Ismail Ekincioglu
ismail.ekincioglu@medeniyet.edu.tr

Istanbul Medeniyet universiteti Matematika kafedrasi professori. 1987-yilda Atatürk universiteti San’at va fan fakulteti Matematika bo‘limini tamomlagan. Keyinchalik Anqara universiteti Tabiiy va amaliy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. 1995-yilda professorlar İ.K. Özkin va A. Gadjiev rahbarligida tayyorlagan doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Professor Ekincioglu ilmiy faoliyati davomida Riesz transformatsiyalarini umumlashtirilgan siljish operatorlari orqali o‘rganish yo‘nalishida ishlagan va bugungi kunga qadar turli xalqaro jurnallarda 70 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy anjumanlarda 35 dan ortiq ma’ruza bilan ishtirok etgan. Olim rahbarligida 40 ta magistrlik va 8 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. U matematika analiziga oid 3 ta kitob muallifi hisoblanadi.

Asosiy ilmiy qiziqishlari — garmonik analiz.

RAXIMOV ISOMIDDIN SATTOROVICH

isamiddin@uitm.edu.my.

Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Malayziya Putra Universiteti va Malayziya Texnologiya Universitetlari professori. 2004-yildan boshlab Malayziyaning Putra Universitetida avval katta o‘qituvchi (2004-2008 yillar), keyin dotsent (2008-2013-yillar) va shu universitetning professori (2013-2019-yillar) lavozimida ishladi. 2019yilda I.S.Raximov Malayziyaning Texnologiya Universitetiga taklif qilindi va hozirgacha shu universitetning professori lavozimida ishlab kelmokda. 2024-yilning sentabridan Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasida tashqi o‘rindosh professor sifatida faoliyat yuritmoqda.

1985-yilda “Elliptik chiziqlarning arifmetik xossalarini tavsiflovchi gruppalarning filtratsiyalari» mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2011-yilda “Filiform Leybnits algebralari ko‘pxilliklari va elliptik chiziqlar invariantlari” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda O‘zbekiston oliy attestatsiya komissiyasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti ilmiy kengashi taklifi bilan I.S.Raximovga professorlik unvoni berildi.

I.S.Raximov 150 dan ortiq, asosan, chet el nufuzli jurnallarda bosilgan ilmiy maqolalarning, uchta monografiya va bitta o‘quv kitobi muallifi (maqolalarning hammasi ingliz tilida). Uning  rahbarligida 14 kishi fan nomzodi darajasini olgan. I.S.Raximov 4 ta chet el va 3 ta mahalliy ilmiy jurnallarda tahririyat a’zosi, bir nechta ilmiy jurnallarda taqrizchi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, o‘nlab fan nomzodi talabgorlarining dissertatsiyalariga taqrizchilik qilgan.

Raximov Isomiddin Sattorovichning ilmiy maqolalari va boshqa ilmiy-akademik faoliyati haqida uning rasmiy web-sahifasi: MARA University of Technology | UiTM · Department of Mathematics orqali shuningdek,

Uning Web profile page: Isamiddin RAKHIMOV | Professor (Full) | PhD & DSc Professor | MARA University of Technology, Shah Alam | UiTM | Department of Mathematics | Research profile

Scopus:  https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=13907600900

ORCID: https://orcid.org/0009-0001-8092-3387Посмотреть профиль этого автора в ORCID

kabi web-sahifalar orqali ham ma’lumot olish mumkin.

ALEKSANDR BORISOVICH BATXIN

batkhin@gmail.com

Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Texnion – Isroilning Texnologiyalar institutida ishlab kelmoqda. 2022-yildan buyon Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasida tashqi o‘rindosh dotsent sifatida faoliyat yuritmoqda.

1992-yilda Odessa davlat universitetida (hozirgi I.I.Mechnikov nomidagi universitet) “Neter nazariyasi va diskret siljish guruhlari bilan konvolyutsiya tipidagi ko‘p o‘lchovli operatorlar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022-yilda u Rossiya Fanlar Akademiyasining M.V.Keldish nomidagi Amaliy Matematika Institutida “Gamilton mexanikasida davriy va statsionar yechimlar oilalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 

Aleksandr Borisovich Batxin 90 dan ortiq nufuzli jurnallarda bosilgan ilmiy maqolalarning, bir nechta ilmiy jurnallarda taqrizchi va bir nechta fan nomzodi talabgorlarining dissertatsiyalariga taqrizchilik va ilmiy rahbarlik qilgan.

Aleksandr Borisovich Batxinning xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=55056216900

ResearchGate: Alexander BATKHIN | Visiting Assoc. Professor | D.Sc. | Technion – Israel Institute of Technology, Haifa | technion | Faculty of Aerospace Engineering | Research profile

Google Scholar: ‪Александр Батхин - ‪Академия Google

SHOHRUH HOLMATOV

shokhrukh.kholmatov@univie.ac.at

Matematik fizika hamda matematik analiz bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2017-yildan buyon Avstriyaning Vena Universiteti ilmiy tadqiqotchisi. 2024-yilning noyaridan Samarqand davlat universiteti Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasida tashqi o‘rindosh dotsent sifatida faoliyat yuritmoqda.

Dastlabki PhD ilmiy darajasini 2011-yilda Samarqand davlat universitetida Matematik fizika yo‘nalishida akademik Saidahmad Laqayev rahbarligida, ikkinchi PhD sini 2017-yilda Italiyaning SISSA (Scuola Internazionale Superiori di Studi Avanzati) institutida Matematik analiz yo‘nalishida prof. Giovanni Bellettini rahbarligida himoya qilgan.

Shohruh Holmatovning ilmiy maqolalari va boshqa ilmiy-akademik faoliyati haqida uning rasmiy web-sahifasi: https://www.mat.univie.ac.at/~kholmatov/ orqali, shuningdek,

Uni Wien profile page: https://ucrisportal.univie.ac.at/en/persons/shokhrukh-kholmatov

Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57193931264

ORCID: https://orcid.org/0000-0002-9409-3409

Che Mohd Imran Che Taib

imran@umt.edu.my

Che Mohd Imran Che Taib – fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), professor.

2011-yildan buyon Malayziyaning Terengganu universitetida ilmiy tadqiqotchi va keyinchalik professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yil noyabridan Samarqand davlat universiteti Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasida tashqi o‘rindosh professor sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

Che Mohd Imran Che Taib o‘z ilmiy faoliyatida asosan qo‘llanma moliyaviy matematikaintuitsionistik loyqa to‘plamlar va ularning o‘xshashlik o‘lchovlari, shuningdek, valyuta kurslari hamda moliyaviy vaqt qatorlari uchun loyqa vaqtli qatorlar prognozlash usullari masalalari bilan shug‘ullanadi. Olim Scopus va boshqa xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan jurnallarda bir qator maqolalar, shuningdek xalqaro konferensiyalarda tezislar chop ettirgan.

Zabidin Bin Salleh

zabidin@umt.edu.my

Zabidin Bin Salleh — matematik fizika bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.

2008-yildan buyon Malayziyaning Terengganu universitetida ilmiy tadqiqotchi, keyinchalik professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yil noyabridan Samarqand davlat universiteti Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasida tashqi o‘rindosh professor sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

U o‘zining BSc (Hons) va Pedagogika diplomini Malayya universitetida (Kuala-Lumpur, 1992, 1995), M.Sc. darajasini Malayziya Fanlar universitetida (Penang, 2000–2002) “Kompleks tahlil” yo‘nalishida, hamda PhD darajasini Malayziya Putra universitetida (Serdang, 2004–2008) “Topologiya” yo‘nalishida prof. dr. Adem Kılıçman rahbarligida olgan.

Olimning ilmiy qiziqishlari topologiya, funksional tahlil, barqaror nuqtalar nazariyasi, funksiyalarning geometrik nazariyasi, suyuqliklar dinamikasi va nanosuyuqlik modellariga bag‘ishlangan. U 140 dan ortiq maqolalarni Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda chop ettirgan, magistr va PhD talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan, shuningdek xalqaro ilmiy jurnallar tahririy hay’ati a’zosi hisoblanadi.

Motovilov Aleksandr Konstantinovich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. SamDU Matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi..

 Motovilov Aleksandr Konstantinovich 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Scopus va Web of Science bazasida h-indeksi 7. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 70 ta maqolalari e’lon qilingan.


https://doi.org/10.48550/arXiv.2410.07070
https://doi.org/10.1088/1751-8121/ace4a6
https://doi.org/10.1088/1751-8121/ac6bcf

Oinarov Ryskul

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. SamDU Matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1997 -yilda Fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

Oinarov Ryskul 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. . Scopus va Web of Science bazasida h-indeksi 7. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 60 ta maqolalari e’lon qilingan.

Turilova Yekaterina Aleksandrovna

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. SamDU Matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda Fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

Turilova Yekaterina Aleksandrovna 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. . Scopus va Web of Science bazasida h-indeksi 7. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 60 ta maqolalari e’lon qilingan.

DOI: 10.1007/s13577-025-01180-4