“Davlat tili – milliy o‘zlik va ma’naviy birlik timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy anjuman
Samarqand davlat universitetining Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniti institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligiga bag‘ishlab “Davlat tili – milliy o‘zlik va ma’naviy birlik timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati istituti direktori Jo‘liboy Eltazarov ochdi va ma’ruza qildi. Institut professorlari Ibodulla Mirzayev, Suyun Karimov, Azamat Pardayev o‘zbek tilining jahondagi nufuzi, kundalik munosabatlardagi ahamiyati haqida gapirdilar.
“Yosh tilshunos” ilmiy-ijodiy to‘garagi a’zolarining chiqishlari va musiqiy dastur anjuman qatnashchilariga katta zavq bag‘ishladi.

