Ilmiy loyihalarni boshqarish va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
Norqulov Ma’sudjon Ma’rufovich
- Telefon: 0366-239-12-29
Biografiya
- 2011-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
- 2016-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
- 2018-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi assistenti
- 2020-2022 yy. - Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi tayanch doktaranti
- 2022 y. – h.v. - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ilmiy loyihalarni boshqarish va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i
lmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3698-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Bo‘limning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, intellektual sohani muhofaza qilish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari, universitet rektorining buyruq va farmoyishlari, o‘z Nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi universitet huquqiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni (ish, xizmatlar) o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash, tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
Bo‘lim vazifalari
- Kafedra va ilmiy laboratoriyalarda bajarilayotgan tadqiqot ishlarini tashkillashtirish hamda samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
- Xalqaro va Davlat granti hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tanloviga hujjatlar tayyorlash va taqdim etish.
- Xalqaro va Davlat granti hamda xo‘jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari va hisobotlarini tayyorlash, taqdim etish.
- Boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatish, shuningdek xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash.
- O‘z ishida Ish beruvchining Ustaviga, Ish beruvchining buyruqlari va farmoyishlariga bo‘ysunadi, lavozim Yo‘riqnomasiga va Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qiladi.
- Kafedralarda olib borilayotgan bo‘sh mavzular, davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidaga tadqiqotlar natijalarini xalq xo‘jaligida qo‘llash, Respublika va hududiy ilmiy g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar yarmarkasida qatnashishlarini prognoz qilish, ular asosida shartnomalarini imzolanishiga erishish.
- Universitet professor-o‘qituvchilari, magistrlar, talabalar va xodimlarni ilmiy ishlarga jalb etish.
- Tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash.
- Kafedra va ilmiy laboratoriyalarda bajarilayotgan tadqiqot ishlarini tashkillash hamda samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
- Byudjet va xo‘jalik shartnomasi asosida faoliyat olib boradigan mavzularni shakllantirish va rejalashtirish. Ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etishni tashkil qilish, ularni yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalarni to‘plash.
- Korxona va tashkilotlar bilan mintaqaviy muammolarni hal etishga qaratilgan xo‘jalik shartnomalarini tuzish.
- Ilmiy loyihalarni boshqarish va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish sektori yetakchi ilmiy xodimi universitet o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va ma’muriy bo‘limlar xodimlariga tijoratlashtirish bo‘limi kompenetligi doirasida va bajariladigan funksiyalariga muvofiq maslahat-huquqiy hamda informatsion yordam ko‘rsatish.
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga qat’iyan rioya qilish.
- Universitet olimlari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va ilmiy-tadqiqot faoliyatii natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, intellektual faoliyat natijalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
- Universitet ichki tartib-qoidalari va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan ijro va mehnat intizomiga qat’iy rioya etish.