Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
algebra va geometriya kafedrasi mudiri
Jabborov Elmurod Yazdonovich
+99898 2102288 jelmurod-76@yandex.ru
Elmurod Jabborov fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2001-yildan beri Samarqand davlat universitetida dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi mudiri.
Algebra va geometriya kafedrasi a’zolari
|
Ro‘zimuradov Xaydar Xolmuradovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika, hamdo‘stlik mamlakatlari va rivojlangan chet el davlatlarning jurnallarida chop etilgan. |
|
|
Mamatov Akmal Ravshanovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. “Shuhrat” medali sohibi. «Boshqarishning oʻzgaruvchilari bogʻlangan chiziqli maksimin masalalarida optimallik shartlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Akmal Mamatov oʻzgaruvchilari bogʻlangan maksimin masalalari, boshqarishning maksimin masalalarida optimallik shartlari, bu masalalarni yechish algoritmlari, parametrga bogʻliq chiziqli tengsizliklar sistemasini yechish algoritmlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Olim ilmiy faoliyati davomida 4 oʻquv qoʻllanma, bir oʻquv-uslubiy qoʻllanma, bir uslubiy koʻrsatma, 100 dan ortiq ilmiy ishlar (maqola, tezis) nashr ettirgan, 9 «Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur»lari Intellektual mulk agentligida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://www.scopus.com/record/display.uri?origin=inward&eid=2-s2.0-33750380321 https://doi.org/10.1134/S0965542506100071 https://www.scopus.com/record/display.uri?origin=inward&eid=2-s2.0-77954079288 |
|
|
|
Narzullayev Ulugbek Xayrullayevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor, matematika, axborot texnologiyalari va oliy ta’limni rivojlantirish sohalarida samarali faoliyat yuritgan tajribali olim va tashkilotchidir. 1978 yilda Sankt-Peterburg (Leningrad) davlat universitetining matemaiika-mexanika fakultetini tugatgan. Leningrad davlat universitetini tugatgandan keyin stajer-izlanuvchi lavozimiga qabul qilingan. 1980-1983 yillarda Leningrad davlat universitetida aspiranturada o’qib, l983 yilda “Lokalno-trivialniye kogomologii i ix primeneniye v algebraicheskoy geometrii” mavzuda nomzodlik dissertasiyasini o'z muddatida muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1983 yildan boshlab Samarqand davlat universitetining “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasida assistent lavozimida faoliyatini boshlagan. 1987 yilda shu kafedraning dotsenti lavozimiga saylangan. 1994 yildan 1996 yilgacha universitetning mexanika-matematika fakultetida o'quv ishlari bo’yicha dekan o'rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. 2004 yilda SamDU Informatika va axborot texnologiyalari fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan. O’z mehnat faoliyatini 2005-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida davom etgan. 2009-yildan filial direktori lavozimiga tayinlangan. 2013 -2026 yillarda TATU Samarqand filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2026 yil avgust oyidan SamDU Algebra va geometriya kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. U.X.Narzullayevning ilmiy izlanishlari gomologik algebra, algebraik sonlar nazariyasi, algebraik geometriya hamda axborot texnologiyalarining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan. 120 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi hisoblanadi. Jumladan, 105 ta ilmiy maqola va konferensiya tezislari, 30 dan ortiq maqolalari xorijiy ilmiy nashrlar hamda respublikamizning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan. Uning muallifligida 1 ta darslik, 1 ta monografiya va 7 ta o’quv qo’llanma nashr etilgan. Bundan tashqari hammualiflikda 6 ta o’quv qo’llanma nashr etilgan. U.X.Narzullaev O‘zbekiston Respublikasi «Ustoz» fondi granti sovrindori bo‘lib, 1999 yil iyul oyida AQShning Vashington shahrida malakasini oshirgan. 2006 yil may oyida Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida KADO agentligida bir oylik malaka oshirish kursida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan takdirlangan. 2018 yilda Buyuk Britaniyaning Staffortshirt universitetida Erasmus Plus xalqaro fondi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda qatnashib, sertifikat olgan.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 24 sentabrdagi 352-sonli buyrug’iga asosan “OLIY TA’LIM A’LOCHISI” ko’krak nishoni bilan mukofotlangan. 2006 yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil”, 2011 yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil”, 2016 yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://doi.org/10.1007/978-3-642-56666-0_15 (2001), 246-251 pp. (Scopus). ISSN: 2278-3075, Volume-8, Issue-9S3, July 2019. 2270-2273 pp. (Scopus). http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/14663. (Scopus) https//doi.org/10.1063/5.0058952 (Scopus). DOI: 10.1109/ ICISCT 52966. 2021.9670176. https://doi.org/10.26661/2786-6254-2023-1-02. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-85180058239&origin https://www.google.com/search?q=Fragmentary https://www.scopus.com/authid/detail.uri? authorId=58766501800 https://multijournals.org/index.php/innovative/ article/view/2961/3428. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i4.308 DOI: 10.1109/UralCon71028.2026.11734239
|
|
Bo’riyev Tolibjon Ergashovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1984-yil nomzodlik dissertatsiyani himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi unvonini olgan. |
|
|
Shukurov Vaxob Samadovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2020-2022-yillarda nomatematik fakultet talabalari uchun oliy matematikadan “Matematika” va “Matematikadan misol va masalalar” to’plami nomli o’quv qo’llanma chop ettirgan. |
|
|
Ergashev Vafokul Ergashevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. “Качественные исследование двумерной системы дифференциальных уравнений с заданными интегральными прямыми” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olimning ilmiy izlanishlari oddiy differensial tenglamаlar sistemasining sifat nazariyasi va ularning tabiiy fanlarga tatbiqlari masalasiga bag‘ishlangan. Faoliyati davomida 3 o’quv-uslubiy qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr qilgan. |
|
![]() |
Tilavov Rustamjon Axtamovich Rustamjon Tilavov 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 4 maqolasi, konferensiyalarda 5 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, 1 oʻquv qoʻllanma. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi matematik analizning Xardi integral tengsizliklari muammolariga bag‘ishlangan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
![]() |
Absalamov Akmal Tolliboyevich Akmal Absalamov fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 2015-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2022-yildan Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Olim 2021-yilda “Gonosomal evolyutsion operatordan hosil qilingan trayektoriyalarning asimptotik xarakteri” mavzusida fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 3, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 15 ga yaqin maqolalari, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 20 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Akmal Absalamov yuqori o‘lchovli chiziqli bo‘lmagan operatorlarning diskret dinamik sistemalari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Xaydarov Zafar Xaydar o'g'li 2023-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti algebra va geometriya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 10 dan maqolasi chop etilgan. Zafar Xaydarovning asosiy ilmiy yo‘nalishi Hamilton sistemalari va ularning rezonans sharoitlaridagi xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: Symbolic computation of an arbitrary-order resonance condition in a Hamiltonian system Structure of Resonant Variety in Hamiltonian Systems with Three Degrees of Freedom Calculation of a strong resonance condition in a Hamiltonian system |
|
|
Sharipov Xurshid Fazliddinovich Sharipov Xurshid fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2025-yildan Samarqand davlat universiteti Algebra va geometriya kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Olim 2021-yilda “Submersiyalarning akslantirishlar gruppasiga nisbatan differensial invariantlari” mavzusida fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024 yil geometriya va topologiya ixtisosligi bo'yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. Uning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 4, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 20 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Xurshid Sharipov riman geometriyasi, qatlamalar nazariyasi, gomologiyalar nazariyasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot olib boradi. Scopus ва Web of Science bazalaridagi profillarining elektron havolalari: |
|
|
Azimov Alijon Axmadovich
Alijon Azimovning Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan jurnallarda 4 ta, xalqaro hamda Respublika ilmiy jurnallarida esa 6 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, u xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda 21 dan ortiq tezis bilan ishtirok etgan. Uning ilmiy izlanishlari nochiziqli analiz va darajali geometriyaning murakkab masalalarga qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar manzillari: |
|
![]() |
Xabiba Nosirova Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2019-yil 3-sentabrdan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Algebra va geometriya kafedrasida dotsent bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Xabiba Nosirova 1948-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1970-yilda Samarqand davlat universitetini matematika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1970–1975-yillarda Toshkent davlat universitetining Funksional tahlil kafedrasida stajyor-tadqiqotchi va aspirant, 1975–1977-yillarda Oliy matematika kafedrasida assistent bo‘lgan. 1977–1998-yillarda SamDUning Funksional analiz kafedrasida assistent va dotsent, 1998–2001-yillarda universitet qoshidagi gimnaziya direktori, 2001–2018-yillarda Algebra va geometriya kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan. 2006-yilda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. SamDUda «Algebra va sonlar nazariyasi» fanidan dars bergan. 2011-yilda «To‘plamlar va akslantirishlar» uslubiy qo‘llanmasini hammualliflikda tuzgan va «Sonlar nazariyasi asoslaridan masala va mashqlar» qo‘llanmasiga mas’ul muharrirlik qilgan. Faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan |
|
Settarova Elvira Safvetovna Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi assistenti. “Chiziqli bo‘lmagan algebraik tenglamalar sistemalarini yechish metodlari va ularning tatbiqlari” mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. 4 oʻquv va 5 metodik qoʻllanma muallifi. |
|
|
Soleyeva Nigina Ahmadjonovna Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2021-yilda “Gayss egriligi ikkinchi tartibli nolga ega bo’lgan R3 fazoda gipersirtlarning lagranj maxsusliklari” mavzusida “Geometriya va topologiya” ixtisosligi boʻyicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 2 hamda respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. |
|
![]() |
ALEKSANDR BORISOVICH BATXIN Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Texnion – Isroilning Texnologiyalar institutida ishlab kelmoqda. 2022-yildan buyon Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasida tashqi o‘rindosh dotsent sifatida faoliyat yuritmoqda. 1992-yilda Odessa davlat universitetida (hozirgi I.I.Mechnikov nomidagi universitet) “Neter nazariyasi va diskret siljish guruhlari bilan konvolyutsiya tipidagi ko‘p o‘lchovli operatorlar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022-yilda u Rossiya Fanlar Akademiyasining M.V.Keldish nomidagi Amaliy Matematika Institutida “Gamilton mexanikasida davriy va statsionar yechimlar oilalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Aleksandr Borisovich Batxin 90 dan ortiq nufuzli jurnallarda bosilgan ilmiy maqolalarning, bir nechta ilmiy jurnallarda taqrizchi va bir nechta fan nomzodi talabgorlarining dissertatsiyalariga taqrizchilik va ilmiy rahbarlik qilgan. Aleksandr Borisovich Batxinning xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari: Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=55056216900 Google Scholar: Александр Батхин - Академия Google |
![]() |
Arutyunov Andronik Aramovich
Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), V.A. Trapeznikov nomidagi boshqaruv muammolari institutida ishlab kelmoqda. 2025-yildan buyon Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasida tashqi o’rindosh professor sifatida faoliyat yuritmoqda. 2013 yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Steklov nomidagi matematika institutida "Kompakt bo'lmagan ko’pxilikdagi psevdodifferentsial operatorlar hisobini ikki marta katta o’lchamli kompakt ko’pxilikdagi hisob-kitobga o’tkazish" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2023 yilda u Rossiya Fanlar akademiyasining Steklov nomidagi matematika institutida doktorlik dissertatsiyasini "Gruppa algebralari va boshqa assotsiativ tuzilmalardagi hosilalar" mavzusida himoya qilib, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Arutyunov Andronik Aramovich 40 dan ortiq nufuzli jurnallarda bosilgan ilmiy maqolalarning, bir nechta ilmiy jurnallarda taqrizchi va bir nechta fan nomzodlik talabgorlarning dissertatsiyalariga taqrizchilik va ilmiy rahbarlik qilgan. Arutyunov Andronik Aramovichning xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari: Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57202571422 ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Andronick-Arutyunov Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=zbtQMR8AAAAJ&hl=ru |
![]() |
Nasritdinov Marat Faritovich https://kpfu.ru/Marat.Nasrutdinov
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Qozon (Privoljskiy) federal universiteti, N.I. Lobachevskiy nomidagi Matematika va mexanika instituti direktori. Kompyuter matematikasi va informatika kafedrasida ichki hisobdag'i o'rinbosar. 1998-yilda Qozon davlat universitetini, mexanika-matematika fakultetini "Matematika" yo'nalishi bo'yicha "Matematik" malakasi bilan tamomlagan. 2007-yilda "Cheklangan hosil bo'lgan tekis modullarning proyektivligi haqida" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2025-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. Marat Faritovich Nasritdinov institutdagi rahbarlik faoliyatini talabalarga o'quv kurslarini olib borish bilan qo'shib bormoqda. O'quv materiallarini Yandex.Disk va GitHub platformalarida ochiq kirish uchun joylashtiradi.
|
|
Otabek Turdimurodov Algebra va geometriya kafedrasi o'qituvchisi 2016-yildan buyon Samarqand davlat universitetida o'qituvchi va turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 15 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Faoliyati davomida 4 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda maqolalar e'lon qilgan. Hozirda "Quvur va kanallarda elastik qovushoq suyuqlikning nostatsionar va tebranma oqimi jarayonlarini matemik modellashtirish" mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. |
|
![]() |
Asrorov Diyorjon Usmonovich
|
![]() |
Algebra va geometriya kafedrasi haqida Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi 1962-yilda tashkil etilgan bo’lib, unga dotsentlar R.Iskandarov, M. Sobirov, A.Amonov, G.Ergashevlar rahbarlik qilib kelishgan. Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasida turli yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi prof. Romanov dots. N.Baskov, dots.M.Ibragimov dots.L. Shaxova, prof. A. Zikov, B. prof Skubenko, prof. X.Narzullayev, K.Bakiyev, katta o’qituvchilar Yu.Sharipov., A.Pen, dots. Akramov , dots.Y.Jo’rayev, dots. F.Sharipovlar faoliyat ko’rsatishgan. Geometriya kafedrasi 1972-yilda tashkil etilgan bo’lib, unga prof. E. Xatipov (1986-yilgacha), prof. A. Ortiqov, T. Temirovlar rahbarlik qilishdi. Geometriya kafedrasida turli yillarda dots. M.Amirov, dots. X.M. Shodiyev, katta o’qituvchilar R.Sharipova, Z.Pashayev, X.Nasimov, N.Raxmatullayeva, fizika-matematika fanlari nomzodlari S. Rahmatov, N. Xudoynazarovlar faoliyat ko’rsatishgan. |
![]() |
Kafedra ilmiy salohiyati quyidagi ilmiy maktablar faoliyatlari bilan bog’liqdir. Samarqand universitetida geometriya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlashda 1944-yilda Samarqandga taklif etilgan professor Axmed Emir-Asan Xatipovning ham hissasi kattadir. Prof. A.E.- A. Xatipov geometriyaning har xil bo’limlaridan darsliklar yozish bilan birga O’rta Osiyoda o’rta asr matematikasi tarixi bo’yicha samarali mehnat qildi. Uning bu mavzuda yozgan ilmiy ishlari o’rta asr sharq olimlarining matematikaga oid ishlari bilan keng ommani tanishtirishda muhim rol o’ynadi. |
![]() |
Kafedraning ilmiy faoliyatida Sankt-Peterburglik olim B.Skubenkoning ham xizmatlari katta. B. Skubenko o’z shogirdlari bilan sonlarning geometrik nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar olib borib, Samarqandda sonlar geometriyasi bo’yicha o’ziga xos ilmiy maktab yaratdi. Bu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarga prof. X.Narzullayev rahbarlik qilib keldi. Bu ilmiy maktab asoschilari tashabbusi bilan 1972-yilda SamDUda sonlar nazariyasiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ilmiy izlanishlarni shu yo’nalish bo’yicha davom ettirib kafedra a’zolaridan A. Istamov, N.Axmedov, X. Muxsinov, U.Akramov A.Xurramov, X.Ro’zimuradovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. X.Narzullayev 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. |
![]() |
Moskvalik prof. A.D. Bryuno ilmiy maktabining darajali geometriya yo’nalishi bo’yicha prof. A. Soleyev bir guruh yosh olimlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Shu yo’nalishda Samarqand ilmiy maktabi yaratilib, uning asoschilari tashabbusi bilan Samarqandda uchta xalqaro konferensiya o’tkazildi (ICSTM-1996, CASC-2000, SMR2150-2009). Bu ilmiy maktabning aktiv a’zolari sifatida prof. I.Ikromov, dotsentlar U. Narzullayev X.Ro’zimurodovlarni keltirish mumkin. Bu ilmiy maktab asosida kafedra qoshida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta Maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadigan “Algebra va analizning nochiziqli muammolarini tadqiq etishda darajali geometriya va kompyuter algebrasi metodlarini rivojlantirish” mavzusida ilmiy loyiha faoliyat ko’rsatmoqda. |
![]() |
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar








.jpg)







