshlab “Co/SiO2/Si gibrid strukturalarida lateral fotoeffekt va magnitotransport xossalarini tadqiq qilish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, Samarqand kvant markazi ilmiy tadqiqotchisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. 2024-yilda Rossiya kvant markazida ilmiy stajirofka o‘tab kelgan.

Rustam Usanov faoliyati davomida 1 ta Scopus ma’lumotlar bazasiga kiritilgan, shuningdek 3 ta OAK tasarrufidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan.

Usmonov Anvarjon Abdiqodir o‘g‘li
 u-anvarjon@mail.ru

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
2025-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritmoqda. 2024-yilda “Bor va fosfor kirishma atomlarining birikmalari mavjud kremniyning elektrofizik, fotoelektrik va optik xususiyatlari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Anvarjon Usmonov faoliyati davomida xorijiy ilmiy nashrlarda 5 ta, boshqa ilmiy jurnallarda esa 15 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Google Scholar profili

Tuymanov Bekzod Nuriddinovich
 begzodtuymanov@mail.ru

2019-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda u “Shishalarning spektral va to‘lqin o‘tkazish xususiyatlariga issiqlik va termoradiatsion ishlov berish bilan stimullashgan M1shisha ⇄ M2eritma ishqoriy metallarning almashinuvi ta’siri” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Bekzod Tuymanov faoliyati davomida xorijiy ilmiy nashrlarda 3 ta, boshqa ilmiy jurnallarda esa 12 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.

Maqolalariga havola

Levent Trabzon

levent.trabzon@itu.edu.tr

                                

Texnika fanlari doktori (DSc), professor. Olim 2000-yildan buyon Istanbul Texnika universiteti (İTÜ) Mexanika muhandisligi fakultetida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy tadqiqotlari mikrofluidika, mikroelektromexanik tizimlar (MEMS), nanofabrikatsiya, sensor texnologiyalari va polimer-nanokompozitlar kabi sohalarni qamrab oladi. 2024-yildan Samarqand davlat universiteti, Muhandislik fizikasi instituti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 1400 dan ortiq maqolalariga iqtiboslar keltirilgan. 5100 dan ziyod ilmiy maqolalar, 20 ta tamomlangan 2 ta aktiv loyiha muallifi. SCOPUSda hirsh-index 32.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:u_35RYKgDlwC

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl  54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:nb7KW1ujOQ8C

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:qxL8FJ1GzNcC

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:1sJd4Hv_s6UC

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:1sJd4Hv_s6UC

Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi haqida

SamDUda qattiq jismlar fizikasi sohasida mutaxasisslar tayyorlash bo’yicha dastlabki ishlar 1975-yilda shu nomdagi kafedra tashkil qilingandan keyin boshlangan.  Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi 1975-yilda “Optika va spektroskopiya” kafedrasi qoshida O’zFA akademigi A.Q.Otaxo’jayev va dotsent A.Nosirovlar tashabbusi hamda Sankt Peterburg Fizika-texnika instituti olimlari akademik A.G.Smolenskiy, prof. V.V.Lemanovlarning bevosita ko’magi bilan tashkil qilingan.

Kafedrada o’quv va ilmiy ishlarni dastlab tashkil etish Sankt Peterburg, Moskva, Tartu, Toshkent kabi shaharlardagi ilmiy markazlarda tahsil olgan ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirildi. Dotsentlar A. N. Nosirov, S. M. Murodov, F. R. Axmedjanov, katta o’qituvchi I. A. Avetisyan, Z.X.Raximov assistentlar M. M. Axmedjanova, V. S. Kim kafedraning birinchi professor-o’qituvchilaridir, aynan ular dastlab kafedrada  qattiq jismlar fizikasining ilmiy muammolari bilan samarali shug’ullana boshlaganlar. Kafedraning o’quv va ilmiy faoliyatini tashkil etishda texnik xodimlar B. R. Namozov, A. J. Qorayev, G’.G’ulomov va Z. Xodjayevalarning munosib hissalari bor

Dastlab kafedrani 1985-yilga qadar dotsent Abduhakim Nosirov boshqardi.  1985-1993-yillarda dotsent S.M.Murodov, 1993-1996-yillarda dotsent F.R.Axmedjanov,1996-2011-yillarda  dotsent    E. U. Arziqulov,  2011-2013-yillarda dotsent S.Q.Axrorov, 2014-2020-yillarda dotsent    E. U. Arziqulov kafedraga mudirlik qilgan, 2021-yildan buyon qattiq jismlar fizikasi kafedrasini yana dotsent S.Q.Axrorov boshqarib kelmoqda.Kafedrada dastlab “Kristallografiya”, “Kristallofizika”, “Kristalloakustika”, “Metallar fizikasi”, “Dielektriklar fizikasi”, “Qattiq jismlar fizikasi”, “Qattiq jismlar optikasi va spektroskopiyasi”, ”Kvant elektronikasi”, “O’ta yuqori chastotali elektronika”, “Guruhlar nazariyasi va uning qattiq jismlarga tadbig’i” kabi fanlardan ma’ruzalar va o’quv laboratoriyalari tashkil etildi.  Zamonaviy asboblar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar yaratildi va horijiy ilmiy  markazlar bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi.   

Akademik Sh. O. Alimov tashabbusi bilan zamonaviy soha bo’lgan elektronika sohasini rivojlantirish maqsadida dastlab kafedra qoshida 1987-yildan boshlab “Fizikaviy elektronika” va 2003-yildan boshlab esa “Yarim o’tkazgichli asboblar va mikroelektronika” sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boshlab yuborildi.

1994-yildan boshlab, kafedra qoshida 5521700-“Elektronika va mikroelektronika” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash boshlandi va bugunga qadar bu sohada 800 ga yaqin malakali elektronika muhandislari tayyorlandi. Bitiruvchilarimizning ko’pchiligi viloyatimiz, respublikamiz va hattoki rivojlangan chet mamlakatlardagi turli nufuzli tashkilotlarda asosan elektronika sohasida muhandis sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Hozirgacha qattiq jismlar fizikasi sohasida 2 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodlari yetishib chiqqan. Hozirgi kunda kafedra respublikamiz OO’Yurtlari va ITI bilan o’quv va ilmiy tadqiqot sohalarida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan Toshkent Davlat Texnika universiteti va O’zbekiston Milliy universiteti bilan kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat va magistratura ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, o’quv-uslubiy hamda zamonaviy ilm sohalarida hamkorlik yo’lga qo’yilgan. “Foton” OAJ, “Fizika-Quyosh” IIB, Yadro Fizikasi instituti, “Materialshunoslik” va “Ion-plazma va lazer texnologiyalari” ilmiy-tadqiqot  institutlari bilan hamkorlikda zamonaviy elektronika va fizika muammolarini tadqiq qilish borasida ishlar bajarilmoqda. Bundan tashqari bu tashkilotlar bazasidagi ilmiy laboratoriyalardan kafedrada tahsil olayotgan talabalarning tanishuv, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashda foydalanilmoqda.

Shu bilan birga kafedra xalqaro ilmiy markazlar va OO’Yulari bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Jumladan Rossiya FA Sibir Bo’limi Yarim o’tkazkichlar fizikasi instituti, Lomonosov nomidagi MDU, Qozon fiziko-texnika instituti, Vuxan universiteti (Xitoy), Nagoya universiteti (Yaponiya), Xarkov radiotexnika instituti (Ukraina), Uppsala universiteti (Shvesiya), Latviya universiteti (Latviya) bilan har tomonlama mustahkam aloqalar o’rnatgan.

Kafedrada 5521700 – Elektronikava mikroelektronika, 5111000 – Kasb ta’limi (5310800 – elektronika va asbobsozlik (elektronika va mikroelektronika)), 5440100 – Fizika va 5A521701 –Qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, 5A521709 –Kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi (elektronika va mikroelektronika), 5A140203–Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5032-son qarori hamda 2022-yil 13 yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-82 qarori asosida SamDUda fizika fakulteti negizida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etilishi munosabati bilan kafedra 2022-yildan boshlab 60712000-Elektron apparaturalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va 60711200 - Elektronika va asbobsozlik(tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 70711201 - «Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo’yicha)» mutaxasisligi bo’yicha magistrlar tayyorlashga kirishdi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar o`quv dasturlari

Bakalavriat

  • Elektronika va signallarni qayta ishlash
  • Qattiq jismlar fizikasiga kirish
  • Amaliy elektronika
  • Virtual laboratoriyalar yaratish uslubiyatiAlternativ energiya manbalariTexnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
  • Elektr injiniring
  • Energetik resurslar fizikasi
  • Yarim o’tkazgichlar fizikasi
  • Yarim o’tkazgichli asboblar fizikasi
  • Elektronikaga kirish

Magistratura

  • Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari
  • Quyosh energetikasi materiallari fizikasi
  • Yarimo‘tkazgichlarninig optik va fotoelektrik xossalari
  • Quyosh batareyalari fizikasi va texnologiyasi
  • Qattiq jismlarda diffuziya hodisasi
  • Quyosh energetikasi materiallari parametrlarini aniqlash usullari
  • Ko’p qatlamli fotosezgir strukturalar

Kafedra hayotidan fotolavhalar