Eshmurodova Zarifa Raxmonberdiyevna

zarifa.eshmurodova@gmail.com

2003.19.08 – 2007.03.07 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

2006.15.11 – 2008.04.09 yy. - Samarqand shahar 43-maktab o‘qituvchisi

2007.15.09 – 2009.08.07 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti

2008.25.03 – 2008.01.07 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti fakultetlararo chet tillar kafedrasida o‘qituvchi

2009.25.08 – 2011.26.03 yy. – Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 12-maktab o‘qituvchisi

2011.01.04 – 2011.22.07 yy. – Toshkent viloyati Qibray tumani 13-maktab ingliz tili fani o‘qituvchisi

2011.02.09 – 2012.31.08 yy. - Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti til va adabiyot taʼlimi kafedrasi o‘qituvchisi

2012.03.09 – 2018.29.10 yy. – Samarqand davlat universiteti roman - german tillari kafedrasi o‘qituvchisi

2018.29.10 – 2019.03.01 yy. -  Samarqand davlat universiteti axborot-resurs markazi elektron axborot resurs bo‘limi mudiri

2019.03.01 – 2020.31.12 yy. - Samarqand davlat universiteti roman - german tillari kafedrasi o‘qituvchisi

01.01.2021 – 2023.01.02 yy -  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti

2023.01.02 – h. v- Xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i

 

Xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb etish bo‘limi va uning vazifalari:

- har bir o‘quv yili davomida universitet ta’lim jarayoniga xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarni qisqa va uzoq muddatga soha yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini olib borish maqsadida mutaxassislarni jalb etish ishlarini tashkil etish va ularni ro’yxatini shakllanitish;

- taklif etilgan xorijiy mutaxassislarni fakultetlarda faoliyatini tashkil etish uchun zaruriy xujjatlarni to‘plash, kerakli bo‘limlarga yetkazish, mehnat shartnomasini imzoga tayyorlash va mas’ul bo‘limlarga yetkazish;

- xorijiy mutaxassislarni tashrifiga doir kelish-ketish xarajatlar va shu turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari, zarur hujjatlarni to‘plash va universitet mas’ul bo‘limlariga yetkazish;

- har o‘quv yili boshlangunga qadar universitetda xorijiy talabalarni tahsil olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim yo‘nalishi bilan bog‘liq barcha ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali materiallar tayyorlash va universitet veb sahifasiga joylaytirish;

- xorijiy talabalarni universitetga qabul qilish bilan bog‘liq barcha rasmiy ishlarni tashkil etish;

- xorijiy professor-o‘qituvchi, ilmiy xodim va talabalarga viza rasmiylashtirish va TIV konsullik bolimlariga  taqdim etish, shuningdek, tashrif buyurgan xorijliklarni universitet yotoqxonalariga joylashtirish hamda yashash manzillariga mutasaddi organlar orqali o‘z vaqtida rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish. Zarurat bo‘lganda ushbu xorijlik mutaxassis va talabalarning vizalarini uzaytirish;

- universitetda faoliyat olib borayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilarni dars jarayoniga yoki madaniy tadbirlar bilan bog‘liq ishlarga jalb etish;

- universitetda tahsil olayotgan talabalar (bakalavriat, magistrant, almashinuv dasturlar, doktorantlar) to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash, papkalarga joylashtirish, xorijiy talabalarni bakalavriat, magistratura bosqichlariga qabul qilish bo‘yicha tashkiliy ishlarni bajarish, hujjatlarni tayyorlash, universitet veb sahifasida malumotlar bazasini shakllantirish, tegishli bo‘limlarga yetkazish va imzoga tayyorlash;

- xorijiy davlat oliy talim muassasalari bilan muntazam ravishda tahsil olish uchun, almashinuv dasturlari orqali jalb qilish ishlarini tashkillashtirish, universitet faoliyati bilan bog‘liq barcha ta’lim, madaniy tadbirlarga jalb etish ishlarini olib borish.