Kafedra mudiri

Olim Eshniyozov

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 90 742 56 10
  •  Elektron pochta:

Biografiya

1976-1981 yy. - Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti talabasi
1981-1984 yy. - Samarqand davlat universiteti muammolar laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi
1984-1986 yy. - Samarqand davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi o‘quv ustasi
1986-1987 yy, - Samarqand davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi stajyori
1987-1992 yy, - Moskva davlat energetika instituti aspiranti
1992-2004 yy, - Samarqand davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi o‘qituvchisi
2004-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi dotsenti
2011-2015 yy -  Samarqand davlat universiteti «Umumtexnika fanlari» kafedrasi mudiri
2015-2018 yy -  Samarqand davlat universiteti «Kasbiy ta’lim» fakulteti dekani
2018-2020 yy  - Samarqand davlat universiteti "Mehnat ta’limi" kafedrasi dotsenti
2020 h.v. -    Samarqand davlat universiteti “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi dotsenti

 

BOSHLANG‘ICH VA TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI TARIXI HAQIDA  MA’LUMOT

2021-yil avgustda Samarqand davlat universiteti rektori R.I.Xalmurodovning buyrug’i  asosida  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashkil etilishi munosabati bilanUmumtexnika fanlari va texnologiyalar”, “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” hamda “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedralari birlashtirilib Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi tashkil etildi.

 

Umumtexnika fanlari va texnologiyalar”kafedrasi

1976-yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand Pedagogika instituti tarkibida “Umumtexnika fanlari va mehnat” kafedrasi tashkil etilgan. 1976-1978 yillarda dots.A.Abdulaev kafedra mudiri, kafedra a’zolaridan p.f.d.prof.N.Saidaxmedov, k.o‘.N.M.Antoneva, k.o‘.M.X.Niryaeev, dots.A.Fayzullaev, dots.Sh.Quvondiqov, k.o‘ A.Quchqorov, k.o‘.N.Egamberdiev, katta lab.G.Safoevalar faoliyat yuritishgan. 1978-yilda Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasidan “Ishlab chiqarish asoslari” kafedrasi ajralib chiqib, kafedra mudiri lavozimida prof.N.Saidaxmedov ishlagan. 1979-1992-yilgacha dots.Toshboev kafedra mudiri vazifasimi bajargan. 1978-1984 yillarda Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasiga katta o‘qituvchi M.Neryaev mudirlik qilgan.

Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi kafedrasi qoshida Lenengrad Optika instituti bilan hamkorlikda “Termorad” xo‘jalik hisobidagi ilmiy-texnik laborotoriya f.m.f.d.,prof.G.I.Ikramov rahbarligida faoliyat yuritgan. Bu lobarotoriyada quydagi olimlar va ilmiy xodimlar xo‘jalik shartnomalarini bajarishgan va ilmiy izlanishlar olib borishgan.  Bular:  t.f.n.dots.I.X.Isaaev, prof.A.Saloxiddinov, prof. U.Yorqulov, prof.A.Alimov, f.m.f.n.Sh.Salimov, dots.A.Boboev, dots.N.A.Qosimov, dots.X.Norqoraev, dots.M.Rahmatov dots.O.Eshniyozov, dots.S.Sirojov, katta ilmiy xodim.J.Komilovlardir.

1984-1994 yillar dots. A.Baxriddinov kafedraga mudirlik qilgan,o‘sha vaqtda kafedrada A.Abdulaev, p.f.d.prof.N.Saidaxmedov, k.o‘. N.M.Antoneva, k.o‘.M.X.Niryaev, dots.A.Abdullaev Sh.Quvon­diqov, dots.I.Suvankulov, dots.O.Eshniyozov, dots.I.Isaaev, dots.O.Vaxobov, k.o‘.U.Nuriev,  k.o‘.O.Pardaev, t.f.n.A.Urunov o‘qituvchi F.Tashimovlar faoliyat olib borishgan. 

1992-yilda Pedagogika institutining SamDUga qo‘shilishi munosabati bilan    Umumtexnika fanlari kafedrasi Pedogogika fakultetiga qo‘shilgan.

1994-yildan dots. Sh.Quvondiqov, kafedraga mudirlik qilgan, kafedrada dots.A.Abdulaev, p.f.d.prof.N.Saidaxmedov, dots.D.Rustamov, k.o‘. N.M.Antoneva, k.o‘.M.X.Niryaev, k.o‘.O.Pardaev dots.I.Suvankulov, dots.O.Eshniyozov, dots.M.Rahmatov, dots.I.Isaaev, dots.O.Uzoqov, dots.M.Annaqulov, dots.O.Vaxobov, t.f.n.A.Urunov, o‘qituvchi F.Tashimov, o‘qituvchilardan A.Nuritdinov, R.Jiyanqulova, A.Ibra­gimov, R.Jo‘raeva, M.Eshmurodova, M.Xalimov, Z.Pardaevlar faoliyat olib borishgan.

2011-yil 28-fevraldan 2015-yil 7-sentabrgacha dots.O.Eshniyozov kafedraga mudirlik qilgan, kafedrada m.f.d.prof.F.Axmedjanov, dotsentlardan D.Rustamov, Sh.Quvondiqov, M.Raxmatov, I.Suvan­kulov, t.f.n. A. Uru­nov, o‘qituvchilardan A.Nuritdinov, R.Jiyanqulova, R.Juraeva, M.Rasu­lovalar ishlagan.

2012-yildan ilk bor Ishlab chiqarish korxonalaridan  8-mart MCHJ tikuvchilik korxonasi, Samarqand-Buxoro ipak-gilam korxonasi, Amin invest interneshinil ishlab chiqarish korxonasi (Jomboy), Maroqand mebel MCHJ korxonalari bilan  shartnomalar tuzilib amaliyot ishlari boshlangan.

2015 yili 7 sentabrdan dots.O.Eshniyozov Kasbiy ta’lim fakultetiga dekan lavozimiga o‘tishi munosabati bilan Umumtexnika fanlari kafedrasiga katta.o‘qituchi N.Tug‘izov  mudir etib tayinlangan. 2016-yil sentabr oyidan Umumtexnika fanlari kafedrasi Mehnat ta’limi kafedrasi deb nomlangan.

2015-2017-yillarda kafedrada “Разработка акустичиского метода контроля конструкционних материалов ядерних реакторов” mavzusida f.m.f.d.F.Axmedjanov va dots.O.Eshniyozovlar tomonidan amaliy grant bajarilgan.

2017-yil may oyidan 2020-yil 1-iyungacha t.f.n.A.Urunov kafedraga mudirilik qilgan. 2020-yil 1-fevraldan Mehnat ta’limi kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar kafedrasi deb nomlangan.  Kafedra tarkibida dotsentlardan Sh.Quvondiqov,  M.Raxmatov,  I.Suvankulov,  O.Eshniyozov, T.Ostonov, t.f.n.A.Urunov, katta o‘qituvchilardan Sh.Mamasolieva, L.Bobomurodova, o‘qituvchilar G.Bakaev A.Nuritdinov, R.Jiyanqulova, M.Rasulova, A.Nuriddinov, S.Igamov, A.Gadaev. Z.Markaevlar faoliyat ko‘rsatgan.

Kafedra 2002-yildan 2010 yilgacha 5A140901-kasbiy ta’lim (elektroradio­texnika) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelgan.

Kafedra ilmiy-tadqiqot rejasiga asosan professor-o‘qituvchilar “Umumtexnika fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” mavzusi yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu izlanishlar natijasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta o‘quv  qo‘llanma, 14 ta uslubiy qo‘llanma, 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy maqolalar hamdo‘stlik mamlakatlari hamda respublikamiz miqyosidagi ilmiy uslubiy  jurnallarda chop ettirilgan. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy va o‘quv uslubiy qo‘llanmalardan na faqat mehnat ta’limi yo‘nalishidagi talabalar, balki viloyatimizdagi maktablarda va kasb-hunar kollejlarida mehnat ta’limi va umumtexnika fanlaridan dars beradigan o‘qituvchilar tomonidan keng foydalanilmoqda.

Umumtexnika fanlari kafedrasi o‘quv jarayonini, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni, o‘quv, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlarni sifatli tashkil etish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Respublikamizdagi o‘quv va ilmiy markazlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi shartnomalari tuzilgan.

Ilmiy tadqiqot natijalarini kasb-hunar kollejlari va maktablarda o‘quv jarayoniga tadbiq qilish bo‘yicha ma’lum  ishlar amalga oshirilgan.

 

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti  kafedrasi                                                                       

Kafedra 1966-1967 o‘quv yilida sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Pedagogika instituti bazasida “Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim uslubiyati” nomi bilan ochilgan. O‘quv dargohning kengayishi munosabati bilan 1976-1977 yillarning may oyida “Boshlang‘ich ta’limda gumanitar fanlar va ularni o‘qitish  uslubiyati” kafedrasi tashkil etilgan.  Kafedraga dotsent O.Eshmurodov mudirlik qilgan.  Dots. Q.Haydarov, k.o‘q.S.M.Nazarova, o‘qituvchilardan D.S.Begadjieva, Q.Tursunov, D.Ergashev, M.Quronov, S.Sodiqovlar faoliyat yuritishgan. Keyinchalik kafedraga professor S.N.Nishonov, dotsentlardan X.T.Axmatov, M.Safin, Sh.Q.Shirinboev, F.Badriev,   A.Azi­­mov, X.Z.Ziyadullaev, V.T.Denisenko, Sh.Maxmatmurodovlar ishga qabul qilingan.

1984-1985 o‘quv yilida kafedra ikkiga bo‘lingan.

1. Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi. Bu kafedraga quyidagi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan:

a) 1977-1980 yillar dots. O.Eshmurodov

b) 1980-1983 yillar dots. F.Badriev

v) 1984-1985 yillar dos. S.Nazarova

g) 1985-1986 yillar dots. Sh.Maxmatmurodov

d) 1987-2000 yillar dots. X.Ziyadullaev

s) 2002-2007 yillar dots. Q.Tursunov

2. Tillar va adabiyot kafedrasi. Bu kafedraga esa quyidagi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan:

a) 1982-1987 yillar dots. X.Axmatova

b) 1987-1989 yillar dots. A.Azimov

v) 1989-1992 yillar dots. U.Sanaqulov

g) 1992-1997 yillar prof. N.Turniyozov

d) 1997-1999 yillar dots. A.Azimov.

2002-2003 o‘quv yilining sentabrida “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi” kafedrasi asosida uchta kafedra tashkil etilgan:

1. Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi – kafedra mudiri etib dots. Q.Tursunov; 2. Boshlang‘ich sinflarda tillar va adabiyot kafedrasiga dots. Sh.Maxmatmurodov; 3. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri etib dots. S.Abilovalar saylangan.

2005-2006 o‘quv yilidan boshlab, mazkur kafedralar birlashtirilib  “Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati” kafedrasi tashkil etilgan va kafedrani dots. Q.Tursunov boshqargan. 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab kafedraga dots. G‘.YAxshiboev mudir etib tayinlangan. Hukumatimiz boshlang‘ich ta’limga alohida talablar qo‘yganligi uchun universitet rektorining 2008-yil 4-maydagi buyrug‘iga asosan, kafedra ikkiga bo‘lindi.

1. Gumanitar fanlar va ularni o‘qitish uslubiyati. Kafedra mudirligiga vaqtincha boshqarib turish uchun dots. G‘.YAxshiboev tayinlangan.

2. Aniq, tabiiy fanlar va ularni o‘qitish metodikasi. Mazkur kafedraga rektorning buyrug‘i asosida dots. X.Nazarov rahbarlik qilgan.

2010-yil dekabr oyidan boshlab kafedrani f.f.n. F.Shodiev boshqarib kelmoqda.

2012-yil birinchi noyabrdan har ikkala kafedra qo‘shildi. Kafedra mudiri vazifasini boshqarib turish f.f. nomzodi F. Shodievga yuklatildi.

2013-yil iyun oyidan boshlab f.f.n. F. Shodiev “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga tanlov asosida mudir etib saylanadi.

Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2018-yil 25-dekabrdagi 6-sonli majlisidagi qaroriga ko‘ra “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi negizida “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” hamda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedralari tashkil etiladi.

“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedra mudiri vazifasiga f.f. nomzodi F. Shodiev tanlovdan o‘tadi.

Kafedra mudiri bo‘lib ishlaganlar to‘g‘risida ma’lumot:

1980-1983 yillarda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.Badriev rahbarlik qildi.

1984-1985 yillarda kafedraga dotsent S.Nazarova rahbarlik qildi.

1985-1986 yillarda kafedraga professor Sh. Maxmatmurodov rahbarlik qildi.

1987-2000 yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.Ziyodullaev rahbarlik qildi.

2000 (may) – 2007 (may) yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasini pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Q.Tursunov boshqardi.

1981-1987 yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.Aktamova rahbarlik qildi.

1987-2009 yillar davomida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi dotsent A.Azimov rahbarlik qildi.

2019-yildan “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Shodiev rahbarlik qilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedraning xususiyatidan kelib chiqqan holda “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kasbiy mahoratini oshirish muammolari” nomli mavzu asosida izlanishlar olib borishgan. Ushbu izlanishlar natijasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2ta monografiya, 3 ta o‘quv  qo‘llanma, 17 ta uslubiy qo‘llanma, 100ga yaqin ilmiy va ilmiy uslubiy maqolalar  xorijiy mamlakatlarning hamda respublikamiz miqyosidagi ilmiy uslubiy  jurnallarda chop ettirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga hamda 70110501 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi magistrlariga dars o‘tishadi.

Kafedrada   8 ta dotsent, 3 ta assistent faoliyat ko‘rsatgan.

Kafedra a’zolari talabalar bilan tadbirda

Boshlang’ich ta’lim metodikasi  kafedrasi

Kafedra 2019-yil 5-yanvar Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashining 6-sonli qarori va universitet rektorining 8-ijro sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. Kafedra mudiri – dotsent Rabbanaqulov Hikmatillo, Samarqand  davlat universiteti ilmiy kengashi qarori asosida tasdiqlangan.

Kafedrada o’tiladigan fanlar:

  1. Ona tili o‘qitish metodikasi

2. Matematika o‘qitish metodikasi

3. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi

4. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

5. Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari

6. Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi

 

Ilmiy salohiyat 36%  ni tashkil qiladi. Kafedrada yana 9 nafar fan nomzodi va 16 nafar assistent 2 nafar o’rindosh, 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko’rsatgan. Kafedraning asosiy stimuli: Samarqand viloyat maktablari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik asosidagi ishlarni amalga oshirishni yo’lga qo’yishdan iborat.