Samarqand davlat universiteti

Ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasi mudiri

Nurmuxammedov Yusuf Shakarboyervich

nurmuhammad.yu@gmail.com

Filologiya fanlari  doktori (DSc), dotsent. 2026-yildan Samarqand davlat universiteti Ingliz tili, tilshunosligi  va adabiyoti kafedrasida faoliyat yuritadi.  2026-yilda «O‘zbek, turk va ispan milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik sath birliklarida reprezentlashuvi» mavzusida filologiya fanlari  doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 3 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. 40 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

 

Ingliz tili tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi a’zolari

Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulova
khushmurodova.shakhnoza@gmail.com

 

Filologiya fanlari  doktori (DSc), dotsent. 2013-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasida ishlab kelmoqda. 2024-yilda “Linguistic and Cognitive Features of the Secondary Language Identity Formation in Bilingual Students” mavzusida filologiya fanlari  doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Ispaniya,Ruminya, Buyuk Britaniya davlatlarida malaka oshirgan.1 darslik, 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 4  uslubiy qo‘llanma muallifi. 70 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=Shakhnoza+Khushmurodova&btnG=

Buzrukova Makhina Muxamadxonovna
makhinabuzrukova01@gmail.com

U 2014-yildan buyon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib, bakalavriat va magistratura bosqichlarida ingliz adabiyoti, tarjimashunoslik, tadqiqot etikasi, matnning lingvopoetik va lingvostilistik tahlili, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va amaliy ingliz tili fanlaridan dars berib kelmoqda. Faoliyati davomida 1 monografiya, 2 darslik, 100 ga yaqin ilmiy  maqolalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar Scopus va Web of Science nufuzli jurnallarida 8 maqola e’lon qilgan.
Ruziyeva Sitora Asrorovna
Filologiya fanlari bo‘yicha PhD, professor, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori.S.A. Ruziyeva 2014-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati ingliz va o‘zbek tillarining qiyosiy-lingvistik hamda lingvokulturologik tadqiqi, konseptologiya, til va madaniyat munosabati, oilaviy qadriyatlarning lingvistik ifodasi kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
2020-yilda «Концепт “семья” и его отражение в английской и узбекской языковых культурах» mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.
S.A. Ruziyeva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 3 ta darslik,  4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya va  30 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ilmiy ishlari O‘zbekiston va xorijiy ilmiy nashrlarda, jumladan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadigan nashrlarda e’lon qilingan.
Professor S.A. Ruziyevaning ilmiy izlanishlari zamonaviy lingvistika, lingvokulturologiya va lingvokognitiv tadqiqotlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.
 
https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&hl=ru&user=jYqy5oUAAAAJ
https://www.researchgate.net/publication/398937870_VOZ_NARRATIVA_E_AGENCIA_ESCOLHAS_LINGUISTICAS_EM_REPARACAO_DE_IAN_MCEWAN_COM_ENFASE_NOS_ASPECTOS_EDUCACIONAIS

Isakova Nodira Azzamovna
isakovanodira4@gmail.com

 

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2005-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2021-yilda “Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy so‘zlarning tarkibiy-mazmuniy tahlili (“Xalq so‘zi” gazetasi materiallari asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.Faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma va 10 uslubiy qo‘llanma, va 2 ta darslik  muallifi. Shuningdek, olima bugungi qadar 12 dan ortiq  Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda boshqa nashrlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=IFrI5msAAAAJ&hl=en

 

Nurova Gulchexra Tishabayevna

gulanurova_19972@gmail.com

Gulya Tishabayevna — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), ingliz tili, lingvistika va adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti. Uning ilmiy yo‘nalishi qiyosiy lingvistikaga bag‘ishlangan bo‘lib, u bakalavriat va magistratura bosqichlarida ingliz tilini o‘qitadi.

U 2023-yilda “Ingliz gapining kengaytirish usullarining struktur-semantik tahlili va ularning rus tiliga tarjimasi” mavzusida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mazkur tadqiqot ingliz gapining murakkablashuv mexanizmlari, ularning semantik funksiyalari hamda rus tiliga tarjima jarayonidagi moslik masalalarini qamrab oladi.

Tishabayeva qiyosiy tahlil, struktur semantika va tarjima masalalariga bag‘ishlangan ikki monografiya hamda yigirma ikki ilmiy maqolaning muallifidir. Uning ilmiy qiziqishlari tillararo moslik, tarjima nazariyasi va o‘quv-uslubiy materiallar yaratish masalalarini o‘z ichiga oladi. U kimyo yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma tayyorlagan bo‘lib, hozirda magistrlar uchun darslik ustida ishlamoqda.

Uning ilmiy rahbarligi ostida uch nafar bakalavr talabasi bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Tishabayeva muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar va ilmiy tadbirlarda, jumladan, sinxron tarjimon sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, u talabalar kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy kurslar va amaliy topshiriqlarni faol ishlab chiqadi.

https://multijournals.org/index.php/excellencia-imje/indexvv

DALER FURKATOVICH ZAYNIEV

daler.zayniyev@gmail.com

Lingvistikafanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). U o'z ish tajribasini o'qituvchilikdan boshlagan va maktabda (2011-2015), kollejda (2015-2016) hamda Samarqand Davlat Universitetida (2016-2019) ingliz tili o'qituvchisi lavozimida ish faoliyatyuritgan.
2019-yilda Budapeshtdagi (Vengriya) Eötvös Loránd Universitetining Faculty of Humanities, Intercultural Linguistics Doctoral Program doktorantura dasturida Stipendium Hungaricum stipendiyasiga sazovor bo'lgan. 2025-yilda doktorlik darajasini muvaffaqiyatli tamomlagan. U «Lexical Polysemy of the BasicColour Terms in English, Russian, Tajik, and Uzbek: The Role of Metonymy and Metaphor» nomli dissertatsiyasini oʻrganib, uni summa cum laude, yaʼni eng yuqori imtiyoz bilan himoya qilgan.

Bir nechta xalqaro jurnallarda va tahrirlangan jildlarda 20 taga yaqin ilmiy maqolalarchop etgan. Bundan tashqari, u 10 taga yaqin milliy va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan.

Dr. Daler ZAYNIEV o'tmishdagi va hozirgi ishlarida ham katta qobiliyat, tashabbuskorlik,ham mas'uliyat hissini namoyon etgan va bu uning o'qituvchilari va hamkasblaritomonidan ma’qullangan va qadrlangan.
https://www.researchgate.net/profile/Daler-Zayniev?ev=hdr_xprf

 

Saidova Aziza Davlatovna 
aziza.saidova@mail.ru

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2006 yildan buyon kafedrada turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2024 yilda “Ilmiy-texnik terminlarning lingvosemiotik mavqei va yasalish jarayonlari (“ingliz tili misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.  4  o‘quv qo‘llanma va 3 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 30 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

Toxirova Sarvinoz Xusenovna
tkhirovasarvinoz29@gmail.com
 

Toxirova Sarvinoz SamDU Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2018-yildan buyon ishlab keladi.  2024-yilda “Sadriddin Ayniy  asarlarining Yevropa adabiyotiga ta'siri va tarjimasi” mavzusida filologiya fanlari doktori (PhD) nomzodi bo'ldi

Sarvinoz Toxirova faoliyati davomida 1ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta ilmiy maqola va 3 ta Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

Rofeyeva Shohida Davronovna

 

Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi  2019-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida katta o'qituvchi lavozimlarda ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Faoliyati davomida 7 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Hozirda Ingliz va o'zbek tillarida “bilim” konseptining semantik maydoniI va lingvomadaniy xususiyatlari mavzusida ilmiy tadqiqot olib boryapti.

     Urazkulova Aziza Anqayevna

urazkulovaaziza5@gmail.com

Ingliz tili kafedrasi dotsenti. 1998-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Aziza Urazkulova faoliyati davomida 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek,  bugungi qadar 2 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda 30 dan ortiq boshqa nashrlarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan. 

Sobirova Dilshoda Abrorovna
sabirovadilshoda368@gmail.com

 

1997-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. "Ingliz tili darsida talabalarning kompitentligi" mavzusida tadqiqot olib bormoqda.  1 darslik, va 10 uslubiy qo‘llanma, va 50 dan ortiq  maqolalar  muallifi. 

link

Rasulova Inobat Ilxomovna
  ilxomovna1992@gmail.com

SamDU ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2020-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Inobat Rasulova  faoliyati davomida xorijiy jurnallarda 12 tadan ko'p  ilmiy maqolalar,1 ta o'quv qo'llanma va 1 ta uslubiy qo'llanma e’lon qilgan.

Kadirova Feruza Rustamovna
firuza.kadirova.2020@mail.ru

Kadirova Firuza SamDU Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2019-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida ishlab keladi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida ushbu mavzuda “Teaching English Reading skills to the students of higher education” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Firuza Kadirova faoliyati davomida xalqaro va OAK bazasiga kiruvchi jurnallarda 15 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Abriyeva Nodira Narkulovna.
nodiraxon01011990@gmail.com
.
2018 yildan beri Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlab keldi.
Abriyeva Nodira faoliyati davomida 19 tadan ortiq turli jurnal va anjumanlarda ilmiy maqolalar e'lon qilgan. Hozirda "Ingliz va o'zbek tillarida rozilik-norozilikni ifodalashning verbal va noverbal usullari" mavzusida ilmiy tadqiqot olib boryapti.
Allamurodova Sabohat Ibodullayevna

Samarqand davlat universiteti Ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi. U 2019-yildan buyon shu kafedrada faoliyat yuritib kelmoqda va 20 dan ortiq ilmiy maqolalarini turli jurnallar hamda anjumanlarda e'lon qilgan. Hozirda “Ingliz adabiyotini o‘qitishda kulturologik yondashuv (oliy ta’lim tashkilotlari misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Muallifning “Medieval literature” (“O‘rta asr adabiyoti”) nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan. Shuningdek, u hammualliflikda “Ingliz adabiyotini o‘qitishda kulturologik yondashuv asosida tuzilgan mashqlar uchun mobil ilova” nomli dasturni yaratgan va u rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xamidova Malika Baxrankulovna
malikahamidova875@gmail.com

Xamidova Malika Baxrankulovna 2025-yil sentyabr oyidan buyon Samarqand davlat universitetining ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U 17 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lib, faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqolalarni chop etgan.

Xayrullayeva Xonzoda

xonzodaxayrullayeva1218@gmail.com

Xayrullayeva Xonzoda 2025-yildan buyon Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti Ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida assistent o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib keladi. U faoliyati davomida xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan.

Maftuna Xaydarova
maftunakhaydarova1403@gmail.com

SamDU ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2024-yildan buyon assistent o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Maftuna Xaydarova faoliyati davomida xorijiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqolalar eʼlon qilgan


Turakulova Nasiba Abdug'aniyevna
turakulova908@gmail.com

Filologiya fanlari bo'yicha 2024-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida o'qituvchi assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Bugungi kungacha 10 dan ortiq maqolalar e'lon qilgan
Asayev Jasurbek Olim ugʻli
asayev.ja@gmail.com

Markaziy osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti, ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi assistent oʻqituvchisi.2025-yilda Hindistonning English and Foreign Languages universitetida amaliyot oʻtab qaytgan. Bir necha maqolalar muallifi. Mahalliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega.

Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi chet tili kafedrasi nomi bilan 1962-yil SamDU chet tillar fakulteti qoshida tashkil topgan. Bu kafedra fakultetlararo kafedra boʻlib, asosan talabalarga ingliz tilidan saboq bergan. Kafedraga dastlab professor L.A.Kletnova, katta oʻqituvchi R.M.Mamatov, dotsent B.T.Tursunov, keyinchalik professor A.M.Bushuy, professor Sh.S.Safarov, dotsent A.N.Nurmuxamedov, dotsent M.B.Begmatov, dotsent G.M.Atayeva, dotsent T.S.Ismailov, professor R.Gargesh, professor S.Zanjani mudirlik qilgan boʻlsa, hozirgi kunda kafedrani dotsent Yu.Sh.Nurmuxammedov boshqarmoqda. Ingliz tili kafedrasi oʻz faoliyati davomida M.M.Nusharov, A.M.Bushuy, B.T.Tursunov kabi taniqli professorlarni, A.Nurmuxamedov, Poshali Usmon kabi taniqli yetuk mutaxassislarni yetkazib berdi. Kafedrada dotsent L.L.Arustamyan, dotsent A.M.Yuzlikayeva, dotsent D.I.Faxrutdinova, katta oʻqituvchilar: X.Mirmuxammedova, D.Sh.Mamajonova, K.Z.Xodjayeva, M.S.Kushshayeva, K.O.Mamadaliyevalar talabalarga ingliz tilidan saboq berganlar. Hozirgi kunda kafedrada Yu.Sh.Nurmuxammedov, N.A.Isakova, Sh.Sh.Xushmurodova, M.M.Buzrukova, S.A.Ruziyeva, G.T.Nurova, S.X.Tohirova, Sh.D.Rofeyeva, A.D.Saidova, A.A.Urazkulova, D.F.Zayniyevlar dotsent lavozimida, D.A.Sobirova, I.I.Rasulova, F.R.Kadirovalar katta oʻqituvchi lavozimida, N.N.Abriyeva, S.I.Allamurodova, N.Turaqulova, M.B.Xamidova, M.Xaydarova, X.Xayrullayeva, J.Asayevlar oʻqituvchi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqdalar.

Kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda o‘z ilmiy maqolalari bilan xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
Ingliz tili kafedrasida «Zamonaviy tilshunoslik masalalari va chet tillarini o‘qitish metodikasi» umumilmiy mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida so‘nggi uch yil davomida 3 ta monografiya va 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Kafedra a’zolarining 100 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro konferensiyalar to‘plamlarida, 50 ta maqolasi esa xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Kafedraning yosh assistentlari nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  •  Ingliz tili
  •  Asosiy o‘rganilayotgan til
  •  Ingliz tili frazeologiyasi va stilistikasi
  •  Sohada yo‘naltirilgan ingliz tili
  •  Umumiy o‘rta ta’limda ingliz tili
  •  Ingliz tili adabiyoti va tarixi
  •  Amaliy grammatika
  •  Nazariy grammatika
  •  Stilistika
  •  Tarjimashunoslikka kirish.
  •  Amerika adabiyoti tarixi

Magistratura

  •  Badiiy tarjimaning kognitiv masalalari
  •  Qiyosiy adabiyotshunoslik kognitiv masalalari
  •  Fonetika fonologiya va umumiy tilshunoslik masalalari
  •  Amaliy badiiy tarjima
  •  Tarjima amaliyoti va badiiy tahlil
  •  Tarjimon mahorati va etikasi

Kafedra hayotidan fotolavhalar