Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasi

Davat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri
Kuldashev Muhammad Mahmudovich
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
2005-yilda “Turkiston o‘lkasi huquqi manbalari (1865-1917)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Muhammad Kuldashev faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olimning bugunga qadar Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.
https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993
https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993/81
Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi aʼzolari
|
Muqimov Ziyodulla Yusupovich
Yuridik fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida 1976-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1998-yilda “O‘zbekiston huquqining asosiy tarixiy manbalari (VIII-XIX asrlar)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Professor Ziyodulla Muqimov ellik yildan oshiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi. 15 dan ortiq monografiya, 8 o‘quv qo‘llanma, 5 darslik, 300 dan ortiq maqolalar muallifi. |
|
|
Kuldashev Muhammad Mahmudovich Yuridik fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2005-yilda “Turkiston o‘lkasi huquqi manbalari (1865-1917)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Muhammad Kuldashev faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olimning bugunga qadar Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993 https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993/811 |
|
|
Nazarov Elmurod Nazarovich Samarqand davlat universiteti Davlat huquqiy fanlari kafedrasida 2004-yildan buyon yurisprudensiya yo'nalishida talabalarga nazariy va amaliy dars berib keladi. Hozirgi vaqtda ham yuridik fakulteti Davlat huquqiy fanlari kafedrasida o'qituvchi bo'lib ishlab kelmoqda. |
|
|
Aleksanyants Alena Arsenovna 2024-yildan buyon Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti davlat yuridik fanlari kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. |
|
|
Ahmedova Zilola Hamidovna Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida "Ijtimoiy ta'minot sohasini davlat tomonidan tartibga solinishining huquqiy asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda. Zilola Ahmedova faoliyati davomida 4 ta ilmiy maqolalar, 1 ta tezis muallifi. |
|
|
Tollibayeva Malika Ulmasjon qizi Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Hozirda Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar Oliy maktabi mustaqil tadqiqotchisi sifatida "Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda advokatni vakil sifatidagi ishtirokining nazariy-amaliy jihatlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda. Malika Tollibayeva faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta tezis muallifi. |
|
| Mirzoyeva Mohinur Ulug'bek qizi mohimmirzoyeva11@gmail.com Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 2025- yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Mohinur Mirzoyeva 3 ta maqola va 1 ta tezis muallifi. " Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada yuritishda advokat ishtiroki" mavzusida tadqiqot olib bormoqda. |
|
| Ibragimova Farangiz Zafar qizi ibragimova001@mail.com Samarqand davlat unversiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 2026-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Ibragimova Farangiz 10 ga yaqin maqolalar muallifi. "Yangi O'zbekiston davlat boshqaruv tizimini rivojlanishining tashkiliy-huquqiy asoslari" mavzusida tadqiqot olib bormoqda. |
|
![]() |
Davlat huquqiy fanlar kafedrasi haqida Davlat huquqiy fanlar kafedrasi 2022-yilda tashkil topdi. Bundan oldin “Huquqshunoslik va huquqiy ta’lim” kafedrasi nomida faoliyat olib borgan. Kafedrada bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasida qonunchilikni rivojlantirishda milliy manfaatlarning ustuvorligini ta’minlash” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 30 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 20 dan ortiq monografiya, 500 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr etganlar. Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
Kafedra faoliyatidan fotolavhalar




