Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasi mudiri

Sharifov Gayrat Nabiyevich

+998912976212 ngayrat@rambler.ru

 

G‘ayrat Sharifov fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 2009-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2021-yilda “Aromatik uglevodorodlarning protonodonor va protonoakseptor xususiyatlari va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi mudiri.

G’ayrat Sharifov faoliyati davomida 1 darslik, 2  o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 65 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan. 4 maqolasi  Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.vibspe

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068479

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

 

                                                                     Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasi a’zolari

 

Zohidov Anvar Abdulaxadovich
 zakhidov@utdallas.edu

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2001-yildan beri Dallasdagi Texas universitetida faoliyat olib bormoqda. 2023-yildan buyon SamDU Muhandislik fizika instituti optika va spektroskopiya kafedrasida ham faoliyat yuritadi.

Ilmiy faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Scopus hamda Web of Science bazasiga kiritilgan nufuzli jurnallarda chop etilgan.

Hozirda 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan ALM 202310062531 raqamli “Organik bo‘yoqlar bilan modifikatsiyalangan galoid perovskit kvant nuqtalarining optik xususiyatlarini sintez qilish va tadqiq etish” mavzusidagi 600 million dollarlik amaliy loyihada ish olib bormoqda.

  1. http://doi.org/10.1002/adom.202301677
  2. http://doi.org/10.1002/adfm.202214315
  3. http://doi.org/10.1021/acsmaterialsau.3c00006
  4. http://doi.org/10.1002/adom.202301677
  5. http://doi.org/10.1021/acs.jpcc.3c04887
  6. http://doi.org/10.1557/s43579-023-00495-3

Abduvaxid Jumabayev 

jumabayev2@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1973-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1982-yilda "Исследование структуры и формы крела линии релеевского и комбинационного рассеяния света маловязких жидкостей и растворов" mavzusida nomzodlik, 1993-yilda “Kondensirlangan muhitlardagi molekulyar relaksatsion jarayonlarni Releycha va kombinatsion sochilish spektrlari bo‘yicha o‘rganish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati davomida 3 monografiya, 3 darslik, 7 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 250 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan.

 50 dan ortiq maqolalari Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. 2016-yildan buyon OAK ekspert a’zosi hisoblanadi. 2022-yil O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan fundamental fanlar bo’yicha tanlovda g’olib bo’lib, 2 milliard 700 million so’mlik ilmiy grantni qo’lga kiritgan.

https://doi.org/10.1016/j.vibspe

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068479

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

 

 

 

 

Negmat Nizomov 

nnizomov@yandeks.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1969-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1970-yilda "Спектроскопические исследования процессов межмолекулярных взаимодействий в растворах ксантеновых красителей" mavzusida nomzodlik, 1985-yilda “Спектроскопические исследования процессов межмолекулярных взаимодействий и фотопревращении в растворах и пленках органических красителей” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Negmat Nizomov faoliyati davomida 1 monografiya, 10 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar va 10 patent muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan. 

 55 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.saa.2020.119177
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.127395
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.02.084
https://doi.org/10.1007/s11182-016-0688-9
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2014.04.077
https://doi.org/10.1007/s10812-014-9883-z
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2012.07.008
https://doi.org/10.1016/j.jlumin.2012.03.054
https://doi.org/10.1134/S0022476611010264
https://doi.org/10.1016/j.saa.2011.06.036
https://doi.org/10.1007/s10895-011-0866-7
https://doi.org/10.1016/j.molliq.2010.10.007
https://doi.org/10.1134/S0006350910020168
https://doi.org/10.1117/12.840722
https://doi.org/10.1007/s10812-009-9238-3
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2009.07.040

 

Jurayev Ural Boyirovich

u.jurayev@rambler.ru

Fizika-matemakti fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1970-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1977-yilda “Yorug‘likning sochilish usuli bilan polimerli eritmalardagi tasirini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ural Jurayev faoliyati davomida 2 darslik, 10 dan ortiq o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop qilgan. 

 7 maqolasi  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

G’ulomxon Murodov 

mgulamhon@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1982-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1985-yilda “Исследование колебательных спектров комплексов со слабой водородной связи” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

G’ulomxon Murodov  faoliyati davomida 2 darslik, 7 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan.

25 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

Abdujalol Shodiyev 

shodiyevabdujalol@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1982-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1990-yilda “Влияние давления на оптика-акустеческие параметры ряда маловязких органических жидкостей” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Abdujalol Shodiyev  faoliyati davomida 1 darslik, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 35 ilmiy maqola va tezislar e’lon qilgan.

Absanov Ahmad Abdusattarovich

absanovakhmad@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2006-yilda “Спектроскопическое проявление и расчеты межмолекулярных взаимодействий в некоторых низкомолекулярных соединениях” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ahmad Absanov faoliyati davomida 2 monografiya, 4 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan,

 30 maqolasi  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.vibspe

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068479

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

 

 

 

Kurtaliyev Eldar Nuriyevich

kurtaliev@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2012-yilda "Спектроскопическое проявление взаимодействия родаминовых красителей с госсиполом и протеинами" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda “Stiril bo'yoqlar va unga yaqin birikmalar molekulalari fotonikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Eldar Kurtaliyev faoliyati davomida 1 o‘quv, uslubiy qo‘llanma va 1 patent muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan.

20 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.saa.2020.119177
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.127395
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.02.084
https://doi.org/10.1007/s11182-016-0688-9
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2014.04.077
https://doi.org/10.1007/s10812-014-9883-z
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2012.07.008
https://doi.org/10.1016/j.jlumin.2012.03.054
https://doi.org/10.1134/S0022476611010264
https://doi.org/10.1016/j.saa.2011.06.036
https://doi.org/10.1007/s10895-011-0866-7
https://doi.org/10.1016/j.molliq.2010.10.007
https://doi.org/10.1134/S0006350910020168
https://doi.org/10.1117/12.840722
https://doi.org/10.1007/s10812-009-9238-3
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2009.07.040

Xolikulov Otkirjon Arzimurotovich

Xolikulov O‘tkirjon Arzimurotovich - fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU optika va spektroskopiya kafedrasida 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda Aminokislotalar va ularning eritmalaridagi molekulalararo tasirlarning tebranish spektrlarida namoyon bolishi mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

5 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 60 dan ortiq maqolalar muallifi. 20 ta maqolasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.molliq.2023.121552

https://doi.org/10.1016/j.vibspec.2025.103767

https://doi.org/10.1016/j.saa.2024.124600

https://doi.org/10.1016/j.jksus.2022.102530

https://doi.org/10.1016/j.molliq.2023.121960

https://doi.org/10.1016/j.optmat.2025.116683

https://doi.org/10.1515/zpch-2023-0345

https://doi.org/10.15407/ujpe67.8.602

https://doi.org/10.1016/j.inoche.2024.113672

https://doi.org/10.1016/j.jksus.2024.103164

https://doi.org/10.1007/s00894-024-06147-0

https://doi.org/10.1515/zpch-2023-0381

https://doi.org/10.1134/S106287382470802X

Xudaykulov Bekzod Bobomurodovich

Xudaykulov Bekzod Bobomurodovich - fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU optika va spektroskopiya kafedrasida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda Aminoguruhga ega ba’zi molekulalarda kuchsiz vodorod bog‘lanishli komplekslarning shakllanish mexanizmlari va  ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Xudaykulov Bekzod faoliyati davomida 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan. 10 ta maqolasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

3 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 50 dan ortiq maqolalar muallifi. 10 maqolasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.optmat.2025.116683

https://doi.org/10.15407/ujpe68.6.375

https://doi.org/10.1016/j.vibspec.2022.103422

https://doi.org/10.15407/ujpe69.10.742

Amonov Axtam Xalilovich  

Amonov Axtam Xalilovich - fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU optika va spektroskopiya kafedrasida 2015-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda “Vodorod bog‘lanishli molekulyar komplekslarda HF molekulasi tebranish polosasining shakllanish mexanizmlari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

30 dan ortiq maqola maqolalar muallifi. Shulardan 10 ga yaqin maqolasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda nashr etilgan.   

https://doi.org/10.1021/acs.jpca.3c04097

https://doi.org/10.1039/D3CP03479H

https://doi.org/10.1002/cphc.202300326

https://doi.org/10.3390/molecules28227520

https://doi.org/10.1039/D4CP00057A  

Doroshenko Irina Yuryevna
 dori11@ukr.net

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Ukraina davlatining Kiyev Milliy Universiteti professori.
2020-yildan buyon SamDU Muhandislik fizika instituti Optika va spektroskopiya kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Scopus hamda Web of Science bazasiga kiruvchi nufuzli jurnallarda chop etilgan.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan fundamental fanlar bo‘yicha tanlovda g‘olib chiqib, 2 milliard 700 million so‘mlik ilmiy grantni qo‘lga kiritgan.

 DOI manzillari:

Saydullaeva Iroda Usmanovna
 iroda_55@hotmail.com

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Turkiyaning Izmir shahridagi Ege Universiteti professori.
2024-yildan buyon SamDU Muhandislik fizika instituti Optika va spektroskopiya kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida 5 dan ortiq maqola va tezislari Scopus hamda Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan.
2024-yildan “Bird-1/140: Solar Windows with Luminescent Quantum Dots for Building Integration and Smart Greenhouses” loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

 Havolalar:

Nurmurodova Gulshan Eshmurod qizi
 gnurmuradava@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Optika va spektroskopiya kafedrasi assistenti.
2015-yildan buyon SamDU Optika va spektroskopiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirda “Molekulyar komplekslarda galoidovodorodlar tebranish polosalarining tahlili” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
10 dan ortiq ilmiy maqola muallifi bo‘lib, ulardan 4 tasi Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda nashr etilgan.

 DOI manzillari:

Djumanov Lutfillo Xayrulloyevich
 djumanovllo@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Optika va spektroskopiya kafedrasi assistenti.
2014-yildan buyon SamDU Optika va spektroskopiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirda “Kuchli qutblangan suyuqlik va kristallarda molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
10 dan ortiq ilmiy maqola muallifi bo‘lib, ulardan 2 tasi Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etilgan.

 DOI manzillari:

   

Optika va spektroskopiya kafedrasi haqida

Optika kafedrasi 1935-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar Respublikada ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda hamda ko‘plab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlagan. Kafedraning tashkil topishida prof. A.M. Titov, prof. M.F. Vuks, prof. M.V. Chulonovskiy, prof. M.M. Mo‘minov, prof. A.N. Tekuchov, prof. S.U. Umarov, prof. M.S. Saidov va akademik A.Q. Otaxo‘jayevlarning xizmatlari beqiyosdir.

Akademik A.Q. Otaxo‘jayev tomonidan yaratilgan Samarqand “Optiklar maktabi” nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham o‘z e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda ushbu ilmiy maktabning faoliyatini akad. A.Q. Otaxo‘jayevning shogirdlari muvaffaqiyat bilan davom ettirib kelmoqda. Ularning ilmiy tadqiqotlari natijalari “Raman Spectroscopy”, “Molecular Structure”, “Molecular Liquids”, “Оптика и спектроскопия” kabi xalqaro hamda Respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda muntazam chop etilmoqda.

Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi monografiyalar “FAN” nashriyotida chop etilgan:

  • 1981-yilda — «Спектральное распределение интенсивности в крыле линии рассеяния жидкостей и растворов»

  • 2009-yilda — «Динамика молекул в жидкостях»

  • 2014-yilda — «Структура молекулярных агрегатов в жидкостях и их проявления в спектрах комбинационного рассеяния»

  • 2024-yilda — «Колебательные спектры молекулярных кластеров»

Bundan tashqari, kafedra xodimlari Tojikiston Milliy universiteti olimlari bilan hamkorlikda 2019-yilda tojik tilida “Optika” darsligini, 2021-yilda esa “Mexanika” darsligini chop etishgan. Shuningdek, 2023-yilda o‘zbek tilida “Mexanika” va “Optika”, 2025-yilda esa “Spektroskopiya asoslari” darsliklari nashr etilgan. 2024-yilda esa yana 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

Optika va spektroskopiya kafedrasining faoliyati

1996, 2001, 2006 va 2013-yillarda Samarqand “Optiklar maktabi” bazasida “Molekulyar spektroskopiyaning dolzarb muammolari”ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Ushbu konferensiyalarda AQSh, Germaniya, Polsha, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarning yetuk olimlari ishtirok etganlar.

Hozirgi kunda kafedraga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent G‘. Sharifov rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedrada ilmiy, o‘quv-uslubiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda: professorlar – N. Nizomov, A. Jumabayev, H. A. Xushvaqtov, A. A. Absanov, E. Kurtaliyev, dotsentlar – U. B. Jurayev, G‘. Murodov, A. Shodiyev, B. Xudaykulov, O‘. Xolikulov, A. Amonov. Shuningdek, bir qator texnik xodimlar o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

So‘nggi yillarda kafedra a’zolari tomonidan qator ilmiy yutuqlarga erishilgan. 2021-yilda H. A. Xushvaqtov fizika-matematika fanlari doktori (DSc), G‘. Sharifov esa falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olgan. 2022-yilda B. Xudaykulov muddatidan avval PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024-yilda A. Amonov va O‘. Xolikulov PhD darajasini olgan bo‘lsa, 2025-yilda A. Absanov fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Hozirda kafedrada 3 nafar tayanch doktorant va 1 nafar stajyor-tadqiqotchi tahsil olmoqda.

Kafedra xalqaro hamkorlikni faol yo‘lga qo‘ygan. Hozirda AQSh, Ukraina, Hindiston va Xitoy universitetlaridan 5 nafar xorijiy professor kafedra talabalari va magistrlariga ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan oquv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi oquv rejasi

  • Mexanika
  • Molekulyar fizika
  • Optika
  • Amaliy optika
  • Mexanika va molekulyar fizika
  • Tanlov fan (molekulalarning tuzilishi va fizik xossalari 2 kurs)

 

Magistratura mutaxassisligi oquv rejasi

  • Spektroskopiya asoslari
  • Molekulalarning elektron spektrlari
  • Molekulyar spektroskopiyaning dolzarb muammolari
  • Molekulalarning tebranish spektrlari
  • Suyuqliklar va real gazlar fizikasi
  • Elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi
  • Molekulyar optika

Kafedra hayotidan fotolavhalar