Arindam Banik
banik.arindam@gmail.com


Iqtisod fanlari doktori, professor.  Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi xalqaro savdo va xizmatlar, global moliyaviy nomutanosiblik, moliya bozorlari va toʻlov tizimlarining tuzilishi va tashkil etilishi, texnologiyalar transferi va bozorlar va iqtisodiyotning strategik tahlili, korporativ boshqaruv, moliya sektoridagi islohotlar va iqtisodiy oʻsish, xalqaro moliya va boshqa koʻplab sohalarini takomillashtirishga qaratilgan.
2024-yildan buyon kafedrada professor lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Arindam Banikning 200 ga yaqin mahalliy hamda xalqaro jurnallarda maqolalari e'lon qilingan.
Shuningdek, Palgrave Macmillan, Springer va University Press Limited tomonidan nashr etilgan bir nechta kitoblarni yozgan. Global Business Review menejment jurnalining muharriri va tahririyat a’zosi. 
Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda 10 dan ortiq maqolasi e’lon qilingan.

Prof. Dr. Zoltan Karoli Lakner
lakner.zoltan.karoly@uni-mate.hu
lakner.zoltan@gmail.com

Zoltan Karoli Lakner — agrar iqtisodiyot (agrárökonómia / agricultural economics) sohasi bo‘yicha Vengriya Fanlar Akademiyasi doktorlik diplomiga ega olim. 2024-yildan boshlab Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Professor Lakner raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrantlarga Ekonometrika–2 fanidan dars beradi. Shuningdek, kafedra tadqiqotchilariga ilmiy izlanishlarda zamonaviy ekonometrik modellarni qo‘llash borasida amaliy yordam ko‘rsatib keladi.

Olim tomonidan 350 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek xalqaro ma’lumotlar bazalarida 174 dan ortiq maqolalar chop etilgan. “Scopus” bazasida uning maqolalariga 3465 dan ortiq iqtibos keltirilgan bo‘lib, H-indeksi 28 ga teng. “Web of Science” bazasida 168 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan, iqtiboslar soni esa 2800 dan ortiqni tashkil etadi. Mazkur bazadagi H-indeksi 24 ga teng.

Profil havolalari:

Zaichenko Irina Mixaylovna
 zaychenko@spbstu.ru
 +7 (812) 550-36-52

Zaichenko Irina Mixaylovna – iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega. 2025-yildan boshlab Raqamli iqtisodiyot kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Sankt-Peterburg politexnika universitetida “Menejment” yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy ta’lim dasturlariga rahbarlik qilib keladi.

Dotsent Zaichenko Irina Mixaylovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi magistrantlariga “Axborot biznes iqtisodiyoti” va “Raqamli biznesni boshqarish” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishi rejalashtirilgan.

Olim tomonidan 200 dan ortiq ilmiy nashrlar chop etilgan hamda uning ilmiy ishlariga 1400 dan ortiq iqtiboslik keltirilgan. Olim 6 ta monografiya, 29 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda maqolalar va 40 ta Scopus xalqaro bazasiga kiruvchi maqolalar muallifi.
Zaichenko Irina Mixaylovnaning xalqaro bazalardagi H-indeksi quyidagicha: RINC — 19, Web of Science — 7, Scopus — 13. “Scopus” xalqaro ma’lumotlar bazasidagi maqolalariga 400 dan ortiq iqtiboslik keltirilgan.
 Scopus profili
 Web of Science profili
 ORCID profili