Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g`oya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
falsafa va milliy g`oya kafedrasi mudiri
Samadov Aktamkul Rafikovich
+99890 2128067 aktam78@mail.ru
Falsafa fanlari doktori (DSc). 2002-yildan beri Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasida faoliyat yuritadi. 2022-yildan boshlab SamDU falsafa va milliy g‘oya kafedrasi mudiri.
Aktamkul Samadov 2020-yilda “Shaxs estetik idealining shakllanish va rivojlanish muammolari” mavzusida falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 2024-yil universitet ilmiy kengashi xulosasiga ko‘ra professor unvoniga ega bo‘lgan.
2 darslik, 2 monografiya, 6 o‘quv qo‘llanma, va 150 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda 1, boshqa xalqaro jurnallarda 15 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.
Aktamkul Samadov rahbarligida 4 PhD dissertatsiyasi himoya qilindi.
Falsafa va milliy g`oya kafedrasi a’zolari
Muxtorov Muxsin Jabborovich
Falsafa fanlari nomzodi nomzodi, dotsent. 2020-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2012-yilda “Milliylik va baynalmilallik sotsialistik turmush tarzida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Muxsin Muxtorov muallifligida jami 60 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 4 uslubiy qo‘llanma, 4 monografiya, 50 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud.
|
|
Jo`rayev Luqmon Narzullayevich
Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. 1992-yildan boshlab SamDU falsafa kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida yoshlar iqtisodiy madaniyatini transformatsiyalashuvi – sotsiomadaniy fenomen sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Luqmon Jo‘rayev tomonidan 1 ta darslik, 2 ta monografiya, o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, 120 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilingan.
|
|
Sultаnova Gulnoza Sabirovna
Falsafa fanlari doktori (DSc), professor. 2017-yildan beri Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritadi. Gulnoza Sabirovna 2021-yilda “Kognitiv konstruktivizm tafakkur tarzi kreativligining intellektual asosi sifatida” mavzusida falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 5 monografiya, 5 o‘quv qo‘llanma va 120 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
|
|
Ergasheva Maxbuba Xotambekovna
Falsafa fanlari doktori, professor. “Shuhrat” medali sohibi. 2010-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2017-yilda “Avestodagi falsafiy g‘oyalarga sinergetik yondashuv (ontologik va gnoseologik tahlil)” mavzusida PhD dissertatsiyasini, 2022-yilda “Ta’limning sinergetik qonuniyatlari: nazariy-metodologik tahlil” mavzusida DSc dissertatsiyasini himoya qilgan. 90 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 4 monografiya, 1 uslubiy qo‘llanma, 80 dan ziyod maqolalar muallifi. |
|
Kryukov Aleksey Nikolayevich
Falsafa fanlari doktori (DcS). 2022-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2003-yilda “Проблема интерсубъективности у Гуссерля и Сартра” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu kunga qadar 50 dan ziyod ilmiy ishlarini nashr etirgan, Web of science bazasidagi jurnallarda 2 maqola, 2 monografiya muallifi. spbu.academia.edu/AlexeiKrioukov https://orcid.org/0000-0002-6708-3598 https://dspace.spbu.ru/handle/11701/8778 https://doi.org/10.21638/2226-5260-2017-6-2-329-357 |
|
Jonibek Tanikulov Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2024-yildan boshlab falsafa va milliy g'oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda "Jamoatchilik fikrini shakllantirishda media axborot |
|
Sattorov Musurmon Dostonovich sattorovmusurmonqul1@gmail.com Falsafa fanlari nomzodi nomzodi, dotsent. 2024-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Sattorov Musurmon Dostonovich muallifligida jami 20 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 2 monografiya, 1- o'quv qo'llanmalari 25 ziyod ilmiy maqolalari mavjud. |
|
![]() |
Mamatov Tuxtamurod Otamurodovich Falsafa va milliy g'oya kafedrasi assistenti. Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar sharoitida yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning falsafiy xususiyatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Ilmiy maqolalari Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda hamda 12 ta mahalliy ilmiy nashrlarda e'lon qilingan. |
Tursunov Lochin Erkinovich
|
|
Toshkuvatova Ra’no Sheralievna
|
|
Raximova Mo'minaxon Zokirjonovna
Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent. 2024-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti, falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda "Abdurauf Fitratning axloqiy-falsafiy ta'limoti" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Raximova Mo'minaxon muallifligida jami 50 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 1 uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 40 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Kuchimova Farida Toshtemirovna Falsafa tanlari doktori, 2024-yildan boshlab falsafa va milliy g'oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda "Ta’lim tizimida yoshlarda proyektiv tafakkur tarzini shakllantirishning onto-gnoseologik masalalari "mavzusidagi falsafa fanlari bo'yicha doktorlik (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 16 dan ortiq maqolalar muallifi hisoblanadi. |
|
Raxmonova Nigina Tolibovna Asisstent. 2025-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. "Ma'naviy barqarorlik: mazmuni mezonlari, mustahkamlash imkoniyatlari" mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda Raxmonova Nigina Tolibovna muallifligida 15 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Jurakulov Voxidjon Nurdullayevich Kafedra assistenti. SamDU Falsafa va milliy g'oya kafedrasida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Jadidlar ta'limotida antropologik qarashlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. |
|
|
Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi tarixidan Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi Samarqand davlat universiteti tashkil topishi bilan bog‘liq. Mazkur kafedraga 1928-1932-yillar S.Krasnousov rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedra mudiri sifatida faylasuf olim, akademik Ibrohim Mo‘minov faoliyat olib borgan. Shuningdek falsafa kafedrasiga quyidagi olimlar ham rahbarlik qilib kelgan: 1. prof.O.E.Ergashev (1988-1993) 2. prof. J.Yaxshilikov (1993-2015) 3. prof. Sh.Negmatova (2015-2016) 4. prof. J.Yaxshilikov (2016-2020) 5. prof. S.Karimov (2020-2022) 2022-yildan bugungi kungacha falsafa fanlari doktori, dotsent A.R.Samadov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. |
![]() |
Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy safarlarda bo‘lib kelmoqda. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda. 2019-yilda kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Negmatova, G.Sultanova, Sh.Kubayeva (Xitoy), 2020-yilda A.Aymatov, L.Tursunov (Hindiston), 2022-yilda Sh.Negmatova (Turkiya), 2023-yil yanvar oyida G.Sultanovalar (Eron) xorijiy davlatlarda konferensiya, ilmiy anjumanlarda ishtirok etishgan, xorijiy malakalardan o‘tib kelishgan. Shu bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasi Sankt Peterburg Davlat universiteti professori Kryukov Aleksey Nikolayevich 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasiga ishga qabul qilingan. Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi olimlari “O‘zbekistonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning falsafiy asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. |
![]() |
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari Bakalavr va magistratura
|
![]() |
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar