2022 yildagi jurnal sonlari

2023 yildagi jurnal sonlari

 

Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global muammolar  jurnali platformasiga o'tish:  

 

“Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” 
 
ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!
 
    1.“Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 30.07.2021-yilda 1197–sonli guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan.
    2.“Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAK Rayosatining 2023-yil 28-fevraldagi 333/5-sonli qarori bilan Biologiya fanlari bo‘yicha  “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilgan.
    3. “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” ilmiy jurnalida quyidagi sohalar bo‘yicha ilmiy maqolalarni chop etiladi: 
 
03.00.00 BIOLOGIYA fanlari
06.00.00 QISHLOQ XOʻJALIGI fanlari
 
    Jurnal har uch oyda bosma va elektron koʻrinishda chiqariladi. 
    Tegishli son uchun maqolalarni qabul qilish muddati: mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarining 1-sanasiga qadar
    Jurnalning rasmiy tillari: oʻzbek, rus, ingliz
    Jurnalning nashr etilish sanasi: mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarining 15-sanasi
    «Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar» ilmiy jurnali har oyda www.fsngpij.samdu.uz sayti orqali elektron koʻrinishda chiqariladi va har  bir  maqola      Google  Scholar, Crossref va  ResearchGate xalqaro bazalarida   indekslanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.
    2. E’lon qilinadigan maqolalarga bo‘lgan asosiy talablar: ishning dolzarbligi va ilmiy yangiligi; maqolaning hajmi: adabiyotlar ro‘yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda 12 betgacha; maqola nomi, annotatsiya (180-200 ta so‘z) va tayanch so‘zlar (8-10 ta) ingliz, o‘zbek va rus tillarida keltiriladi. 
    3. Maqola boshida UDK, mavzu, muallifning F.I.O.(to‘liq yozilishi kerak), tashkilot, shahar, mamlakat, muallifning E-mail, annotatsiya (namunaga qarang) berilib, keyin matn keltiriladi. Matnda kirish qismi, tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati (kirill va lotin imlosida, namunaga qarang) albatta keltiriladi. Maqolada keyingi 10-15 yilda e’lon qilingan adabiyotlarga havola qilinishi tavsiya etiladi. 
    4. Matn uchun: Microsoft Word; Times New Roman, 12 shrift, maqola nomi bosh harflarda, interval 1,5; abzats 1,0 sm, yuqori va pastki tomon 2 sm, chap tomon 3 sm, o‘ng tomon 1,5 sm. 
    Kirish. Muammoning dorzarbligi asoslanadi va maqsad ko‘rsatiladi (maqolaning maqsadi … aniqlash, ishlab chiqish, tavsiya berish, tasdiqlash, baholash, yechimini topish, …). 
    Tadqiqot obekti va qo‘llanilgan metodlar... . 
    Olingan natijalar va ularning tahlili... 
    Xulosa, rahmatnoma (majburiy emas) ketma-ketlikda keltiriladi. 
    5.Foydalanilgan adabiyotlarga havola to‘rtburchak qavsda [1], jadval va rasmlarga havolalar esa dumaloq qavslarda keltiriladi (1-jadval), (2-rasm). Jadval va rasmlar matndan keyin berilishi lozim. Ularning umumiy soni 5 tadan oshmasligi kerak. 6. Adabiyotlar ro‘yxati matnda kelishi bo‘yicha keltiriladi, masalan [1], [2], ....  Adabiyotlar ro‘yxati: (adabiyotlar nomi asl (original) holda keltiriladi)  Kitoblar: Muallif, nomi, shahar, nashriyot, yil va betlar keltiriladi (Namuna: 1. Иванов И.И. Лекарственные средства. - М.: Медицина,1997. - 328 с.) Maqolalar: Muallif, maqola nomi // Jurnal nomi, yil, №, betlar. (2. Каримова С.К. Адир минтақасининг лола турлари. // Ўзб. биол. журн., 2009. -№ 2. - Б. 10-18.)  Avtoreferatlar: Muallif, nomi: doktorlik. diss. avtoreferati, shahar, yil, betlar. (3. Ходжаев Д.Х. Влияние микроэлементов на урожайност хлопчатника: Автореф. дисс... д-ра биол.наук.- Москва, 1995. - 35 с.)  Tezislar: Mualliflar, nomi // To‘plam nomi, shahar, yil va betlar. (4. Каршибаев Х.К., Ахмедов Г.А. Биоэкологические исследования видов янтака // Материалы Респуб. науч. конф. “Кормовые растения Узбекистана”. - Гулистан, 2006. - С. 15-17.) 
    7. Adabiyotlar ro‘yxati qo‘shimcha lotin imlosida takror keltiriladi.  
    8. Tahririyat fizik o‘lchovlarni keltirishda xalqaro tizim (SI), biologik obyektlarni nomlashda xalqaro Kodeks nomenklaturasidan foydalanishni tavsiya etadi. Butun sondan keyingi sonlar nuqta bilan ajratiladi (0.2). 
    9. Maqolaning oxirgi betida mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Masalan: Mualliflar: Abdullayev Abdulla Abdullayevich – Samarqabd davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi, dotsent. E-mail: abdullayev@gmail.com  
    10. Tahririyatga maqolaning elektron varianti topshiriladi.  Maqolalarni sanakulov1975@mail.ru,  balikulov87@gmail.com  elektron pochtalariga, +99890 1022875, +99897 3988717 telegramm raqamlariga yuborish lozim.
    11. Tahririyat maqolaga ayrim kichik o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. 
    12. Maqolani tahrirlash va indeksatsiyalash xizmatlari uchun  maxsus hisobga (Bank: Invest Finance Bank Samarqand viloyati filiali, HR: 2020 8000 4056 0425 6001) mehnatga haq to‘lashning bazaviy hisoblash miqdorida (330 000 so‘m) to‘lov amalga oshirilishi lozim. Toʻlov kvitansiyalari skanerlangan holda yuqorida keltirilgan elektron pochta yoki telegramm raqamlariga yuborish talab etiladi.