 |
Kalimullin Aidar Minmansurovich
Email: kalimullin@yandex.ru
Aidar Minmansurovich Kalimullin – tarix fanlari doktori, professor, Kazan Federal universitetining Ta’lim va psixologiya instituti direktori. Uning butun kasbiy faoliyati oliy pedagogik ta’lim bilan chambarchas bog‘liq. U o‘z faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, professor va pedagogika universiteti rektorigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
2020–2022-yillarda Qozog‘iston Respublikasi Milliy ilmiy kengashining xalqaro eksperti sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u Rossiya Fanlar akademiyasining eksperti hamda O‘zbekiston Respublikasi Samarqand davlat universitetining taklif etilgan professori hisoblanadi.
DOI: 10.17759/sps.2023140207 | 10.17759/sps.2025160206 | 10.17759/pse.2018230102
ORCID: 0000-0001-7788-7728
|
 |
Andreja Istenich
Email: andreja.istenic@pef.upr.si
Pedagogik ta’lim va o‘qituvchilarni tayyorlash sohasida 20 yillik tajribaga ega. U “Ta’lim texnologiyalari va autentik o‘quv muhitini yaratish” (2020) nomli kitob muallifidir.
U ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy nashrlarni tadqiq etish hamda ilmiy ishlanmalarni baholash bilan bog‘liq faoliyatga katta e’tibor qaratgan.
Andreja shuningdek, Amerika Ta’lim Kommunikatsiyalari va Texnologiyalari Assotsiatsiyasi (AECT) ning Strategik rejalashtirish qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
Scopus ID: 35766943000
|
 |
Galimov Almaz Mirzanurovich
Email: almazga@rambler.ru
O‘zbekiston Respublikasining Jizzax shahridagi Kazan Federal universiteti filiali direktori, KFU Ta’lim va tarbiya metodologiyasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Rossiya Federatsiyasi ta’lim sohasining faxriy xodimi.
U oliy ta’lim tizimida boshqaruv va ekspertlik faoliyatida katta tajribaga ega.
Asosiy ilmiy manbalar:
- https://doi.org/10.30935/cedtech/13768
- https://doi.org/10.1007/978-981-99-3043-2_73
- https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-981-99-8031-4_19
- https://doi.org/10.1108/978-1-83753-852-220241002
- https://doi.org/10.26907/esd.20.3.12
|
 |
Lukash Shveyka
Polshaning Krakov shahridagi Yagellon universiteti Ta’lim instituti dotsenti hamda Inqirozdagi xulq-atvor laboratoriyasi (Behavior in Crisis Lab) a’zosi hisoblanadi.
2024-yildan buyon u Strasburgdagi Yevropa Kengashining Pompidu guruhi xalqaro maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib, “Moldova qamoqxonalarida qimor o‘yinlari xavflari va zararlarini kamaytirish bo‘yicha terapevtik hamda profilaktik choralarni joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish” loyihasida hamkorlik qilmoqda.
2017-yildan beri u “Powrót z U” nomli nodavlat tashkiloti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu jamoa giyohvandlikning oldini olish va reabilitatsiya sohasida ilmiy asoslangan amaliyotlarni joriy etadi. Bu davrda tashkilot Polsha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan 7 ta grantni qo‘lga kiritgan.
2022–2024-yillarda u Varshavadagi Ta’lim tadqiqotlari instituti (Milliy tadqiqot instituti)da dotsent sifatida ishlagan.
U ijtimoiy fanlar (pedagogika) bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) darajasiga, resotsializatsiya pedagogikasi bo‘yicha magistr darajasiga ega hamda Fan va texnologiyalar universitetida statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usullari bo‘yicha magistratura dasturini tamomlagan.
U to‘rtta ilmiy monografiya hamda Applied Psychology: Health and Well-Being va Psychological Trauma: Theory, Research, Practice, and Policy (Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi tomonidan nashr etiladigan) kabi nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan ko‘plab ilmiy maqolalarning hammuallifi hisoblanadi.
|
 |
Piotr T. Nowakowski
Polshalik tadqiqotchi, Rzeszów universitetining dotsenti, biznes boshqaruvi magistri (MBA). Uning ilmiy izlanishlari quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: ijtimoiy ish, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy patologiyalar, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy reabilitatsiya, ommaviy axborot vositalari pedagogikasi, ta’lim falsafasi va aretologiya.
|
 |
Aidarbekov Zeinabil Smailxanovich
Falsafa fanlari doktori, professor. Uning professional faoliyati falsafa, siyosatshunoslik va ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Yillar davomida u Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va siyosatshunoslik institutida ilmiy xodim, “Qozog‘iston entsiklopediyasi” bosh tahririyatining bosh muharrir o‘rinbosari, dotsent, prorektor, kafedra mudiri, rektor maslahatchisi, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati va Prezident arxivi tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan.
Hozirda u Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti Falsafa kafedrasi professori hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori sifatida faoliyat yuritmoqda.
ORCID: 0000-0002-5829-7383
|
 |
Seylbek Shayakhmetovich Musatayev
Email: mceka@mail.ru
Siyosiy fanlar doktori, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetining Siyosatshunoslik va siyosiy texnologiyalar kafedrasi professori. Xitoydagi Yining universitetining faxriy professori. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan 7 ta monografiya, 6 ta darslik va 5 ta mualliflik guvohnomasining muallifi. Ol-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti huzuridagi Respublika ta’lim-metodik kengashi eksperti. Qozog‘iston jurnalistlar uyushmasi a’zosi.
Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan bir qatorda u ijodiy ishlar bilan ham shug‘ullanib, respublika ijtimoiy-siyosiy jurnali “Akikat” hamda milliy gazeta “Ana tili” nashrlarida siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u O‘zbekiston Respublikasi Samarqand davlat universitetida tashrif buyuruvchi professor sifatida faoliyat olib bormoqda.
ORCID: https://orcid.org/0000-0003-1270-9167
|
 |
Suleymenov Pirimbek Muxanbetuly
E-mail: spirimbek@mail.ru / hea2004@mail.ru
Siyosiy fanlar nomzodi, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Falsafa kafedrasi dotsenti. 2019–2022 yillarda u shu universitetning Sharqshunoslik fakultetida O‘rta Sharq va Janubiy Osiyo tadqiqotlari kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda Ol-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti huzuridagi Al-Farobiy xalqaro tadqiqotlar markazi direktori hisoblanadi.
U 270 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan ziyod darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalar muallifi hisoblanadi. Uning bir qator ilmiy ishlari Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan. Ilmiy izlanishlari Abu Nasr Al-Farobiyning tarixiy va falsafiy merosi hamda uni yoshlar orasida keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Hozirda u O‘zbekiston Respublikasi Samarqand davlat universitetida tashrif buyuruvchi professor sifatida faoliyat olib bormoqda.
|
 |
Naumenko Evgeniy Aleksandrovich
Psixologiya fanlari doktori, VAK professori, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi (RAE) muxbir a’zosi. U 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, ular orasida:
- 7 ta monografiya;
- 12 ta darslik (muallif va hammuallif sifatida);
- 16 ta o‘quv qo‘llanma;
- 18 ta o‘quv-metodik ishlanma;
- 80 dan ortiq maqolalar mavjud bo‘lib, ular Rossiya Oliy attestatsiya komissiyasi (VAK) tomonidan tavsiya etilgan hamda xalqaro ilmiy bazalarda — Web of Science va Scopus (21 ta maqola) indekslangan.
U “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda psixopedagogika” (VAK, indeks K1) jurnalining tahrir hay’ati a’zosi va retsenzenti hisoblanadi.
Shuningdek, “Ta’lim integratsiyasi” (Scopus, Q1) jurnali va Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi nashrlarining muntazam retsenzenti.
Naumenko E.A. Rossiya fanlar jamg‘armasi (RNF) hamda Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi (RFFI) tomonidan moliyalashtirilgan bir qator ilmiy loyihalarda rahbar va ijrochi sifatida ishtirok etgan.
U Yugra davlat universitetidagi “Shimolning chegaraviy tuzilmalari” nomli ilmiy maktabning hamrahbari hisoblanadi.
2003–2015 yillarda Janubiy Ural milliy tadqiqot universiteti (Chelyabinsk) huzuridagi D.212.298.17 raqamli dissertatsiya kengashi a’zosi bo‘lgan.
Naukometrik ko‘rsatkichlari:
- 200 dan ortiq ilmiy ish muallifi;
- 1800 dan ortiq iqtiboslar;
- Hirsh indeksi — 23;
- Scopus bo‘yicha Hirsh indeksi — 5.
|